Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə26/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

Nazorat savollari !

  1. Alifbo nima?

  2. Mashina tili qanday daraja deb qabul qilingan?

  3. Algoritmik tillar nima?

  4. Yuqori saviyadagi dasturlash tillariga tillar misol bo’la oladi?

  5. Dasturlash tilining afzalliklarga ega?

  6. FORTRAN tili qachjn ishlab chiqilgan?

  7. ALGOL qanday masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi?

  8. KOBOL tili qandayma'noni anglatadi?

  9. Fransuz olimi Blez Paskal nomiga qaysi algoritmik til qo’yilgan?

  10. Turbo Pascal nima?



17-ma’ruza
Shaklni quvish” loyihasi: Shape komponenti


Image va Shape obyektlari. Delphida grafika bilan ishlash uchunmaxsus boshqarish obyektlari bor. Ular Image (rasm, tasvir) va Shape (shakl) bo‘lib, obyektlar panelining Additional (qo‘shimcha) jildida joylashgan:

Bu obyektlarning Canvas (polotno) obyektlarida xossa, usul va ajdod obyektlar yordamida grafika yaratiladi. Canvasning asosiy ish qurollari Pen (qalam) va Brush (cho‘tka) bo‘lib, ulardan birinchisi yordamida chiziqlar chiziladi. Ikkinchisi esa sohalarni bo‘yashda ishlatiladi.
Pen (qalam) ning xossalaridan asosiylari Width (eni), Style (stili) va Color (rangi) lardir. Image1.Canvas.Pen.Width:=5; operatori qalamda chiziladigan chiziq kengligini 5 pikselga teng qilib o‘rnatadi.
Style xossasi chiziladigan chiziqlarning ko‘rinishini o‘zgartiradi. U quyidagi qiymati oldindan aniqlangan o‘zgarmaslardan biriga teng bo‘lishi mumkin:
1.psSolid – uzluksiz (oldindan o‘rnatilgan).
2.psDash – shtrix (mayda kesmachalar).
3.psDot – (nuqtalar).
4.psDashDot – kesma va nuqta.
5.psDashDotDot – kesma, nuqta va nuqta.
6.psClear – ko‘rinmas.
Qalam stilini o‘zgartiruvchi operator
Image1.Canvas.Pen.Style:=psDash; kabi bo‘ladi.
Pen (qalam) ning Color (rang) xossasi chiziladigan chiziqning rangini belgilab beradi. bu xossada ham oldindan berilgan o‘zgarmaslardan foydalanish mumkin. Masalan, clBlack (qora, oldindan o‘rnatilgan), clWhite (oq), clBlue (ko‘k), clGreen (yashil), clRed (qizil), clYellow (sariq), clBrawn (jigar rang), clGrey (kul rang), clSilver (kumush rang, clAqua (havo rang) va yana o‘nlab o‘zgarmaslar mavjud
Image1.Canvas.Pen.color:=clRed; operatori chiziladigan chiziq rangini qizilga o‘zgartiradi. Delphi da 16 milliondan ortiq ranglardan foydalanish mumkin. Bu ranglarning barchasa uchta asosiy rang: qizil, yashil va ko‘k ranglarni qo‘shish orqali yaratiladi.
Asosiy ranglarning har biri uchun bir bayt ajratiladi. Bu uchta baytda xil rangni saqlash mumkin. Ranglarning tartib nomerini 16lik sanoq sistemasida yozish qulay. Bu sanoq sistemasida uch baytga 6 xonali son mos keladi. Ulardan eng kichik ikkita xona qizil, o‘rtadagi ikki xona yashil, va eng katta ikki xona ko‘k rangga mos keladi: $BBGGRR (bu yerda BB ko‘k rangga, GG yashil, RR qizil rangga mos raqamlar.
Masalan, ko‘k rang $FF0000, yashil $00FF00, qizil $0000FF, sariq $00FFFF, pushti rang $FF00FF o‘n oltilik son bilan ifodalanadi. Agar o‘n oltilik sanoq sistemasida ishlash noqulay bo‘lsa, u holda RGB(RR, GG, BB) standart funksiyadan foydalanish mumkin.
Bu funksiyaning uchta argumenti bo‘lib, ulardan birinchisi qizil, ikkinchisi yashil, uchinchisi ko‘k ranglarga mos keladi. Bu argumentlarning qiymatlari 0 dan 255 gacha bo‘lishi mumkin. Masalan, RGB(0, 0, 0) qora rangni, RGB(255, 255, 255) oq rangni, RGB(0, 255, 255) havo rangni, RGB(127, 0, 0) to‘q qizil rangni, RGB(0, 127, 0) to‘q yashil rangni, RGB(200, 200, 0) to‘q sariq rangni beradi.
Brush (cho‘tka)ning rangi ham shu tarzda aniqlanadi. Uning stilini quyidagi o‘zgarmaslar orqali o‘zgartirish mumkin:
1.bsSolid – sidirg‘a (bir tekis).
2.bsClear – ko‘rinmas.
3.bsBDiagonal – yon diagonal bo‘ylab.
4.bsFDiagonal – asosiy diagonal bo‘ylab.
5.bsCross – panjarasimon.
6.bsDiagCross – diagonal bo‘ylab panjara.
7.bsHorizontal – gorizontal.
8.bsVertical – vertikal.


Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin