Oila va oilaviy qadriyatlar ma\'naviy madaniyatning bosh omili
O‘zbek oilasida vataniga, xalqiga, oilasiga, istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, fidokor, mustaqil fikrlaydigan, dunyo qarashi keng, e’tiqodi yuksak, iqtidorli, tashabbuskor, mas’uliyatli, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazish kelajagi buyuk O‘zbekistonning gullab-yashnashi uchun garovdir. Yuksak ma’naviyatga ega ota-ona oilaning mohiyati, qadri, burch, mas’uliyat, oila vazifalari, oilada barkamol farzand tarbiyasi, oilani moddiy jihatdan ta’minlash, uning osoyishtaligini saqlash kabi vazifalarni anglab yetadi va unga amal qiladi. Yuksak ma’naviyatli ota-ona farzandlarini insonparvar, vatanparvar, axloqiy jihatdan pok, bilimli, kamtar, oliyjanob qilib tarbiyalaydi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash joizki, oila qadriyatlari - bu barcha oila a'zolari hurmat qiladigan, oilaviy munosabatlar uchun mustahkam poydevor bo‘lgan fazilatlar, xususiyatlar, harakatlar. Yaqinlar bilan doimiy muloqot, do‘st odamlarning yaqin qarindoshlari yaqin ekanligiga ishonch hissi odamda xotirjamlikni uyg‘otadi.U har doim har qanday hayotiy vaziyatda ularning yordamiga umid qilishi mumkin.

O`zbekistan Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan poklanish, oila, oilaviy muiosabatlar, oilada ma’naviy va jismoniy barkamol yosh avlodni tarbiyalash borasida ham jiddiy o’zgarishlar qilishni ta qozo etdi. Jumladan: oilaning jamiyatdagi o’rni, oilaviy munosabatlarga bog`li q milliy an’analar, sermazmun milliy kadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o’rganish va ommalashtirish, milliy oilaviy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o’rnini yuksaltirish va uning oilada uyg`unlashuvini ta’minlash, o’zbek oilasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ`ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish oilani isti qlol mafkurasiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garovidir.Har bir millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros utmishning yutug`i. Uni to’la, odilona egallash va rivojlantirish esa xozirgi avlodning vazifasidir. o’z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik man qurtlikdir, Ularni boyitib, yuksak darajaga ko’tarishga intilmaslik esa millat va uning isti qloli uchun fojeadir. Ma’naviyati yuksak darajada rivojlangan insongina isti qlol, vatanimizning ulug` bir kelajagi uchun mehnat qilishga o’zida kuch va qudrat topa oladi.