Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə16/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

Nazorat savollari !


10-MA’RUZA
Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha 





Reja:
1. Ma’lumotlar ombori haqida tushuncha
2. Ma’lumotlar omborining asosiy elementlari va maydon xususiyatlari
3. MS Accessda ma’lumotlar omborini tashkil etish 
Ma'lumotlar deb ma'lum bir shaklga qayd qilingan, qayta ishlash, saqlash, va uzatish uchun yaroqli bo'lgan voqelikka aytiladi.
Borliqni ma'lum bir sohasi bo'yicha birlashtirgan ma'lumotlar to'plami ma 'lumotlar ombori deb yuritiladi.
«Ma'lumotlar ombori» deyilganda ma'lum bir obyekt holatini aks ettiruvchi o'zaro bog'langan ma'lumotlar to'plamining avtomatik tarzda ishlashini ta'minlovchi tizim tushuniladi.
Ma'lumotlar bazasi - bu o'zaro bog'langan va tartiblangan ma 'lumotlar majmuasi bo 'lib, ko 'rilayotgan ob 'ektlarning xususiatini, holatini va ob 'ektlar o'rtasidagi munosabatni ma 'lum sohada tavsiflaydi Ma'lumotlar omborini boshqarish sistemasi deb, ma'lumotlar omborini yaratish, ishlatish va ko'pchilik foydalanuvchilar tomonidan birgalikda foydalanishni ta'minlovchi tillar hamda dastur ta'minotlari to'plamiga aytiladi.
Ma’lumotlarning turlari
Kompyuterlarda qayta ishlanadigan ma’lumotlar o‘z ichiga turli kasb egalariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlar bilan ish yuritadi. Bunday ma’lumotlarning eng asosiylari sonli (raqamli) va belgili (matnli) axborotlar hisoblanadi. Odatda, har qanday axborot tizimini yaratish uchun bu ikki turdagi ma’lumot shakli yetarlidir, chunki foydalanuvchiga yetkazilmoqchi barcha axborot raqamlar yoki so‘zlardan iborat bo‘ladi. Shunday bo‘lsa-da, axborotlar tizimini yaratuvchi yana ikkita ma’lumot turi – sanalar va mantiqiy o‘zgaruvchilardan xabardor bo‘lishi lozim.
Ma’lumotlarning turlarini ko‘rib chiqamiz.
Belgili ma’lumotlar. Har qanday belgili ma’lumotning qiymati ixtiyoriy uzunlikdagi alifbo – raqamli belgilar majmuidan iborat masalalan, «5», «Vatan», «10+25», …). Ma’lumotlarni bunday ifodalash eng ko‘p tarqalgan. Belgili ma’lumotning qiymati «1055» gat eng bo‘lsa, mashina bu qiymatni osongina songa aylantirib olishi ham mumkin.
Ko‘pgina tizimlarda belgili ma’lumotning uzunligi 255 belgi bilan chegaralangan. Lekin ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi axborotlar tizimi yaratuvchilariga keng imkoniyatlar ochib bermoqda. Hozirgi paytda ikki o‘lchamli jadvallardan, ba’zi tizimlarda belgili ma’lumot qiymati sifatida uzunligi 30 yoki 40 belgi bo‘lgan biror turdagi fayl nomini yozish imkoniyatlari mavjud.
Bu nom orqali ixtiyoriy uzunlikdagi obyektning biografiyasining o‘z ichiga olgan matnli fayl yoki obyektning fotosuratini ko‘rsatuvchi grafik fayl ochish mumkin.
Bundan tashqari hozirgi zamon tizimlarida belgili ma’lumot sifatida ixtiyoriy tuzilish va uzunlikdagi (shu jumladan, tasvir va ovoz) obyektlar saqlanishi mumkin.
Sonli ma’lumotlar. Bunday turdagi ma’lumotlarga faqat sonlar misol bo‘ladi. Axborotlar tizimi foydalanuvchilari uchun bunday ma’lumotlar faqat o‘lchami (raqamlar soni) va uning aniqligi (nuqtadan keyingi raqamlar soni)ning ahamiyati katta.
Mantiqiy ma’lumotlar. Bu turdagi ma’lumotlar (ba’zida bunday ma’lumotlar Bul qiymatlari deyiladi) bir-birini inkor qiluvchi TRUE (rost) «1» yoki FALSE (yolg‘on) «0» qiymatlarni qabul qiladi.
Ulardan tizimda ko‘zda tutilgan maqsadni amalga oshirish uchun biror obyektning holatini ko‘rsatishda foydalanish mumkin. Masalan, «lampa yoniq» (TRUE) yoki «lampa o‘chirilgan» (FALSE). Mantiqiy ma’lumotlarning informatikadagi ahamiyati beqiyos ekanligini informatika kursidan yaxshi bilasiz.
Oldingi mavzulardan birida o‘quvchilar haqidagi ma’lumotlarni saqlovchi telefon ma’lumotnomasi jadvali berilgan edi. Lekin kundalik hayotda ancha murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lumotlar ombori bilan ish ko‘rish to‘g‘ri keladi. Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko‘ra ular turli ko‘rinishlarda ifodalanishi mumkin.
Ma’lumotlarni uch xil ko‘rinishda ifodalash mumkin: iyerarxik (shajaraviy), tarmoqli va relyatsion (jadvalli).
Bu turlarning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bo‘lib, unda axborotni izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko‘rib» chiqiladi. Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyatga ega bo‘ladi. Kerakli elementni tanlashi ma’lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma’lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma’lumotlar omboriga ma’lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
Ma’lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
Quyidagi misol orqali iyerarxik tizimni ifodalash mumkin:



Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri unda joylashgan mahsulot turini izlashda kerar bo‘ladi. Ikkinchi va uchunchi sathdagi jadvalga esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma’lumot berilgan. Ma’lumotlar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma’lum qulayliklar yaratadi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqli tizimli iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma’lumot (fayl) lar o‘rtasida ko‘p yo‘nalishli aloqalar o‘rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma’lumot (fayl) shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat bilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do‘kondagi mahsulotlar jadvali bilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida bog‘liqlik o‘rnatilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkon beradi.
Bir pog‘onadagi ma’lumotning boshqa pog‘onadagi ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog‘lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma’lumotlarning tarmoqli tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma’lumotlar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin