Dasturlash tillarini sinflash. Hisoblash texnikasining rivojlanishi masalalarning xususiyatlariga butunlay mo’ljallangan va aniq bir mashinaga bog’liq bo’lmagan yuqori darajadagi dasturlash algoritmik tillarining paydo bo’lishi hamda ularning rivojlanishiga olib keladi. Mazkur tillarning imlosi, so’z boyligi dastur bilan ishlaydigan insonga (dasturchiga) ham, kompyuterga ham bir xilda qulay qilib tanlanishi kerak. Yuqori saviyadagi dasturlash tillariga Algol, Fortran, PL/1, Paskal, Simula va boshqa juda ko’p tillar misol bo’la oladi. Kompyuter dasturda beriladigan buyruqlar ketma – ketligini oson talqin qilishi va bajara olishi kerak. Demak, dasturlash tilini inson va mashinaning muloqot vositasi, deb hisoblash mumkin.
Dasturlash tili quyidagi afzalliklarga ega: - U jonli tilimizga o’xshash bo’lib, uni o’rganish oson; - Bu tilda yozilgan dastur mashina tilidagidan qisqaroq bo’ladi; - Dastur yozishga kamroq vaqt sarflanadi va kam xatolikka yo’l qo’yiladi; - Yozilgan dasturni ixtiyoriy dasturchi o’qiy oladi; - Dasturlash tili mashina turiga bog’liq emas. Demak, dastrulash (yuqori saviyadagi) tilida dastur tuzish qulayroq, osonroq va buning uchun aynan bir mashina (quyi saviyadagi)tilini bilish shart emas ekan. Hozirgi paytda dastrulash tillarining soni juda ko’payib ketmoqda. Lekin, shuni aytish kerakki, har qanday dasturlash tili o’zining darajasi va qo’llash sohasiga ega. Ba’zi bir tillar bir necha xil soha masalalarini yechishga ishlatiladi. Bunday tillar universal tillar, deb ham ataladi. Foydalanuvchidan kompyuter bilan muloqot qilish uchun kompyuter tilini bilish ham talab qilinadi.Kompyuter tushunadigan til dasturlash tili deb ataladi.Biror masalani kompyuterda yechish uchun,avvalo,uning algoritmi tuzulishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko’rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo’ladi.Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalarning izchil tartibidan iborat ekan.Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dasturni tuzadigan kishi dasturchi deb ataladi.Hozirgi kunda hisoblash,muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni tahlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqorish darajadagi dasturlar tillari mavjud Masalan: FORTRAN tili 1954 yili ishlab chiqilgan bo'lib, FORmyla TRANslator –formulalar translyatori degan manoni anglatadi va ilmiy va muxandis - texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi.
ALGOL tili 1960 yili yaratilgan bo’lib, ALGOritmic Langauge -algoritmik til degan ma'noni anglatadi va ilmiy-texnik masalalarni hisoblashlarda ishlatiladi.
KOBOL tili 1959 yili yaratilgan bo’lib, Common Businees Oriented Langauge - savdo-sotiq masalalariga mo’ljallangan til degan ma'noni anglatadi. Korxona va tarmoqning moddiy boyligini, moliyasini, ishlab chiqargan mahsulotini hisobga olish bilan bog’liq iqtisodiy masalalarni yechish uchun ishlatiladi.
Pascal - 1969 yilda Syurix texnika universiteti professori N.Virt tomonidan yozilgan. Pascal tili 1971 yilda elon qilingan bo’lib, fransuz olimi Blez Paskal nomiga qo’yilgan bo’lib, talabalarga dasturlar tuzishni o’rgatishga mo’ljallangan. Keyinchalik bu dastur Amerikaning borland firmasi tomonidan qayta ishlangan va uni turbo pascal dasturlash tili deb nomlangan. turbo pascalni qayta ishlash natijasida ob’yektli dasturlash yo’lga qo’yildi va uni object pascal deb atala boshlandi. hisoblash texnikasi va texnologiyasining rivojlanishi natijasida borland firmasi tomonidan yangi delphi dasturlash tili yaratildi PL/1 tili 1964 yilda yaratilgan bo’lib, Programming Langauge/1 - 1-tartib raqamli dasturlash tili ma'nosini anglatadi. Ushbu til universal tillar turkumiga kiradi. Bu tilda ishlab chiqilgan dasturlar EHMni yangisi bilan almashtirilganda qaytadan tuzib chiqilishi zarur emas. BEYSIK (BASIC - Beginner's All Purpose Sumbolic Instruction Code - boshlovchilar uchun ko’p maqsadli dasturlash tili) hisoblash algoritmlarini yozish uchun qo’llaniladigan algoritmik til. Bu til 1965 yilda Dartmut kolleji xodimlari Kemini va Kurslar tomonidan ishlab chiqilgan.Proseduraga mo’ljallangan tillardan masalalarning matematik ifodalari, algoritmlar va dasturlash usullari bilan tanish bo’lgan mutaxassislar foydalaniladilar. Bunda ulardan EHM-ning tuzilishini mukammal bilish talab qilinmaydi. Muammoga mo’ljallangan tillar EHMda masala yechish usullari va dasturlash usullari bilan tanish bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yaratilgandir. Foydalanuvchi masalani tariflashi, boshlang’ich malumotlarni berishi va natijani chiqarishning talab qilingan ko’rinishini aytishi kifoya