Mavzu: Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi



Yüklə 27,86 Kb.
səhifə1/7
tarix13.12.2023
ölçüsü27,86 Kb.
#176313
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va -fayllar.org


Mavzu: Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

MAVZU: Mustaqillik yillarida Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning qayta tiklanishi.

Tayyorladi: Shukurullayev Mizabek DI 1-kurs o’zbek



Yo’nalish: Dasturiy Injinering.
FAN: O’zbekistoning yangi tarixi.

Reja:


  • 1) Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.

  • 2) Milliy istiqlol mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati.

  • 3) Milliy urf odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi.

  • 4) Milliy istiqlol mafkurasi va tamoyillari.

1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.


  • 1. Ma’naviy qadriyatlar, milliy o’zlikni anglashni tiklanishi.

  • O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-molardan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobay­nida yetarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy mafkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy merosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng im-koniyatlar ochish kerak edi. O’zbekiston Birinchi Prezidenti I. Karimov o'zining «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» kito-bida «Oszbekistonning milliy-madaniy jihatdan g'oyat rang-barangligi, milliy o'zligini anglash va ma'naviy qayta tiklanish-ning kuchayib borishi bilan uzviy birlikda jamiyatni yangilash, uni ochiq jamiyatga aylantirish uchun qudratli omil bo'lib xiz-mat qiladi va respublikaning jahon hamjamiyatiga qo'shilishi uchun qulay sharoitlarni vujudga keltiradi», deb ko'rsatgan edi.

  • Darhaqiqat, O'zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma'naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mus­taqillikni har tomonlama mustahkamlash uchun xalqni safarbar qilib bo'lmasligini hayotning o'zi ko'rsatdi. Shuning uchun ham raam­lakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko'rdi.

  • O'zbekiston mustaqil taraqqiyotga qadam qo'yganidan buyon o'tgan yillar davomida ma'naviy sohada yuz bergan o'zgarishlaming eng muhimi, xalqning uzoq yillar mobaynida to'plagan boy tarixiy-madaniy merosiga e'tiborning kuchayishi bo'ldi.

  • Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tari­xiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi. Biroq, O'zbekiston va uning xalqi bu jarayonga yetib kelguniga qadar og'ir sinovlarni boshdan kechirishiga to'g'ri keldi. Buyuk imperiyachilik g'oyalari negizi-da zo'ravonlik bilan tashkil topgan totalitar tuzum siyosiy-iqtisodiy inqirozdan jon talvasasida so'nggi bor O'zbekistonga hamla qildi. Xalqning azaliy, milliy qadriyatlariga qarshi kurashni har qachongi-dan ham kuchaytirdi. Bunday harakatlar bizningcha, quyidagi holat-lar bilan izohlanadi.

  • Birinchidan, O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasi-ning XVI Plenumidan so'ng respublikada ijtimoiy-ma'naviy ahvolni tartibga solish niqobida SSSRning boshqa mintaqalaridan jo'natilgan kadrlarning ko'plari O'zbekistonda rahbar lavozimlarga tayinla-nishlarini o'zboshimchalik qilish uchun berilgan yorliq deb bildilar. Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini bilishni istamagan bunday kadrlar jumhuriyat ma'naviy hayotini barbod etishga harakat qildi-lar. Shu tariqa xalqning ko'p asrlik an'analarini, madaniyati va urf-odatlarini mensimaslik elni ranjitdi.

Yüklə 27,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin