Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja


-ma’ruza “Parol kiritish oynasi” loyihasi: Edit komponenti



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə27/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

18-ma’ruza
Parol kiritish oynasi” loyihasi: Edit komponenti



Reja:
1. Dastur proekti haqida tushuncha
2. Dastur koditushunchasi
3. Label, Edit, Memo matn komponentlari va Button tugmasi bilan ishlash
Proyekt:
Delphi proyektibu kompilyator tomonidan, dastur yaratilganidan so’ng, yaratilgan dasturga tegishli bo’lgan fayllar to’plamidir. Proyekt, bir yoki bir nechta proyekt fayllarini va modullarni o’z ichiga oladi (Unit moduli).
Proyekt fayli *.dpv kengaytmasiga ega bo’lib, proyektning umumiy holatini o’zida saqlaydi. Proyekt moduli fayli esa *.pas kengaytmali bo’lib, ishchi faylini yaratishda kompilyatorga kerak bo’luvchi prosedura, funksiya matnlari, tiplarni tavsifi va boshqa ma’lumotlarni o’zida saqlaydi.
Dastur kodi:
Dastur kodi forma orqasiga yashiringan bo’lib, u yerga dastur matnlari kiritiladi. U oynaga F12 yoki Ctrl+F12 tugmalari yordamida o’tish mumkin.
Delphi kodlar muhitida dastur buyruqlarini kiritish va ularni qayta ishlash mumkin. Shuni ham ta’kidlash lozimki, Delphi kodlar muhiti avtomatik tarzda Object Pascal dasturlash tilidagi kalit so’zlarni (begin, end, procedure, const, var va bosh.) qalin harflar bilan belgilaydi.
Ma`lumot yozilgan satr(dastur izohi)ni belgilash uchun figurali qavslardan foydalaniladi. Qavs ochilsa undan keyin turgan kodlar ko’rinishi o’zgaradi. Kerakli joyda qavs berkitilsa ko’rinishi o’zgargan kodlar faqat qavs oralig’idagina qoladi va dastur ishlash jarayonida shu oraliq ishlatilmaydi.
Delphi kodlar muhitining imkoniyatlaridan yana biri shuki, u yerga biror funksiyani masalan: «StrToFloat» ni yozib, qavs ochsak satr ostida kichik oyna hosil bo’ladi. Bu oynada qavs ichidagi o’zgaruvchi tipi ko’rsatilgan bo’ladi, yoki biror operatorni masalan: Label1 ni yozib nuqta qo’yilsa satr ostida nuqtadan keyinga yozish mumkin bo’lgan operatorlar ro’yhati chiqadi va ulardan kerakligini tanlab qo’yishimiz mumkin.
Kodlar oynasida biror operator sirtiga kursorni olib borib CtrlQF1 tugmalari teng bosilsa shu operator haqidagi yordam oynasi hosil bo’ladi. U yerdan kerakli axborotni olish mumkin. Agar kursorni bo’sh joyga olib kelib, F1 bosilsa umumiy yordam ma’lumotlari chiqadi.
Kodlar oynasida tahrirlash oddiy matn muharrirlari kabi amalga oshiriladi. Ya’ni belgilangan (blokka olingan) kod nusxasini olish, qirqib olish va kerakli joyga qo’yish mumkin. Undan tashqari kodlar ichidan kerakli belgini izlab topish va almashtirish, Delete tugmasi yordamida kursordan keyin turgan belgini, Backspace yordamida esa kursordan oldin turgan belgi yoki belgilarni o’chirish mumkin. CtrlQ, CtrlQ tugmachalari yordamida bir so’z keyinga va oldinga, PgDn, PgUp tugmachalari yordamida esa bir oyna pastga va yuqoriga o’tiladi.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin