Qoramoy (mazut) fraksiyasi – bu fraksiyadagi uglevodorodlar ko’p sonli uglerod (C16 dan yuqori) atomlaridan iborat uglevodorodlar bo’ladi.
Mazut – qayta ishlanganda solyar moylari, dizel yoqilg’isi, surkov moylari, avtotraktorlar, aviasion, industrial va boshqalar uchun, vazelin (kosmetik vosita va dorilarga) va x. lar olinadi.
Mazut qayta ishlanganda uning tarkibidagi uglevodorodlar parchalanib ketmasligi uchun u suv bug’i vositasida yoki vakumda haydaladi.
Qora moyning (mazut) turli fraksiyalari haydalib bo’lingandan keyin, qolgan qoldiq gidron deb ataladi. Gidrondan sun’iy asfalt tayyorlanadi. Neftlarning ba’zi navlardan parafin olinadi. Parafin gugurt, shaqom, va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishda sarflanadi.
Reaktiv yoqilg'ilar. Hozirgi zamon aviatsiyasida havo turboreaktiv dvigatellar qo'llaniladi. Bunday dvigatellarda yoqilg'i sifatida qaynash harorati 150—280° С bo’lgan kerosin fraksiyasi ishlatiladi. Tovushdan tez uchar samolyotlarda esa (ular juda balandda uchadi) qaynash harorati 195—315°C bo’lgan kerosin fraksiyalari ishlatiladi. Reaktiv yoqilg'ilar smola hosil qilish xossasiga ega bo'lgan to'yinmagan uglevodorodlar yoqilg'i sistemasini ifloslovchi (tiqilib) qolishiga sababchi bo’ladigan kristallanuvchi parafinlar saqlamasligi kerak. Aromatik uglevodorodlar qasmoq hosil qilishga moyil bo’lganligi hamda gigroskopikligi uchun kamroq bo’lishi kerak. Muzlash harorati esa — 60°C dan kam bo'lmasligi lozim.
Qozon yoqilg'isi sifatida neftni qayta ishlash mahsulotlari gaz, neft, mazut va boshqalar ishlatiladi. Ular teplovozlarning, paroxodlarning issiqlik elektr stansiyalarining, sanoat pechlarining o'txonasida yoqiladi. Surkov moylari harakatdagi qismlarni bir-biriga tegib joylarining ishqalanishini kamaytirish maqsadida qo'llaniladi. Bunda ishqalanlshga kam energiya sarflanadi, mexanizmlarning mustahkamligi ta'minlanadi, ularning yedirilishining oldi olinadi.
Surkov moylari qo’llanish sohasiga qarab: industrial (vereten, mashina moylariga) ichki yonuv dvigatellari moylari (avtollar va aviatsiya moylari), transmission (dvigatelning harakatini yoki aylanishini g'ildirak va tasmalar orqali boshqa mexanizmlarga uzatuvchi qurilmalar uchun), turbina, kompressor va maxsus maqsadlar uchun qo'llaniladigan moylarga bo'linadi. Surkov moylarining sifati ularning surkash qobiliyati, qovushoqligi, qotish va yonish harorati barqarorligi, zichligi kabilar bilan belgilanadi.
Neftni haydashda undan ≈5 – 20% miqdori benzinga aylanadi. Bu miqdor bugungi kunda jadal rivojlanib borayotgan texnika talablarini bajara olmaydi. Neftdan olinadigan benzin miqdorini kreking jarayoni hisobiga oshiriladi (kreking – ingilizcha parchalanish deganidir). Kreking jarayoni natijasida neft tarkibidagi yuqori molekulyar uglevodorodlar parchalanib, quyi molekulyar uglevodorodlar hosil bo’ladi. Kreking jarayonida neftdagi uglevodorodlar parchalanishi bilan bir qatorda degidratlanish, sikllanish, izomerlanish, polimerlanish kabi jarayonlar yuz beradi.
Neft asosan ikki xil usulda termik va katalitik usulda krekinglanadi.
Termik kreking : Neft tarkibidagi uglevodorodlarni parchalab molekulasida uglerod atomlarining soni kam uglevodorodlar olsh jarayoni kreking deyiladi. Kreking jarayoni uglerod zanjirlarining uzilishi hamda oddiy to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’lishi bilan sodir bo’ladi:
Ular yana parchalanadilar :
Krekingda olingan etilen sanoatda polietilen va etil spirti ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Termik kreking faqat yuqori temperatura ta’sirida amalga oshiriladi. Temperaturaga bog’liq holda termik krekingni quydagi turlari farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |