Mavzu. Ofis dasturlari va ularning yangi imkoniyatlari. Reja


EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə4/33
tarix28.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#201097
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
1BOSQICH MARUZA MATNLARI

EXCEL elektron jadvalining asosiy elementlari
MICROSOFT EXCEL dagi barcha ma'lumotlar jadval ko’rinishida namoyon bo’lib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) ma'lum qismiga boshlang’ich va birlamchi ma'lumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa har xil arifmetik amallar va boshlang’ich ma'lumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat bo’lgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil ma'lumotlarni kiritish mumkin:
— matnli;
sonli ifodalar;
— formulalar.
Matnli ma'lumotlar sarlavha, belgi, izohlarni o’z ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
EXCELning asosiy ishlov berish ob'ekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari (dokument­lari) ixtiyoriy nomlanadigan va .xls kengaytmasiga ega bo’lgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar «Ishchi kitob» deb ataladi. Uar bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni o’z ichiga olishi mumkin. Ularning har biri «ishchi varaq» deb ataladi. Ular bir ishchi varaq uz nomiga ega bo’ladi. Ishchi kitobni hosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, ya'ni elektron jadval hisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili ko’rsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oralig’ida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil bulgan ustun va kator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi.
Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini ko’rsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va o’ng quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Ishchi jadvallarni ko’rib chiqishda yoki yacheykalarni bichimlashda ish olib borayotgan diapazonning manzilini bilish shart emas, lekin formulalar bilan ishlayotganda bu narsa juda muhimdir.

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin