Mаvzu: Nеftni qаytа ishlаshning ikkilаmchi jаrаyonlаri. Mоylоvchi mаtеriаllаrni ishlаb chiqаrish xususiyatlаri. Аltеrnаtiv mоtоr yonilg‘ilаrini оlish. Bаzаviy yonilg‘ilаr sifаtini yaxshilаsh



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə3/6
tarix11.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#96168
1   2   3   4   5   6
Leksiya-3

Sintetik moylarning turlari. Barcha sintetik moylarning xossalari uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq, shu sababli ular kimyoviy tarkibi bo‘yicha tasniflanadi:

  1. Polialfaolefin, izoparafin va alkilbenzol asosli uglevodorodli moylar (hydrocarbon oil, NS oil).

  2. Poliefir asosli moylar:

    • ikki asosli kislotali va birlamchi spirtli efirlar (masalan, sebatsin kislotasining izooktilli efiri);

    • poliol efirlari, polifenilli efirlar;

    • poliglikolli efirlar (masalan, polialkilenglikolli efir);

    • fosfor kislotasining efirlari.

  3. Silikonli moylar.

  4. Ftorli efir moylari.

Sintetik moy ishlab chiqaruvchilar odatda o‘z mahsulotlariga kimyoviy emas, texnik nom beradilar, shu sababli tovar nomi orqali har doim ham moyning xossalari va uning ma’lum bir qo‘llash sohasi bo‘yicha xulosa chiqarib bo‘lmaydi.
100 % toza sintetik moylarni ishlab chiqarish tannarxi qimmat bo‘lganligi sababli hozirda yarimsintetik (polusintetik) moylar ishlab chiqarilmoqda. Ular sintetik moyni mineral moy bilan kompaundlash orqali ishlab chiqariladi. Sintetik moylar bilan mineral moylarning o‘zaro aralashuvchanligi turlicha bo‘lib, asosan sintetik moyning tabiatiga bog‘liq. Quyida eng ko‘p ishlab chiqarilayotgan sintetik moylarning xossalari tahlilini keltiramiz.
Polialfaolefinli moylar (PAO) (polyalphaolefin – PAO). Barcha sintetik moylarning uchdan bir qismini tashkil etib, keng tarqalgan hisoblanadi. Ular universal moylovchi xossalarga egaligi bilan ajralib turadi, keng harorat oralig‘ida ishlay oladi, yuqori qovushqoqlik indeksi va stabillikka ega, metallarning korroziyasiga sababchi bo‘lmaydi, qurum va qatlamlar hosil qilmaydi, qistirma va zichlagichlar materiallariga zararli ta’sir ko‘rsatmaydi, mineral moylar bilan yaxshi aralashadi. PAO moylari asosan avtomobil universal moylari, hammamavsumbop motor va transmission moylar, gidravlik suyuqliklar hamda sovitgich, kompressorlar va boshqa yuqori haroratda katta yuklanishlarda ishlovchi boshqa agregatlarda industrial moy sifatida qo‘llaniladi. PAO moylari eng arzon sintetik moy hisoblanadi.
Alkillangan aromatik birikmali (alkylated aromatics) moylar. Bunday moylarda asosan alkilbenzol\alkylbenzene qo‘llaniladi. Sotuvga ikki turdagi mahsulot – qovushqoqlik indeksi past bo‘lgan alkilbenzol va qovushqoqlik indeksi yuqori bo‘lgan dialkilbenzol chiqariladi. Alkilbenzolli sintetik moylar naftenli moylar bilan aralashtirilgan holda sovitgich kompressorlari uchun moylar ishlab chiqariladi. Dialkilbenzolli sintetik moylar past haroratli xossalari yaxshiligi tufayli arktika moylari va ikki taktli dvigatellar uchun motor moylari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Poliglikolli moylar (polyglycols – PG, polyalkyleneglycols – PAG). PG moylari ham sintetik moylarning taxminan uchdan bir qismini tashkil etadi. Ularning tarkibi turlicha bo‘lib, xossalari boshlang‘ich monomerlar va molekulyar massaga bog‘liq. Hozirgi kunda poliglikolli moylar asosan dvigatellarning sovitish tizimida sovituvchi suyuqlik sifatida, metallarga ishlov berishda, tormoz va gidravlik suyuqliklari sifatida qo‘llanilmoqda. PG moylarini motor moyi sifatida ishlatib bo‘lmaydi. Chunki ular yuqori korrozion aktivlikka ega, ayniqsa yonilg‘ining yonish mahsulotlari mavjud bo‘lganda. Ko‘p hollarda poliglikollar amalda mineral moylar bilan aralashtirilmaydi yoki juda kam aralashtiriladi. Shu bilan birga PG moylari bir qancha ijobiy xossalarga ega: yuqori qovushqoqlik indeksi, katta yuklanishga chidamli, mos prisadkalar qo‘shilganda yaxshi antioksidlovchi va termik bardoshlilikka ega. Ayniqsa PG moylarining kam miqdordagi alangalanuvchanligi (lov etib yonib-o‘chish harorati 220 °C dan yuqori emas) va qotish haroratining pastligi (–30 °C dan past) muhim ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda ular sanoat mashinalarining yuqori yuklangan uzatmalarini moylashda hamda past haroratlarda ishlaganda qo‘llanilishi mumkin.
Poliefir moylari (murakkab organik efirlarning moylari) (polyesters – E). Bu sintetik moylar guruhi katta guruhni tashkil etadi, ayniqsa reaktiv aviatsiya uchun. Bu sohada ular deyarli yagona hisoblanadi, chunki ular eng yuqori qovushqoqlik indeksiga (180 gacha), past qotish haroratiga (–50 °C dan past), yomon alangalanuvchanlikka va kam uchuvchanlikka (to‘yingan bug‘lar bosimi 205 °C da 1 mbar ni tashkil etadi). Avtomobil sanoatida poliefir moylari mineral va PAO moylariga qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. Ular qovushqoqlik indeksini oshiradi, past haroratli xossalarni yaxshilaydi va ayrim hollarda dizel dvigatellari uchun motor moyi sifatida yoki uzatmalarni past haroratlarda moylash uchun o‘zi ham qo‘llanilishi mumkin.
Fosfor kislotasining efirlari (phosphate esters – PH). PH moylarining asosiy afzalligi – ular yuqori haroratli tez ishqalanish joylarida yonmaydi va ishqalanuvchi juftliklar orasida ajratuvchi fosfat plyonkali tirnalishga qarshi qatlamni hosil qilib ishqalanishni kamaytiradi hamda detallarning sirtini yeyilish va tirnalishdan saqlaydi. Fosfor kislotasining efir moylari mineral va boshqa sintetik moylar bilan yaxshi aralashadi. Shu sababli ular ham alohida sintetik moy sifatida, ham mineral moylarning komponenti sifatida qo‘llanilishi mumkin. Fosfor kislotasining efir moylari kompressorlar, yonmaydigan gidravlik suyuqliklar uchun moy sifatida yoki yeyilishga qarshi prisadka sifatida qo‘llaniladi.
Silikonli moylar (silicones – SI). SI moylari kimyoviy jihatdan inert va termik stabilligi yuqori (300 °C dan yuqori haroratda parchalanadi, lov etib yonib-o‘chish harorati 300 °C atrofida), past qotish haroratiga ega (–50 °C dan past), kam uchuvchanlikka, eng yuqori qovushqoqlik indeksiga (300 atrofida) ega va ko‘pirmaydi. Silikonli moylar yaxshi moylash xossasiga ega emas hamda mineral moylar bilan aralashmaydi. Ular maxsus kompressor moylari va gidravlik suyuqliklar hamda elektr-izolyatsion moylar sifatida qo‘llaniladi. Silikonli moylar ancha qimmat, taxminan mineral moylardan 10–100 baravar narxda sotiladi.
Ftorli efir moylar (fluorocarbons – FK). FK moylarining asosiy afzalligi: ularning kimyoviy inertligi, kuymasligi, oksidlanishga va yuqori haroratga o‘ta chidamliligi, juda yaxshi dielektriklik xossasiga ega. Kamchiliklari: nisbatan past qovushqoqlik indeksi, qotish haroratining yuqoriligi. Ftorli moylar sovitish texnikalarida va moy kislorod yoki boshqa agressiv moddalar bilan kontaktda bo‘ladigan qurilmalarda qo‘llaniladi. Bu moylar mineral moyga nisbatan 100 baravargacha qimmat.
Sintetik moylarning yuqorida qayd etilgan xossalari tufayli ularni aviatsiya dvigatellarida, yuqori kuchlanishli qurilmalarda, vakuumda va keng harorat oralig‘ida (–30 dan 400 °C gacha) qo‘llash imkoniyatini beradi.
Umuman olganda, sintetik moylar mineral moylovchi materiallarga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega, chunki ularda moylash uchun eng zaruriy sifat va xossalar mujassamdir. Mineral moylarda esa o‘z navbatida boshlang‘ich xom-ashyo – neftning sifati, uning qazib olish joyi va boshqa bir nechta omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Sintetik moylar yengil oquvchan (qovushqoqligi past) bo‘lib, yonilg‘ining sarfini kamayishiga olib keladi, past haroratlarda haydalish qobiliyatiga ega, yuqori haroratlarda bug‘lanuvchanligi kam va uzoq muddat xizmat qila oladi. Ularning eng katta kamchiligi – narxining qimmatligi bo‘lib, mineral moylarga nisbatan bir necha baravarni tashkil etadi.
Shunga qaramasdan, sovuq mintaqalarda hamda yuqori kuchaytirilgan ko‘p klapanli benzinli va dizel dvigatellarida faqatgina sintetik moylardan foydalaniladi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin