Oila va oilaviy qadriyatlar ma\'naviy madaniyatning bosh omili
Oila jamiyatning eng kichik zarrasi bo'lib, jamiyat ana shu kichik zarralardan tashkil topadi. Er va xotinikki tirik vujudning, ikki olamning o'zaro ittifoqidan paydo bo'lgan uchinchi bir olambu oiladir. Agar oila tinch-totuv, ahil bo'lsa, olam tinch va obod. Aks holda, turmush do'zaxga aylanadi, oila zindonning o'zi bo'ladi, buning jabrini esa, er va xotinning o'zigina emas, balki farzandlari, yaqinlari ham tortadi.

Oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan eng mustahkam muhabbatdir. Shuning uchun ham u kishilar hayotiga ta'sir ko'rsatish jihatidan odamning eng muhim va eng hayotbaxsh tuyg'usidir. O'z uyida baxtli bo'lgan kishigina chinakam baxtlidir. Xarob uydagi baxtsiz odamlardan tashkil topgan jamiyatning halokatga mahkumligi shundan kelib chiqadi. Har bir insonning oila oldida, oilaning jamiyat oldida mas'uliyati bor. Bu ikki ijtimoiy tushunchani bir-biridan ayirish qiyin. Soddaroq qilib aytganda, oilasida halovati yo'q, odamning xizmat joyida ham halovati bo'lmaydi.
Oilaga munosabat masalasi qadim davrlardan donishmandlarimizning diqqat e'tiborida bo'lgan. Zardushtiylikning mukaddas kitobi Avesto da keltirilgan oila va shar'iy nikoh odoblari, ota-onalar va farzandlar munosabati, ularning burch va vazifalari, uylanish va kelin tanlash xususidagi g'oyatda qimmatli fikrlar bugunda xam o'z axamiyatini yo'qotmagan. Shuningdek, Avestoda oila- nikoh munosabatlari, oilaviy burch va farzand tarbiyasi xususida bir qator fikrlar bayon qilingan. Unda qarindoshlarning o'zaro oila qurishi qat'iy man etilgan. Qavm va urug' qonini toza, avlodni benuqson saqlash uchun shunday qilingan. Unda ko'p bolali oilalarga davlat hisobidan nafaqa tayinlash lozimligi, bir yo'la 2-3 ta tuqqan ayollar mukofot olishga sazovor ekanligi uqtiriladi .