Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə3/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

Nazorat uchun savollarr:

  1. Matnlar bilan ishlashning qanday texnologiyalarini bilasiz?

  2. Matn muharrirlarining asosiy imkoniyatlari nimalardan iborat?

  3. Word matn muharririning oynasining umumiy tuzilishi qanday?

  4. Vositalar paneli qanday bo’limlardan tuzilgan?

  5. Sarlavhalar satri nimalardan tuzilgan?

  6. «Standartnaya» va «Formatirovaniye» vositalar panelining elementlarini tushuntirib bering.



2-ma’ruza
Amallar va sodda ifodalarni hisoblash.


Reja:
1. Microsoft Excel electron jadvalining asosiy elementlari.
2. Ilovalar darchasining asosiy elementi.
3. MS Excelda matematik masalalarni yechish
Zamonaviy kompyuterlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE paketidagi asosiy vositalardan biri jadval protsessori deb ataluvchi EXCEL dasturidir. EXCEL WINDOWS operatsion qobig’i boshqaruvida elektron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov berishga mo’ljallangan. Qayd etilgan ishlar ko’lami Excelning asosiy imkoniyatlarini belgilaydi.Excel electron jadvali 65536 ta qator va 256 ustundan iborat.Qatorlar 1da 65536 gacha raqamlangan ,ustunlar esa lotin alifbosining bosh harflari (A,B,….,AA,AB,…..IV) bilan belgilangan.Qator va ustunlar kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy asosiy elementi-yacheyka joylashgan. Har bir yacheykaga son ,matn yoki formula tarzidagi ma’lumotlar kiritiladi.Ustun kengligini va qator balandligini o’zgartirish ham mumkin.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsa-da, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam beradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuvchidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo’lish talab etiladi.
Inson o’z ish faoliyati davomida ko’pincha biror kerakli ma'lumot olish uchun bir xil, zerikarli, ba'zida esa, murakkab bo’lgan ishlarini bajarishga majbur bo’ladi. MICROSOFT EXCEL dasturi mana shu ishlarni osonlashtirish va qiziqarli qilish maqsadida ishlab chiqilgandir.
MICROSOFT EXCEL elektron jadvali hisoblash vositasi sifatida qaralib, iqtisodiy va moliyaviy masalalarni yechishda yordam beribgina qolmay, balki har kungi harid qilinadigan oziq-ovqatlar, uy-ro’zg’or buyumlari hamda bankdagi hisob raqamlari hisob-kitobini olib borishda ham yordam beruvchi tayyor dasturdir.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin