Mavzu: neft va gaz sanoati


Quyi temperaturali piroliz



Yüklə 395 Kb.
səhifə7/14
tarix28.10.2022
ölçüsü395 Kb.
#66605
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
NEFTNI TOZALASH

Quyi temperaturali piroliz – neftni yuqori temperaturada qaynaydigan fraksiyalari uchun qo’llaniladi.


Hosil bo’lgan moylarni katalitik kreking uchun xomashyo sifatida ishlatish mumkin.

  1. O’rtacha temperaturali piroliz –



  1. Yuqori temperaturali piroliz – quyi molekulyar to’yinmagan uglevodorodlar, ayniqsa asetilen (2000oC) olish uchun ishlatiladi.

Termik kreking jarayonida neftdan chiqadigan benzining miqdori neftni to’g’ridan – to’g’ri haydab olinadigan benzinnikiga nisbatan qariyib ikki barobar ortiq bo’ladi. Kreking jarayonida benzin fraksiyalaridan tashqari, tarkibida to’yinmagan uglevodorodlar bo’lgan kreking gazi ham ajraladi. Kreking gazi (masalan izopropilen) kimyo sanoati uchun xomashyo bo’lib xizmat qiladi.
Neft past bosimda (3 – 5atm) va 550 – 600oC da ham bug’ fazoda krekinglanadi. Bunday usul “bug’ fazali” kreking ham deyiladi.
Katalitik kreking – katalitik kreking ancha past temperaturada katalizatordan foydalangan holda amalga oshiriladi. Katalitik kreking asosan yuqori oktan sonli benzinlar olishda ishlatiladi. Maxsus tanlangan katalizatorlar uglevodorodlarni izomerlanishini va sikllanishini taminlaydi, buning natijasida benzinning oktan soni ortadi. Bunday katalizatorlar sifatida mAl2O3∙nSiO2 tarkibli alyumosilikatlar amalda seolitlardan foydalaniladi.

Katalizatorlar sirtiga ko’mir kukuni (qurumi) o’tirib qoladi va shuning natijasida katalizator tez passivlashadi. Shu sababli katalizator tez – tez almashtiriladi yoki tozalanadi.


Katalitik kreking variantlaridan biri vodorod ishtirokida olib boriladigan gidrokrekingdir. Bu usul yuqori temperaturada qaynaydigan neft fraksiyalarini qayta ishlashda foydalaniladi.



Bunda katalizator sifatida seolitlar yoki amorf alyumosilikatlarga o’tqazilgan NiO + WO3 yoki CoO + MoO3 aralashmalaridan foydalaniladi.




Riforming
Kreking jarayonidan farqli riforming jarayonida yirik molekulalarni uncha yirik bo’lmagan molekulalarga ajralishi yoki yangi molekulalarning strukturalarini o’zgarishiga olib keladi.
Bosim ostida katalizatorlardan foydalanib, vodorod yordamida neftni to’g’ridan – tog’ri haydab benzin fraksiyalarini katalitik qayta ishlashga - riforming usuli deyiladi. Riforming yo’li bilan aromatik va tarmoqlangan uglevodorodlar olinadi.
Oktan soni past bo’lgan benzin platinaga reniy yoki MnO3, CoO va Cr2O3 oksid qo’shimchalari bo’lgan va Al2O3 yoki alyumosilikatlariga o’tqazilgan katalizatorlar degidrirlash, gidrirlash va izomerlanish reaksiyalarining borishiga imkon beradi. Natijada oktan soni yuqori bo’lgan benzin olinadi. Shunday usulga riforming yoki platforming deyiladi. Riforming tufayli benzin tarkibidagi normal uglevodorodlar izomer holiga o’tadi; siklogeksanlar degidrirlanganda aromatik uglevodorodlarga, siklopentanlar esa siklogeksanga aylanib, so’ngra degidrirlanadi. Benzin tarkibidagi oltingugurt ham riforming asosida yo’qoladi.
Riforming jarayonlariga misollar :


  1. Yüklə 395 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin