Mavzu: og’ir nutq nuqsonli bolalar uchun ta’lim muassalari



Yüklə 450,96 Kb.
səhifə1/3
tarix08.05.2023
ölçüsü450,96 Kb.
#109633
  1   2   3
kareksiya

MAVZU:OG’IR NUTQ NUQSONLI BOLALAR UCHUN TA’LIM MUASSALARI

BAJARDI:SHUKUROVA A

SADULLAYEVA M

  • Logopediya fani - grekcha “logos”- so‘z, “peydeo”- tarbiyalash “nutqni tarbiyalash” degan ma`noni anglatadi. Bu fan nutqiy nuqsonni aniqlash, o‘rganish va ularning oldini olish hamda maxsus ta`lim- tarbiya yo‘llari orqali tuzatish usullarini ishlab chiqadi. Logopediya umumiy pedagogika fanining bir tarmog‘i hisoblanadi.
  • Nutq nuqsoni deganda nima tushuniladi? Nutq nuqsoni bu muayyan tilda qabul qilingan adabiy nutq normalari me`yoridan bir oz bo‘lsada buzilishidir. Nutq kamchiligi tovush talaffuzi yoki fonetik-fonematik kamchiliklarda (dislaliya, dizartriya, rinolaliya), fonetik va leksik-grammatik komponentlarda ( alaliya, afaziya, yozish va o‘qishda - disgrafiya, disleksiya), nutq su`rati ohangi buzilishida (tutilish) kuzatiladi.
  • 1. Dislaliya – bu artikulyatsion apparat a'zolari normal innervatsiyasida yuzaga kelgan logopatsiya bo‘lib, asosan tovushlar talaffuzidagi kamchiliklar va ba'zan fonematik idrok rivojlanmaganligi bilan namoyon bo‘ladigan yengil nutq nuqsoni.
  • 2. Dizartriya - bu artikulyatsion apparat a'zolari innervatsiyasining organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, juft neyronlarning shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Falajlanish asosan bir tarafdan, chap yoki o‘ng tarafdan bo‘ladi. Bola tili asosan paretik falajlangan bo‘shashgan yoki spastik, ya'ni tarang falajlanishda bo‘ladi.
  • 3. Alaliya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsoni bo‘lib, bu tashxis eshitishi va zakovati me'yorda bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladi.
  • 4. Afaziya- bu bosh miyaning organik jarohatlanishi natijasida shakllangan nutqning yo‘qolishi. Bolalar afaziyasi tajribada kam uchraydi. Afaziya asosan insultdan keyin uchraydi. Bolalarda esa miya infeksiyalari, miya rivojlanishi davrida turli xil kuchli travmalar natijasida yuzaga keladi.
  • 5. Rinolaliya - bu artikulyatsion apparat a'zolarida tug‘ma yoki orttirilgan nuqsonlarning bo‘lishi yoki artikulyatsion apparat a'zolarida burun, burun halqum sohasida falajlanishlarning kuzatilishi, burun suyagining qiyshayishi, burun sohasidagi turli xil o‘simtalar, odenoidlar, poliplar bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan og‘ir nutq nuqsonlari hisoblanadi.
  • 6. Duduqlanish - bu og‘zaki nutq jarayonida artikulyatsion apparat a'zolari muskullarining tortishishi sababli og‘zaki nutqning tempritmik o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi.
  • Bunday nuqsonga ega bo‘lgan bolalarni payqash va sinchkovlik bilan o‘rganishni hamda ularni tibbiy va pedagogik komissiyalarga yuborish ishlarini bolalar poliklinikalaridagi logopedlar, psixonevrologlar, bolalar shifokorlari amalga oshiradiar.
  • Bolalarni maxsus tashkilotlarga tanlab olish va ulardan guruhlar tashkil qilish vazifasini tibbiy- pedagogik komissiya yo‘lga qo‘yadi.
  • Komissiya a’zolari bu borada quyidagi asosiy qonun-qoidalarga tayanadilar:
  • Dastlab, nutqiy nuqsonga ega bolalarni boshqa turli xil kamchiliklari bo‘lgan bolalardan ajratish kerak.
  • Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar maxsus tashkilotlariga qabul qilinadigan nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalar albatta eshitish va fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishlari lozim.
  • Nutqiy nuqsoni bo‘lgan bolalarga turli sabablarga ko‘ra bu kamchilikka (masalan, psixik rivojlanishi jihatdan orqada qolishi, ko‘rish yoki eshitish qobiliyatini yo‘qotishi) natijasida duchor bo‘lgan bolalardan ajratgan holda ta`lim- tarbiya berish zarur. Boshqa sabablar natijasida ham nutqiy nuqson yuzaga kelishi mumkin, ammo ikkinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Eshitish, ko‘rish a`zolariga shikast yetgan va fikrlash qobiliyati zaiflashgan bolalar maktabgacha yoshda bo‘lgan maxsus nutq o‘stirish muassasalariga qabul qilinmaydilar.
  • Nutq kamchiliklari ham fiziologik, ham patologik bo‘lishi mumkin. Biroq nutqdagi bu nuqsonlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketmaydi. Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar va o‘quvchilar nutqiy nuqsonlarini mutaxassis - logoped yordamisiz bartaraf etib bo‘lmaydi. Jamiyatimizda nutqi umumiy rivojlanmagan maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta`lm- tarbiya berish va tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qoldi. Bu asnoda katta o‘zgarishlar qilinmoqda.
  • Nutqiy nuqsoni bo‘lgan maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning ta`lim tarbiyasi jamiyatimizda maxsus ta`limning ajralmas qismi sifatida amalga oshiriladi.
  • Nutqiy kamchiligi bo‘lgan bolalar uchun bolalar bog‘chasi, bolalar uyi, shuningdek, ommaviy maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar muassasalarida maxsus bo‘limlar mavjud bo‘lib, ularning har qaysisida ta`lim- tarbiya ishlari va amaliy mashg‘ulotlar o‘zbek tilida olib boriladi.
  • Guruhlardagi bolalar har tomonlama shifokor nazoratidan o‘tishi tavsiya qilinadi:psixonevrolog, otolaringolog, nevropatalog, bolalar shifokori, psixolog va logoped. Bu muammolar har bir jamiyat uchun dolzarb mavzudir. Bu masalalarni hal qilish uchun ishni qay tarzda boshlashni, qanday metodik ishlarni olib borishni, maxsus bolalar muassasalaridagi bolalarning nutq qobiliyatlari qay darajada ekanligini anglab olish lozim.
  • Bu maqsadda eng avvalo, bolaning nutqi qanchalik rivojlanganligini, u maxsus muassasaga kelmasdan ilgarigi nutqining o‘ziga xos tomonlarini aniqlash lozim.
  • Yuqorida bayon etilgan masalalar o‘z yechimini topmaganligi tufayli maktabgacha ta`lim yoshidagi o‘zbek bolalarining nutqiga tegishli muammolarni chuqur o‘rganish, shu asnoda ona tilini rivojlantirishning tabaqalashgan metodlarini ishlab chiqish shu kunning muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
  • Bolalar muassasalarining turlari (yaslilar, bolalar bog‘chalari bolalar uylari, maxsus maktablardagi maktabgacha talim yoshidagi bolalar guruhlari, umumiy bolalar bog‘chalaridagi maxsus maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlari) maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar jamoat tarbiyasidir.
  • Maxsus maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar muassasalari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim:
  • -- maxsus izchil ta`lim va tarbiya oluvchilar bo‘lib hisoblanuvchi bolalarni chuqur o‘rganilib, so‘ng dastlabki diagnoz qo‘yish.
  • -- pedagogik shart- sharoit yaratib berish va tarbiyaga atroflicha yondashish, bolalarga bir xil imkoniyatlar yaratish hisobiga ularning har tomonlama rivojlanishini ta`minlash.
  • -- nutqning buzilish xususiyati va nuqsonning qandayligini hisobga olib, pedagogika tuzatish-tarbiya ishlarini izchil amalga oshirish, bolalarnni maktabga o‘qitishga tayyorlash.
  • Nutqiy nuqsonni to‘g‘ri aniqlash uchun bolaning psixik va nutqiy rivojlanishini bilan batafsil tanishish ishlari olib boriladi.
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin