3. Аltеrnаtiv mоtоr yonilg‘ilаrini оlish. Bugungi kunga kelib barcha harakatlanuvchi texnika o‘zining mustaqil energiya manbasiga ega. Deyarli barcha avtomobil transporti va qishloq xo‘jalagi mashinalarida energiya manbai sifatida ichki yonuv dvigatellari (benzinli yoki dizel) qo‘llaniladi. Ichki yonuv dvigatellari uchun asosiy yonilg‘ilari bu, benzin va dizel yonilg‘ilaridir. Ular ichki yonuv dvigatellari uchun an’anaviy yonilg‘ilar hisoblanadi. Ichki yonuv dvigatellarida qo‘llash mumkin bo‘lgan qolgan barcha yonilg‘ilar alternativ (muqobil) yonilg‘ilar deyiladi (1.17-rasm). Neft zaxiralarining kamayib borishi va narhining ortishi, uglevodorod yonilg‘ilarining ekologiyaga zarali ta’siri alternativ yonilg‘ilarni qo‘llanilishi ko‘lamini ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Hozirda alternativ yonilg‘ilarga quyidagi yonilg‘ilar kiradi:
tabiiy gaz: metan (CH4);
siqilgan tabiiy gaz (STG);
suyultirilgan tabiiy gaz (SlTG – propan, butan aralashmasi);
suyultirilgan neft gazi (SNG);
ko‘mirdan olinadigan sintetik suyuq yonilg‘i (SSYo);
dimetil efiri (DME – CH3OCH3) tabiiy gaz, ko‘mir va boshqa resurslardan;
1.17-rasm. Alternativ motor yonilg‘ilarini olish sxemasi
biodizel yonilg‘isi (neftdan olinadigan dizel yonilg‘isi bilan turli o‘simlik moylari aralashmasi: raps, kungaboqar, soya, yer yong‘oq, paxta, makkajo‘xori va boshqalar, hamda ularning efirlari);
biogaz (turli organik chiqindilarni anaerob usulda achitish orqali olinadi);
gaz kondensatli yonilg‘ilar (GK);
suyuq ammiak (NH3);
sintetik spirtlar (metanol, etanol);
vodorod (H2): suyuq, gazsimon; kombinatsiyalishgan yonilg‘i tizimlari (KYoT): suv-yonilg‘ili emulsiyalar (SYoE), suv-mazutli emulsiyalar (SME), yonilg‘i-ko‘mirli aralashmalar (YoKA) va boshqalar.