Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja


-ma’ruza “Futbol to’pini sakratish” loyihasi: Image komponenti



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə32/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

20-ma’ruza
Futbol to’pini sakratish” loyihasi: Image komponenti


Reja:
1. Fayllar bilan ishlash
2. Funksiya va protsedura tushunchasi
3. Image komponenti
Rasmga matn joylash. Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydigan amallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi. Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi esa ekranga chiqariladigan matn satri. Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani
yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz:
Image1.Canvas.Font.Size:=8;
Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8');
Image1.Canvas.Font.Size:=14;
Image1.Canvas.Font.Color:=clRed;
Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14');
Image1.Canvas.Font.Size:=20;
Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue;
Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20');
Image1.Canvas.Font.Name:='Times New Roman';
Image1.Canvas.Font.Size:=30;
Image1.Canvas.Font.Color:=clGreen;
Image1.Canvas.TextOut(70,20, '30');
Image1.Canvas.Font.Size:=40;
Image1.Canvas.Font.Color:=clBlack;
Image1.Canvas.TextOut(110,20, '40');
Image1.Canvas.Font.Size:=50;
Image1.Canvas.Font.Color:=RGB(255,0,255);
Image1.Canvas.TextOut(180,20, '50');
Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bosamiz.

2. Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarni joylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz. Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4)
nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi. Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan:


Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin