Mavzu: nobank moliya-kredit muassasalari reja: Nobank moliya kredit muassasalarining zarurligi



Yüklə 137,26 Kb.
səhifə9/12
tarix16.12.2023
ölçüsü137,26 Kb.
#181889
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Mavzu nobank moliya-kredit muassasalari reja Nobank moliya kre-fayllar.org

2019-yil 1-sentyabrga qadar mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa xonalarining texnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, xalqaro tajriba va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirsin;
2019-yil 1-oktyabrga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruxsat etiladigan koʻrsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yukining, shu jumladan, kunlik eng yuqori foiz stavkalari boʻyicha oʻsishini cheklab turishga oid meʼyorlarni tasdiqlasin;
2019-yil 1-noyabrga qadar kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit maʼlumotlarini majburiy olish, faoliyatning xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlashni nazarda tutuvchi masofadan turib xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmini joriy etsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabrga qadar:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garovga qabul qilingan koʻchar mulkka taqiq qoʻyish, yechish va maqomini tekshirishga oid kredit tashkilotlarining foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutuvchi integratsiyasini taʼminlasin;
qonunchilikka mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish va kredit tashkilotlari tomonidan garov reyestrining maʼlumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bir vaqtda maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining maʼlumotlar bazalarida aks ettirish imkoniyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 1-noyabrga qadar mazkur qaror bilan belgilangan normalar taʼsirining tahlili, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ekspert xulosalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari;
nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash;
mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish va ularning isteʼmolchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibi.
11. Mazkur qarorni amalga oshirish boʻyicha batafsil amaliy tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Masʼul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlari barcha tadbirlarning belgilangan muddatlarda soʻzsiz va sifatli bajarilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–3270-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda:
Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J. A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M. B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 17-martdagi 9/6-son qaroriga
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma’lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq mikrokredit tashkilotlari va lombardlar (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi)ga moliyaviy hisobotlar hamda ularning elektron ma’lumotlarini taqdim etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Nobank kredit tashkilotlari buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni va Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlariga muvofiq yuritadi.
2. Nobank kredit tashkilotlari Markaziy bankka quyidagi shakllarda moliyaviy hisobotlar va ularning elektron ma’lumotlarini taqdim etadi:
Buxgalteriya balansi;
Balans hisoboti;
Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot;
Kapitaldagi o‘zgarishlar
Berilgan kreditlar va ko‘rsatilgan mikrolizing xizmatlari to‘g‘risida ma’lumot (5-ilova).
3. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy hisobotlarni boshqa organlarga taqdim etish qonun hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.8

Yüklə 137,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin