3. М nuqtaning qo`zg`almas О1х1у1z1 koordinatalar sistemasiga nisbatan harakatiga absolyut yoki murakkab harakat deyiladi. Nuqtaning harakat paytida qoldirgan СD traektoriyasiga absolyut traektoriya, tezligiga absolyut tezlik , tezlanishiga esa absolyut tezlanish deyiladi.Yuqorida keltirilgan misolimizda koptokning kema palubasiga nisbatan harakati nisbiy harakat koptokning tezligi esa nisbiy tezlik;

kemaning qirg`oqqa nisbatan harakati koptok uchun ko’chirma harakat, kema palubasining shu paytda koptok tegib turgan nuqtasining tezligi ko’chirma tezlik, koptokning qirg`oqqa nisbatan harakati absolyut harakat, koptokning tezligi absolyut tezlik bo`ladi.Kinematikaga oid shu masalalarni yechishda, nuqtaning nisbiy, ko’chirma va absolyut tezliklar miqdori va tezlanishlari orasidagi bog`lanishlarni aniqlash lozim.

Tezliklarni qo`shish haqida teorema.
М nuqtaning murakkab harakatini ko’rib chiqamiz. M nuqta vaqt oralig`ida АВ traektoriya bo`ylab nisbiy harakatlanib, M nuqtadan М1 nuqtaga kelsin (17-rasm,a). Shu vaqt oralig`ida АВ egri chiziq qo`zg`aluvchan Oxyz sistemasi bilan birgalikda harakatlanib А1, В1 holatni egallaydi. Vaqtning t paytida АВ egri chiziqning m nuqtasi bilan ustma-ust tushuvchi M nuqta , shu vaqtning ichida ko’chirma harakat qilib, M (m) nuqtadan m1 nuqtaga keladi. Natijada M nuqta vaqt oralig`ida absolyut harakat qilib, M1 holatni egallaydi. Ko‘chish vektor kattalik bo`lgani uchun vektorli Мm M1 uchburchakdan quyidagini yozamiz: