Mavzu: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar



Yüklə 495,5 Kb.
səhifə7/29
tarix21.12.2022
ölçüsü495,5 Kb.
#77171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
Mavzu Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga o

I.KIRISH.
II.ASOSIY QISM.
1 Sog’liqni saqlash sohasi
2 Harakatlar strategiyasi (2017-21)da ijtimoiy himoya.
3 Pandemiya (2019-21) oqibatlari va undan aholini himoyalash
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

I KIRISH.
O’ZBEKISTONDA ITIMOIY-SIYOSIY BARQARORLIKNING TA’MINLANISHI


Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi.
Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to’lovlar miqdori 2000-yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi.
Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari-mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000-yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi.

II ASOSIY QISM

Yüklə 495,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin