Mavzu: Olchovlarning aniqligi va xatoligi O‘lchash deb



Yüklə 140 Kb.
səhifə1/5
tarix08.08.2023
ölçüsü140 Kb.
#138862
  1   2   3   4   5
Mavzu O‘lchоv xatoliklari. Absolyut va nisbiy xatoliklar hamda Yorqin




Mavzu: Olchovlarning aniqligi va xatoligi

O‘lchash deb, shunday solishtirish, anglash, aniqlash jarayoniga aytiladiki, unda o‘lchanadigan kattalik fizikaviy tajriba, ya‘ni eksperiment yordamida, xuddi shu turdagi, birlik sifatida qabul qilingan miqdori bilan o‘zaro solishtiriladi.

O‘lchash – bu umuman har xil kattaliklar to‘g‘risida informatsiya qabul qilish, o‘zgartirish demakdir. Bundan maqsad izlanayotgan kattalikni son qiymatini qo‘llash, ishlatish uchun qulay formada aniqlashdir.

O‘lchash jarayoni sxemasi.

O‘lchash natijasi – o‘lchanayotgan kattalikning son qiymatini o‘lchash birligiga ko‘paytmasi tariqasida ifodalanadi:


  • Х = n(х),

  • bu yerda: X – o‘lchanadigan kattalik;

  • n – o‘lchanayotgan kattalikning qabul qilingan o‘lchov birligidagi son qiymati;

  • (х) – o‘lchash birligi.

  • O‘lchash fan va texnikaning qaysi sohasida ishlatilishiga qarab, u aniq nomi bilan yuritiladi: elektrik, mexanik, issiqlik, akustik va h.k.

O‘lchash turlari. O‘lchash vositalari va ularning turlari

O‘lchovlar – keng tarqalgan o‘lchash vositalaridan hisoblanadi. O‘lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o‘lchash vositasiga aytiladi. Masalan, tarozi toshi, elektr qarshiligi, kondensatori va shu kabilarni o‘lchovlarga misol qilib olishimiz mumkin

Etalon deb, kattalikning o‘lchamini hosil qilish, saqlash va uni boshqa o‘lchash vositalariga uzatish uchun xizmat qiladigan o‘lchovlarga aytiladi. Kattalikning birligi etalondan razryad etalonlariga uzatiladi, ulardan esa pog‘onasimon tarzda ishchi o‘lchash vositalariga uzatiladi.


  • Etalonlarning tabaqalanish pog‘onasi quyidagicha joylashgan:

  • birlamchi etalonlar;

  • ikkilamchi etalonlar;

  • ishchi etalonlar.

Yüklə 140 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin