Muskullar takomillashishiga ko‘ra 3 guruxga ajratiladi.
1. Maxalliy muskullar-xomilaning mezoderma qavatida takomillashadi va o‘z joyida takomillashadi. Misol: mimika muskullari.
2. Markazdan kochuvchi-orqaning serbar muskuli takomillashish davrida gavdada, keyinchalik bir uchi bilan elka suyagiga birikadi.
3. Markazga intiluvchi- ko‘krakning katta muskuli- takomillashishi ko‘lda, keyinchalik gavdaga o‘tadi. Odam tanasidagi muskullar-gavda, bo‘yin va bosh, ko‘l va oyok muskullariga bo‘lib urganiladi.
Qorin-ko‘krak kafasining pastki chegarasi bo‘lib chanoqning ustki chegarasi o‘rtasida joylashgan. Qorin bo‘shligini oldi, ikki yonboshi va qisman orqa tomonidan qorin muskullari qoplab turadi.
Qorinni tashqi kiqshiq muskuli. Ko‘krak kafasini pastki sakkizta qovurg‘asidan boshlanib, muskulning pastki tutamlari yonbosh suyagi kirrasining tashqi labiga yopishadi va kolgan o‘rta qismi muskul tolalari yassi payga aylanib, qorinni to‘g‘ri muskuli ustidan o‘tib, karama-karshi tomondagi muskul yassi payi (apanevroz) bilan o‘rta chizikda tutashib ok chizikni hosil qiladi.
Gavda muskullari. Gavda muskullari ko‘krak, qorin va orqa muskullaridan tuzilgan.
Orqaning yuz muskullari va chuqur qavatlarga ajratiladi.
1) Trapetsiyasimon muskul – uchburchak shakilli serbar muskul bo‘lib, ensa suyagini g‘adir-budir chizigi ensa boylamidan barcha ko‘krak umurtkalarining kirrali o‘siqlaridan boshlanadi. O‘mrov suyagining akromial tomondagi qismiga kurakning baland kirrasiga yopishadi. Muskullarni yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o‘rta tutamlari yonga pastki tutamlari tepaga ko‘tariladi. Muskulni yuqori qismi qisqarsa elka kamari yuqoriga ko‘tariladi. Ko‘lni yuqoriga ko‘tarishda katnashib kurakning past burchagini tashkariga tortadi. Trapetsiyasimon muskulni pastki qismi qisqarsa kurak pastga tortiladi, agar ikki yon muskul qisqarsa kuraklar bir-biriga yakinlashadi.
2) Orqaning serbar muskuli. Bu muskul orqa tomonni pastki qismini qoplab teri ostida yotadi. Bu muskul pastki to‘rtta kurak umurtqasini, barcha bel umurtkalarining kirrali o‘siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi kirrasidan va pastki to‘rtta qovurg‘adan boshlanadi.
Muskul tolalari pastdan yuqori ingichkalashib elka suyagining kichik g‘adir-budirligiga yopishadi.
Funksiyasi – muskul qisqarib yuqoriga ko‘tarilgan ko‘lni pastga, orqaga tortadi. Agar ko‘l kimirlamay tursa ko‘krak qafasi kengayadi, tana ko‘lga yakinlashadi.