Murakkab oqsillar Ular oqsil bo’lmagan komponentlari orqali sinflarga bo’linadilar.
Lipoproteinlar. Bular oqsillar bilan lipidlarning birikishidan hosil bo’lgan
murakkab birikmalardir. Bunday makromolekulalar asosan ko’p miqdorda
mitoxondriyalarda, endoplazmatik retikulumda, qon zardobida va sut tarkibida
uchraydi. Lipoproteinlarning molekulyar massasi katta bo’lib, million dalьtonga
boradi. Ulardagi oqsillarning gidrofilli, yog’ qismining gidrofob xususiyatlari
hujayra membranasiga selektiv tanlash usuli orqali ion va moddalarni o’tkazish
faoliyatini ta’minlaydi.
Glikoproteinlar. Ular uglevod bilan oqsillardan tashkil topgan birikmalardir.
Glikoproteinlar strukturali oqsillar, fermentlar membranalardagi retseptorlarning
asosini tashkil qiladi. Ayrim hayvonlar tana qismining qobig’ini tashkil qiluvchi
kutikula (qisqichbaqa, qo’ng’izlar) ham glikoproteinlardan iborat. Ulardagi uglevod
komponenti glikoproteinlarning 1-30%gacha massasini tashkil qiladi. Polipeptid
zanjirida bir nechta bir qatorli va shoxlangan uglevodlar uchraydi. Uglevodlar
asosan
glyukoza,
mannoza,
galaktoza,
N-atsetilgalaktozamin,
N-
atsetilglyukozaminlardan tashkil topgan.
Fosfoproteinlar. Bunday murakkab oqsillar tarkibida serin va trioninlardagi
gidroksil orqali bog’langan fosfor kislotalari uchraydi. Fosfoproteinlarga ozuqa
oqsillari sifatida xizmat qiladigan proteinlar kazein sutda, tuxumda ko’p bo’ladi.
Fosfoproteinlar yosh o’sayotgan organizm uchun aminokislotalardan tashqari, fosfat
kislota manbai sifatida ham xizmat qiladi. Fosfoproteinlarning vakillari bo’lmish
kazein, ovalьbumin va vitellinlar yaxshi o’rganilgan. Kazein sutda ko’p bo’lib,
uning 3 xil shakli (
,
va
-kazein) aniqlangan. Ularda fosforning miqdori turlicha
bo’lib, sigir suti kazeini uchun 0,96, 0,52, 0,1% atrofida bo’ladi. Ulardagi
aminokislota tarkibi ham bir biridan ma’lum darajada farq qiladi.