Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja


Image1.Canvas.pie(0,0,100,100, 50,0,0,50)



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə33/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

Image1.Canvas.pie(0,0,100,100, 50,0,0,50);
Image1.Canvas.pie(100,0,200,100, 0,50,150,0);
Ranglar palitrasi. Piksellar xossasi yordamida qizil va yashil ranglarni turli ulushda aralashtirishdan hosil bo‘ladigan 65536 ta rangli piksellarni ekranda tasvirlaydigan ilova yaratamiz. Ilovaga Image (256×256) va Button obyektlarini quyidagi rasmda ko‘rsatilgandek joylaymiz. Button tugmasini ikki marta bosib, dastur kodiga quyidagi
protsedurani kiritamiz:
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject);
var i,j,rang:integer;
begin for i:=0 to 255 do
for j:=0 to 255 do begin rang:=RGB(i,j,0);
Image1.Canvas.Pixels[i,j]:=rang; end; end;
Ilovani ishga tushirib, qizil va yashil ranglarning aralashib, sariq rang hosil bo‘lishini ko‘ramiz:

2. Koptok ilovasi. Timer obyektidan birinchi navbatda animatsion harakat yaratish uchun foydalaniladi. Bu qanday amalga oshirilishini ko‘rish uchun yangi ilova yaratamiz. Unga yetarlicha katta Image obyektini, bittadan Timer, CheckBox va SpinEdit larni joylaymiz.
Timer obyektini ikki marta bosib uning protsedurasini quyidagicha to‘ldiramiz:
procedure TForm1.Timer1Timer(Sender: TObject);
var n:integer;
begin
n:=SpinEdit1.Value;
if not CheckBox1.Checked then
Image1.Canvas.Rectangle(-3,-3,Image1.Width+3,Image1.Height+3); x:=x+dx*n;
if x>Image1.Width then
begin x:=2*Image1.Width-x; dx:=-dx;end;
if x<0 then begin x:=-x; dx:=-dx;end;
y:=y+dy*n;
if y>Image1.Height then
begin y:=2*Image1.Height-y; dy:=-dy;end;
if y<0 then begin y:=-y; dy:=-dy;end;
Image1.Canvas.Ellipse(x-10,y-10,x+10,y+10);
end;
Beshinchi satrda CheckBox1 da bayroqcha o‘rnatilganligi tekshiriladi. Agar bu bayroqcha o‘rnatilmagan bo‘lsa, oltinchi satrda koptokning oldingi holati butun rasmni o‘chirib tashlash bilan yo‘qotiladi:

Amaliy ish:
1. Piksellar ilovasida nechta pikselning rangi o‘zgaradi?
2. Koptok ilovasida koptokning holati qaysi o‘zgaruvchilarga qarab
aniqlanadi.
3. Koptok ilovasida koptokning harakat tezligi qanday qilib
o‘zgartiriladi?
4. Koptok ilovasida koptok harakatining yo‘nalishi qaysi o‘zgaruvchida
saqlanadi?
5. Piksellar ilovasida ranglarni shakllashtirishda uchinchi asosiy
rangning ham ishtirok etishini ta’minlang.
6. Koptok ilovasida koptok yo‘nalishini dx va dy o‘zgaruvchilarning
boshlang‘ich qiymatlarini almashtirish bilan o‘zgartiring:
a) dx:=1; dy:=1;
b) dx:=1; dy:=2;
c) dx:=3; dy:=2;
d) dx:=3; dy:=1.


Nazorat savollari:

1. Rasmga ellips segmenti qanday qilib qo‘yiladi?


2. Rasmga ellips sektori qilib qo‘yiladi?
3. Rasmga bir nechta matn satri kiritadigan ilova yarating.
4. Rasmga bir nechta geometrik shakllar kiritadigan ilova yarating.
Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin