Mavzu: Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi Reja


Oddiy oqsillarnig hazm bo’lishi va so’rilishining buzilishi



Yüklə 66,79 Kb.
səhifə4/7
tarix21.09.2023
ölçüsü66,79 Kb.
#146348
1   2   3   4   5   6   7
Muskul faoliyati natijasida odamning ish qobiliyatini tiklanishi

Oddiy oqsillarnig hazm bo’lishi va so’rilishining buzilishi. Oqsil oziq-ovqat ratsionining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Ovqat bilan me’da-ichak yo’llariga kirgan oqsil ovqat hazm qilish shiralaridagi fermentlar ta’sirida parcha-lanadi (singiydi). Oziq-ovqatdagi oqsil aminokislotagacha parchalanib, ichak orqali qonga o’tadi. Shunday qilib, oziq-ovqatdagi oqsil o’ziga xos ko’rinishini yo’qotadi, undan hosil bo’lgan aminokislotalardan organizm o’ziga mos – strukturali, fermentli va h.k. oqsilni vujudga keltiradi. Ba’zi oqsil- ning me’da-ichak yo’lida chala parchalanishi ancha og’ir kasalliklarga sabab bo’lishi mumkin.
Oqsilga yolchimaslik va u bilan bog’liq bo’lgan kamchi-liklar. Odam organizmning oqsilga yolchimasligiga quyidagi omillar sabab bo’lishi mumkin: oqsilning organizmga oziq-ovqatlar bilan etarli miqdorda kirmasligi, oziqli oqsilning chala hazm bo’lishi va yaxshi so’rilmasligi (kuchli ich ketishi, dispepsiya, dizenteriya, chillashir, ovqat hazm qilish bezlari funktsiyasining buzilishi) oqsilning organizmda juda kuchli almashinuvi, binobarin, fiziologik holatlari (homiladorlik, laktatsiya va b. da) kuyganda, suyak singanda, xirurgik operatsiya-larda, infektsion kasalliklarda va b.da sodir bo’ladigan stress (tanglik) holatlarida unga bo’lgan ehtiyojning yuqoriligi, turli kasalliklarda, masalan, nefroz, qon yo’qotish, oqsilning ekssudat va transsudatlarga o’tishi, to’qimalarda, qon zardobida oqsil sintezining buzilishi, bir qator kasalliklarda (gastrit, yarali kolit, ileit va b.) oqsilning ichak epiteliylaridan o’tib yo’qolishida.
Oqsilga yolchimaslik organizm to’qimalarining o’zidagi oqsilning parchalanishiga va azot balansining buzilishiga sabab bo’ladi. Dastlab qon zardobidagi oqsil miqdori kamayib gipoproteinemiya paydo bo’ladi. Gipoproteinemiya suyuqlikning qondan to’qimalarga o’tishiga va shish paydo bo’lishiga olib keladi. Qondan keyin ikkinchi navbatda jigar, muskul va teridagi oqsil miqdori kamaya boshlaydi, eng so’nggida yurak muskuli va bosh miya oqsili tugay boshlaydi. Markaziy nerv sistemasi funktsiyasining buzulishi oqsil almashinuviga ancha ta’sir ko’rsatadi. Oqsilning parchalanishi tezlashib, yangidan hosil bo’lishi esa sekinlashadi. Bu atrofiya, distrofiya va boshqa kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Gormonlarning oqsil alma-shinuvida alohida ahamiyati bor. Qalqonsimon bez gormonlari organizmdagi oqsil parchalanishi jarayonini kuchaytiradi va hosil bo’lishni tezlashtiradi. Gipofizda ishlanib chiqadigan o’sish gormoni ta’sirida oqsilning hosil bo’lishi va sintez-lanishi tezlashadi. Bu oqsil miqdorining ko’payishiga va organizmning o’sishiga imkon yaratadi.
Kuchli mashg’ulotlar bajarlishida, ayniqsa 2-3 martadan ko’p o’tkaziladigan mashg’ulotlarda, qayta tiklanish jarayonlarini jadallashtirishda ovqatlanish rejimiga maxsus ozuqa preparat-lar kiritiladi. Bular qatoriga oqsil gidrolizatli sport ichimliklari kiradi. Quruq sport ichimlik “Olimpiya”, “Sportakiad”, “Viktoriya”, “Ergoton”, “Veleton”, “Dieta Ekstra” va oqsil-glyukozali shokolad, oqsil pechenesi, “Olimp”oqsil marmeladi va boshqalardir.



Yüklə 66,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin