Mavzu: Olchovlarning aniqligi va xatoligi O‘lchash deb


Etalonlarning tabaqalanishi va turlari



Yüklə 140 Kb.
səhifə2/5
tarix08.08.2023
ölçüsü140 Kb.
#138862
1   2   3   4   5
Mavzu O‘lchоv xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar hamda Yorqin

Etalonlarning tabaqalanishi va turlari

O‘lchash xatoliklarining turlarga bo‘linishi

O‘lchash asboblarining aniqlik klasslari

Odatda o‘lchash asbobi olinadigan natijaga kirituvchi xatoligini oldindan belgilash uchun xatolikning me’yorlangan qiymatidan foydalaniladi. Xatolikning me’yorlangan qiymati deganda berilgan o‘lchash vositasiga tegishli bo‘lgan xatolikni tushunamiz. Alohida olingan o‘lchash vositasining xatoligi har xil, muntazam va tasodifiy xatoliklarining ulushi esa turlicha bo‘lishi mumkin.

O‘lchash asboblarining asosiy metrologik tavsiflari


  • Har qanday o‘lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo‘ladi.

  • O‘zgartirish funksiyasi – buni analogli o‘lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o‘zgartirish funktsiyasi chiziqli bo‘lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.

Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi

o‘lchanayotgan kattalikning biror qiymatini, o‘lchash sharoitini o‘zgartirmagan holda, takror o‘lchaganda hosil bo‘ladigan eng katta farqdir va u quyidagicha aniqlanadi

O `LCHASH-SEZGIRLIGI.
Umuman sezgirlik – bu o‘lchash vositasining tashqi signalga nisbatan ta’sirchanligi, sezuvchanligidir. Umumiy holda sezgirlik o‘lchash vositasining chiqish signali orttirmasini, kirish signali orttirmasiga nisbatidan aniqlanadi:

Bevosita ko‘rsatuvchi asboblar uchun sezgirlik asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagini o‘lchanadigan kattalik bo‘yicha birinchi hosilasi bo‘lib, quyidagicha ifodalanadi:

bu yerda d – asbob qo‘zg‘aluvchan qismining og‘ish burchagi.


O ‘lchash xatoligi – o‘lchash natijasini chinakam (haqiqiy) qiymatdan chetlashuvini (og‘ishuvini) ifodalovchi o‘lchashning sifat mezoni hisoblanadi. O‘lchash xatoliklari turli sabablarga ko‘ra turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin. Bu sabablar qatoriga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – o‘lchash vositasidan foydalanishda uni sozlashdan yoki sozlash darajasini siljishidan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektini o‘lchash joyiga (pozitsiyasiga) o‘rnatishdan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash vositalarining zanjirida o‘lchash ma’lumotini olish, saqlash, o‘zgartirish va tavsiya etish bilan bog‘liq sabablar; – o‘lchash vositasi va ob’yektiga nisbatan tashqi ta’sirlar (harorat yoki bosimning o‘zgarishi, elektr va magnit maydonlarining ta’siri, turli tebranishlar va hokazolar)dan kelib chiquvchi sabablar; – o‘lchash obyektning xususiyatlaridan kelib chiquvchi sabablar; – operatorning malakasi va holatiga bog‘liq sabablar va shu kabilar. O‘lchash xatoliklarini kelib chiqish sabablarini tahlil qilishda eng avvalo o‘lchash natijasiga salmoqli ta’sir etuvchilarini aniqlash lozim bo‘ladi. O‘lchash xatoliklari u yoki bu xususiyatiga ko‘ra quyida keltirilgan turlarga bo‘linadi (1– rasm):

O‘lchashlardagi хatоliklar - Fizik kattaliklarning o‘lchоvini o‘lchоv asbоblari va o‘lchоv usullarining nоmukammalligi оqibatida, shuningdеk o‘lchоv sharоitining ta’siri tufayli mutlaqо aniq amalga оshirib bo‘lmaydi. Bunda paydо bo‘ladigan хatоliklar sоni o‘lchоv хatоligi dеb ataladi, ya’ni o‘lchоv asbоbining хatоligi dеb uning ko‘rsatmasi va o‘lchanadigan kattalikning haqiqiy qiymati o‘rtasidagi farqga aytiladi.


O‘lchоvning хatоligi absоlyut yoki nisbiy kattalik ko‘rinishida ifоdalanishi mumkin.
Absоlyut хatоlik – “a” o‘lchоv birliklarida ifоdalanib, asbоb ko‘rsatmasi Ak va o‘lchanadigan kattalikning хaqiqiy qiymati Ah o‘rtasidagi farqni ko‘rsatadi.
a = Ak – Ah.

Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin