LOMBARD KREDITI – kreditning bir turi bo’lib, u fuqarolardan shaxsiy iste’molga mo’ljallangan ko’char mol–mulkni qisqa muddatli kreditlarni ta’minlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar – litsenziyasi bo’lgan lombardlar tomonidan tadbipkoplik faoliyati sifatida amalga oshiriladi. Lombardda ashyolarni garovga qo’yish haqidagi shartnoma lombard tomonidan garov pattasi berish yo’li bilan rasmiylashtiriladi. Garovga qo’yilayotgan ashyolar lombardga topshiriladi. Lombard garovga qabul qilingan ashyolarni garovga qabul qilish paytida shunga o’xshash va shunday sifatli ashyolarning napxlapiga mos bahodagi to’liq summasida o’z hisobidan garovga qo’yuvchi foydasiga sug’urtalashi shart. Ayni vaqtda shuni aytish kerakki, lombard garovga qo’yilgan ashyolardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga haqli emas. Basharti, lombardda ashyolar garovi bilan ta’minlangan kredit summasi belgilangan muddatda qaytarib berilmagan taqdirda, lombard notariusning ijro yozuvi asosida imtiyozli bir oylik muddat o’tganidan keyin garovga qo’yilgan mol–mulkni sotish uchun belgilab qo’yilgan tartibda ushbu mol–mulkni sotishga haqli. SHundan keyin hatto garovga qo’yilgan mol–mulkni sotishdan tushgan summa talablarni to’liq qanoatlantirish uchun yetarli bo’lmasa ham, lombardning garovga qo’yuvchiga (qarzdorga) talablari bekor bo’ladi.
2.Kredit korparativ va uyushmalari Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega:
amalga oshirdi.
2. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo‘ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta’minlash imkoniyatini beradi. Chunki nobank kredit tashkilotlari bitta sohada sifatli va arzon bitta mahsulot yarata oladi.
3. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati past riskli hisoblanadi.
4. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy Bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi
Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi:
a)Ustav kapitali
b)Boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam
c)O‘zining a’zolaridan jalb qilingan pul mablag‘lari
d)Tijorat banklarining kreditlari
e)Sof foyda
f)Foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar
g)O‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi
Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyati yo‘nalishlariga mos ravishda shakllanadi. Masalan: Kredit uyushmalari o‘zlariga a’zo bo;lgaan subektlarni kreditlash maqsadida tashkil etiladi. Shu sababli kredit uyushmalari bitta aktiv operatsiyaga ega. U ham bo‘lsa kredit operatsiyasidir. Mikrokredit tashkilotlari aholining iqtisodiy lekin kambag‘al
qatlamlariga kredit beradi. Mikrokredit tashkilotlarining asosiy aktiv operatsiyasi bu kichik summada, past foiz stavkasida kredit berish operatsiyasidir.
Faktoring kompaniyasi jo‘natilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha debitor qarzdorlarini inkassatsiya qilish bilan shug‘illanadi. Ular Tovar hujjatlarini 2 ta shart asosida regress huquqi bilan va regress huquqisiz sotib oladi . Tovar hujjatlari regress huquqi bilan sotib olingan to‘lovchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolganda faktoring kompaniyasiga to‘lovni mol yetkazib beruvchiga undirish huquqi saqlanib qoladi.
Agar tovar hujatlari regress huquqisiz sotib olinsa , to‘lov riski to‘liq ya’ni 100 % faktoring kompaniyasining zimmsida qoladi. Chunki to‘lovchi to‘lovga noqobil bo‘lib qolganda factoring kompaniyasi to‘lovni undirish bo‘yicha mol yetkazib beruvchiga murojat qila olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida faktoring komponyalari mavjud emas. Faktoringb operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjatlarini regress huquqi bilan sotib olish mumkin emas. Bundan tashqari , O‘zbekiston bankalari faktoring operatsiyalarini amalga oshirilayotganda bu operatsiyalarning buxgalteriya hisobini yuritmaydi. Xolbuki taraqqiy etgan
mamlakatlarda factoring kompaniyalari faktoring operatsiyalarining buxgalteriya hisobini ham yuritadi.
Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladi . Ular bahosi yuqori va uzoq muddat faydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradi. Lizing shartnomalarining o‘rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bor , ya’ni lizing kompaniyalarida resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishga majbur.Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko‘lamda jalb qiladilar.