Mavzu: Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish



Yüklə 22,94 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü22,94 Kb.
#174053
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti


Samarqand FIliali

MUSTAQIL ISH

Mavzu: Nomoddiy aktivlarga safarbar etiladigan investitsiyalarni moliyalashtirish
Reja:
1. Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli.
2. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida nomoddiy aktivlarni kengaytirish zaruriyati.
3. Nomoddiy aktivlar tarkibida “gudvill” va uni baholash.

1. Nomoddiy aktivlar, ularning tartibi va investitsiya ob’ekti sifatidagi roli.


Ma’lumki, nomoddiy aktivlarga yo’naltirilgan investitsiyalar korxonalarning ilmiy-texnik salohiyatini kengaytirishga mo’ljallangan bo’lib, mulkchilik huquqiga ega bo’lmasdan turib, foyda keltiradi. Nomoddiy aktivlar moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, xo’jalik yurituvchi sub’ekti faoliyatida uzoq vaqt (bir yildan ortiq) davomida foydalaniladigan mulk bo’lib, bir qancha turlarga bo’linadi. Iqtisodiy adabiyotlarda va me’yoriy-huquqiy hujjatlarda nomoddiy aktivlarga berilgan ta’riflar deyarli bir xil mazmunni ifodalaydi. Masalan, «Nomoddiy aktivlar» nomli 38-sonli buxgalteriya hisobining xalqaro standartida quyidagicha ifodalangan: nomoddiy aktivlar pul (qiymat) ko’rinishiga, material-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashuvchi, ijaraga berish mumkin bo’lgan va boshqaruv maqsadlarida foydalanuvchi aktivlardir.
Xorij iqtisodchi-olimlaridan B.Nidlz, X.Anderson va D.Kolduellar «nomoddiy aktivlar – jismoniy ko’rinishga ega bo’lmagan, sotib olinayotgan aktivlar tarkibida kapital qo’yilmalarni tashkil etuvchi asosiy aktivlar», deb qaraydilar72. R.Entoni nomoddiy aktivlarni «yakka tartibda sotiluvchi aktivlar va korxona bilan birga sotiluvchi aktivlar», deb e’tirof etadi. Yakka tartibda aks ettiriluvchi aktivlar barcha huquqlarni o’zida namoyon etsa-da, mahsulotlar belgilari, uning xilma-xilligi korxonaning umumiy qiymatiga qo’shiladi.
Prof. A.Sheremet nomoddiy aktivlarga umumiy holda quyidagicha ta’rif beradi: «…moddiy qiymatga ega bo’lmagan yuridik va boshqa huquqiy munosabatlarni o’zida namoyon etuvchi, o’z egasiga ma’lum vaqt davomida foyda (daromad) keltiruvchi, foydalanuvchilar uchun qulayliklarni yaratuvchi aktivlardir».
Ko’pgina iqtisodiy adabiyotlarda «nomoddiy aktivlar o’zida nojismoniy elementlarni tavsiflovchi aktivlardir» yoki «nomoddiy aktivlar – korxona aktivlarining ajralmas bir qismi hisoblanib, ular buyum shakligi ega bo’lmaydi» yohud «nomoddiy aktivlar - moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan intellektual faoliyat mahsuli, ya’ni intellektual mulk», deb ta’riflangan. Demak, nomoddiy aktivlarning tushunchasi ularning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ular moddiy ko’rinishga ega bo’lmagan, uzoq vaqt davomida xarajatlarga aylanib boruvchi, korxonaga kelajakda daromad keltiruvchi va aktivlarning bir qismini tashkil etadigan hamda huquqiy munosabatlarni o’zida mujassam qiluvchi aktivlar hisoblanadi. Shuningdek, nomoddiy aktivlar moddiy mohiyatga ega bo’lmagan aktivlarga bo’lgan va uning egalariga uzoq davr davomida muayyan daromad yoki boshqa xil foyda olishni ta’minlaydigan aktivlarga nisbatan mulkiy huquqlardir. Umumlashtiradigan bo’lsak, korxona faoliyatida bir yildan ortiq ishtirok etadigan, kelgusida iqtisodiy naf keltira oladigan, indentifikatsiyalanuvchi, moddiy buyumlashgan shaklga ega bo’lmagan aktivlarga nomoddiy aktivlar deyiladi. Nomoddiy aktivlar boshqa aktivlardan quyidagilar bilan farqlanadi:
– asosiy vositalardan – moddiy-mulkiy qiymatlikka ega bo’lmasligi bilan;
– tovarlardan – sotish uchun mo’ljallanmaganligi bilan;
– ishlab chiqarish zaxiralaridan – ishlab chiqarish jarayonida uzoq muddat (bir yildan ortiq) foydalanilishi bilan.
Ko’p hollarda, nomoddiy aktivlar deganda ma’lum qiymatlikka ega bo’lgan intellektual mulk ob’ektlari, mulk huquqlari tushuniladi. Bozor munosabatlarining tobora rivojlanib borishi va erkinlashishi hamda raqobat muhitini keskinlashib borishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarining aktivlari tarkibida nomodiy aktivlar hissasini orttirib borishni taqozo etadi. Nomoddiy aktivlar bo’lib, korxonaga mulkchilik xuquqlarida tegishli bo’lgan aniq, moddiy asosga ega bo’lmagan, pul shaklida bo’lmagan aktivlar hisoblanadi, ishlab chiqarishda, xizmat ko’rsatishda, ijara uchun yoki ma’muriy maqsadlarda bir yildan ortiq ishlatiladi va daromad keltiradi.
Erkin bozor va kuchli raqobat intellektual tovarlarga bo’lgan talabni tobora kuchaytirib boradi. Ayniqsa, aqliy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talab ko’tarilib boradi. Maxsus tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar, texnologik ishlanmalar, xilma-xil axborotlardan xabardor bo’lish va ulardan raqobatbardoshlikni ta’minlash maqsadida doimiy tarzda foydalanish zaruriyati paydo bo’ladi. Erkin bozor va kuchli raqobat muhitida, ayniqsa, ilmiy texnikaviy ishlanmalarga bo’lgan talab kuchayadi. U amalda patent, litsenziya, franchayz, nou-xau, dasturiy ta’minot, turli axborot, savdo markalari, tovar belgilari va boshqalarga bo’lgan talablardir. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozorni, ko’pincha, tashqi bozorni, mamlakat tashqarisidagi bozorlarni nazarda tutadi. Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI asrda bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avvalo, axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas.

Ilmiy-texnikaviy yangiliklar xaridor mulkiga aylanish sharti bilan yoki o’z egasi mulki bo’laturib, vaqtincha foydalanish huquqi yoki shartlari orqali ishlab chiqarishga tatbiq etadi. Ishlab chiqarish sub’ektlarini novatsiyalarga, ya’ni unga yangilik kiritib borishga undaydi.

Nomoddiy aktivlar tarkibining asosiy qismini intellektual mulk ob’ektlari tashkil etganligi uchun mazkur paragrafda ularni baholashga alohida e’tibor qaratamiz. Ma’lumki, intellektual mulk ob’ektlarini baholash «Intellektual mulk ob’ektlarini baholash tartibi to’g’risida»gi74 Nizomga asosan amalga oshiriladi. Unga ko’ra, intellektual mulk ob’ektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk ob’ektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, xarajatli va qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi.

Daromadli yondashuv – bu baholash ob’ektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash ob’ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usul intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan daromad olish ehtimollari mavjud bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk ob’ektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma’lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to’lovlari orasidagi farqdir. Intellektual mulk ob’ektidan foydalanishdan olinadigan asosiy daromadlar quyidagilar hisoblanadi:

– mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag’larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek, xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk ob’ektidan foydalanish huquqini qo’lga kiritishda xarajatlarning bo’lmasligi (masalan, litsenzion to’lovlarning yo’qligi, litsenziarga daromaddan eng ko’p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo’lmasligi);

– ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish, uning sotuv hajmini oshirish;

– soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni kamaytirish, qarz evaziga xizmat ko’rsatish to’lovlarini kamaytirish;

– baholash ob’ektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish, baholash ob’ektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash.

Intellektual mulk ob’ektlarini baholashning xarajatli yondashuvi – bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash ob’ektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo’lgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo’llash baholash ob’ektini tiklash yoki almashtirish imkoni bo’lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondashuvni qo’llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:

– baholash ob’ektiga shunga o’xshash yangi baholash ob’ektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash;

– baholash ob’ektining shunga o’xshash yangi ob’ektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash;

– baholash ob’ekti qiymatini unga nisbatan shunga o’xshash yangi baholash ob’ektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo’li bilan hisoblash.

Qiyosiy yondashuv – bu baholash ob’ektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan boshqa shunga o’xshash ob’ektlar bilan solishtirish orqali baholash ob’ektining qiymatini baholash uslublari majmui. Bunday usulni qo’llash baholash ob’ektlarining o’xshash narxlari haqidagi ishonchli va to’liq ma’lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo’lgan taqdirda amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvni qo’llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga oladi:

– baholash ob’ektini shunga o’xshash ob’ektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash;

– baholanayotgan intellektual mulk ob’ektining har bir solishtirish elementlari bo’yicha shunga o’xshash har bir ob’ektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash va h.k.

Solishtirishning eng muhim elementlariga: intellektual mulk ob’ektining baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi; intellektual mulk ob’ektiga oid bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablag’lar nisbati, qarz mablag’larini taqdim etish shartlari); intellektual mulk ob’ektlari narxlarining o’zgarishi; intellektual mulk ob’ektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga bo’lgan talab; raqobatli takliflarning mavjudligi; intellektual mulk obektini foydali ishlatish muddati; intellektual mulk obektini o’zlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi taalluqli hisoblanadi.

Ilmiy-texnikaviy ishlanmalar bozori XXI asrda tez kengayib bormoqda, yangi-yangi qismlarga ajratilmoqda va ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarida ulardan juda ham unumli foydalanish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Buning sababi iqtisodiyotda intellektual mehnat mavqeining kuchayib borishidir. XXI bozor iqtisodiyoti ilm talab ishlab chiqarishning o’sishi, turli xizmatlar, eng avval axborot xizmati ahamiyatining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Buni internet xizmati bozorining shiddat bilan er yuzida o’sib borishi tasdiqlaydi. Shunday ekan, kuchli raqobat muhitida o’z mavqei, obro’-e’tiborini yo’qotish, raqobat muhitida sinish hech gap emas.
Nomoddiy aktivlar xo’jalik yuritish faoliyatida uzoq vaqt (bir yo’ldan ko’p vaqt) mobaynida foydalanilgan moddiy ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mulk ob’ektlaridir. Nomoddiy aktiv deb e’tirof etish uchun mulk ob’ekti quyidagi shartlarga javob berishi talab etiladi. foydalanish evaziga iqtisodiy yoki boshqa turdagi samara, daromad (foyda) keltirishligi; xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lishi mumkin; moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmasligi;
qiymatga ega bo’lishligi va uni aniq o’lchash mumkinligi.
Intellektual mulk ob’ektlari iqtisodiy ob’ekt sifatida o’zining o’rni va roliga egadir. Intellektual mulkni boshqa mulk ob’ektlaridan farqi shundaki, u inson salohiyatini hosilasini tashkil etadi. Intelektual mulk uning kelib chiqishi va tashkil etish xususiyatlaridan kelib chiqib hamda mualliflik huquqi himoyalanishi jihatidan ikkita turga ajratiladi: sanoat mulki; asarlar.
Sanoat intellektual mulki tarkibiga tegishli hukumat muassasasi tomonidan berilgan patent bilan e’tirof etilgan ixtirolar kiradi. Lekin barcha turdagi ixtirolar ham to’lov qobiliyatiga ega bo’lavermaydi. Patent orqali himoyaga olingan ixtironing mualliflik guvohnomasi bilan himoyalangan iqtidordan farqi shundaki patent bilan himoyaga olingan ixtironi patent egasigina qo’llash huquqiga egadir. Mualliflik guvohnomasi esa iqtidorni istisno sifatida faqat davlat tomonidan qo’llanilishi mumkinligini e’tirof etadi, muallifga esa mukofot to’lovi huquqini beradi.
Patent-bu yangi yaratilgan mahsulot, texnologiya va faoliyatni qo’llash, ishlab chiqarish, sotish va nazorat qilish bo’yicha ularni egasiga maxsus davlat patentlashtirish idorasi tomonidan berilgan huquq, yangi ixtiro uchun olingan patentga qaratilgan investitsiyalar tarkibiga uning yaratilishiga sarflangan xarajatlar (materiallar sarfi, ish haqi va ijtimoiy sug’urta ajratmalari, amortizatsiya va boshqalar), patentlashtirish idorasiga to’langani bois va boshqa patentga erishishga doir xarajatlar majmuasi kiritiladi.
Litsenziya - bu ma’lum bir faoliyat turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi rasmiy xujjat. Litsenziyalarni nomoddiy aktiv sifatida tan olishning zaruriyati negizida, uni ma’lum vaqt birligi davomida korxona, firma, xo’jalik yuritish sub’ekti, tadbirkorga daromad keltirishi yotadi.
Bundan tashqari sanoat intellektual mulki tarkibiga:
- ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari bajarilishi oqibatida olinadigan ilmiy-texnik mahsulot;
- ilmiy ishlar tadbiq etiladigan sanoat namunalari kiritiladi.
Mualliflik huquqi bilan himoyalanadigan intellektual mulk ob’ektlari sirasiga:
adabiyot va san’at asarlari;
musiqa asarlari;
rassomchilik asarlari;
kinematografiya asarlari;
ilmiy izlanishlar, ilmiy kashfiyotlar va boshqalar kiritiladi.
Intellektual mulk ob’ektlari boshqa mulk ob’ektlaridek o’zining qiymatiga egadir. Intellektual mulk boshqa mulk ob’ektlari singari narxi aniqlanadi, undan foydalanish esa qo’shimcha naf keltirish mumkin bo’ladi.
Moddiy ashyoviy asosga ega bo’lmagan jami nomoddiy aktivlar xo’jalik sub’ektlariga nisbatan shartli ravishda uchta yirik guruhga ajratilishi mumkin:
Birinchi guruh tarkibiga muayyan korxonadan, firmadan xo’jalik yuritish sub’ektlaridan ajratib olib bo’lmaydigan nomoddiy aktivlar kiradi:
maxsus malaka egalari bo’lish, ma’lumotli personal;
reklama sohasida va o’z mahsulotini ilgari surishdagi erishilgan yutuqlar;
hududiy joylashish afzalliklari;
biznesda erishilgan reputatsiya, ya’ni obro’-e’tibor.
Ushbu guruh tarkibiga kiritilgan aktivlar qoida sirasida noaniq xizmat ko’rsatish muddatiga ega bo’lganligi tufayli jamlangan holda baholanadi. Bunday aktivlarni xizmat ko’rsatish muddatini aniqlash va amortizatsiya normalarini o’rnatish mumkin bo’lmaganligi uchun, amortizatsiya ajratmalari hisoblanmaydigan, ya’ni amortizatsiya ajratmalari qilinmaydigan aktivlar deb e’tirof etish mumkin.
Ikkinchi guruh tarkibiga korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti xodimidan ajratib olib bo’lmaydigan aktivlar kiradi. Bular jumlasiga har bir xodimlarning obro’-e’tibori, ya’ni reputatsiyasi va professionallik ko’nikmalari, mahorati, shu jumladan shaxsiy nou-xau, tijorat sohasidagi mahorati moliya operatsiyalarini o’tkazish va hokazolar kiradi. Birinchi guruh tarkibiga kiritilgan aktivlardek, bunday aktivlar ham har biri ajratib olib bo’lmaydi, foydalanish muddatiga ega emas va amortizatsiya qilinmaydi.
Uchinchi guruh tarkibiga, korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ektidan ajratib olinib, baholanishi mumkin bo’lgan aktivlar kiritiladi. Bular sirasiga fabrika markalari, firma yoki savdo belgilari, savdo markalari, mualliflik huquqlari, patentlar, litsenziyalar, franchayz va boshqalar kiritiladi. Bu guruhdagi har bir aktiv ajratilgan holda, yakka tartibda alohida baholanishi mumkin va ularni ko’pchiligi aniq xizmat ko’rsatish muddatlariga egadir. Bunday aktivlar amortizatsiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilgan va ularni korxona, firma yoki xo’jalik yuritish sub’ekti balansida aks ettirish mumkin.
Franchayz - bu mahsulot va tovarlarni ishlab chiqarishda o’zga korxonalarning texnologiya, algoritm, formula va boshqa tashqi ko’rinishlaridan foydalanish huquqi. Bunday huquq asosan boshqa firma yoki boshqa tuzilmalardan shartnomalar asosida sotib olinadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish hamda erkin raqobat muhiti vujudga kelishi munosabati bilan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida raqobatbardoshlikni ta’minlashda nomoddiy aktivlarni o’rni ko’tarilib, ular roli borgan sari oshib boradi.
Barcha turdagi nomoddiy aktivlarni tashkil etish o’z navbatida investitsiyalarni talab etadi.
Moddiy mulk ob’ektlaridek, nomoddiy aktivlarni tashkil etish va doimiy tarzda yangilab borish muayyan sarf-xarajatlarni talab etadi. Nomoddiy aktivlar muayyan vaqt birligida ishlab chiqarishni boshqaruvchi, tovar mahsulotni ilgari surishda, mahsulot tannarxini pasaytirishda, umuman kapitallashuvni ta’minlashda erkin raqobat muhitida juda ham qo’l keladigan aktivlar qismi hisoblanadi. Investitsiyalarni bir qismi korxona, xo’jalik yuritish sub’ekti tomonidan asosiy kapitalni tiklash, yangilash, kengaytirish va muntazam modernizatsiyalashga qaratilsa, ikkinchi qismi nomoddiy aktivlar majmuasini kengaytirishga, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishga, nou-xaulardan foydalanish huquqlarini qo’lga kiritish hamda korxona salohiyatini oshirishga, uning obro’-e’tibor qozonishiga, yuqori imidjga ega bo’lishiga qaratiladi. Investitsiyalarni yana bir qismi aylanma mablag’larni tashkil etishga, ularni to’ldirishga qaratiladi.
Nomoddiy aktivlarga investitsiyalar keskin raqobat muhitida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish sohalarida etishtirilgan tovar mahsulot va xizmatlarni ilgari surishni, ular aylanma muddatini qisqartirishni, iste’molchilarga qisqa muddatlarda etkazilishini ta’minlaydi, ko’maklashadi. Nomoddiy aktivlar raqobatbardoshlikni yangi texnologiya, mahsulot patentlari, litsenziyalar va boshqa nomoddiy aktivlar turlarini xarid etish yo’li bilan xo’jalik yuritish sub’ekti faoliyatini yangilanib borishga, zamonaviylashtirishga va bozor talablariga javob bera oladigan tovar va xizmatlarni yaratilishiga zamin yaratiladi.
Nomoddiy aktivlarni asosiy turlari patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari franchayz, dasturlar ta’minoti, “gudvill” va boshqalar kapitallashtiriladi va foydalanish davri mobaynida so’ndirib boriladi.
Gudvill - bu nomoddiy aktiv bo'lib, u bir kompaniyani boshqasiga sotib olishi bilan bog'liq. Xususan, gudvill - bu sotib olishda sotib olingan barcha aktivlar va bu jarayonda olingan majburiyatlarning sof adolatli qiymati yig'indisidan yuqori bo'lgan sotib olish narxining bir qismi. Kompaniyaning brend nomi, mustahkam mijozlar bazasi, yaxshi mijozlar bilan munosabatlar, yaxshi ishchilar bilan munosabatlar va xususiy texnologiya qiymati yaxshi niyat mavjud bo'lishining ba'zi sabablarini anglatadi.

  • Gudvill - bu boshqa kompaniyaning ortiqcha sotib olish narxini hisobga oladigan nomoddiy aktiv.

  • Gudvilga kiritilgan narsalar mulkiy yoki intellektual mulk va tovar tan olinishi bo'lib, ularni osonlikcha aniqlash mumkin emas.

  • Gudvill kompaniyaning sotib olish narxini olish va aktivlar va majburiyatlarning adolatli bozor qiymati o'rtasidagi farqni olib tashlash yo'li bilan hisoblanadi.

  • Kompaniyalar yiliga kamida bir marta moliyaviy hisobotlarida gudvil qiymatini ko'rib chiqishi va har qanday buzilishlarni qayd etishi shart. Gudvill boshqa nomoddiy aktivlardan farq qiladi, ularning muddati cheklanmagan, aksariyati boshqa nomoddiy aktivlarning muddati cheklangan.

Gudvilni hisoblash jarayoni printsipial jihatdan juda sodda, ammo amalda juda murakkab bo'lishi mumkin. Gudvillni soddalashtirilgan formulada aniqlash uchun kompaniyaning sotib olish narxini oling va aniqlanadigan aktivlar va majburiyatlarning sof adolatli bozor qiymatini chiqaring.
Yüklə 22,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin