MAVZU: Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari.
MUNDARIJA:
KIRISH 2
ASOSIY QISM 5
I BOB OLIY TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHNING MAZMUN VA MOHIYATI HAQIDA 5
1.1Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim yo’nalishlari. 5
1.2Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va 12
mezonlari. 12
II BOB OLIY TA’LIM JARAYONIGA YANGI INOVATSIALARNI JORIY QILISH TAJRIBASI 20
2.1Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari. 20
2.2Oliy ta’lim tizimi va globalizatsiya 27
2.3Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari. 36
XULOSA 41
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 44
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.
Shavkat Mirziyoyev
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Ma‘lumki dunyodagi mavjud barcha jamiyatning kelajagi, taraqqiyoti ta‘lim tizimining qay darajada taraqqiy etgani bilan belgilanadi. Shu boisdan ham, hozirda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan davlatimizning uzluksiz talimni isloh qilish va takomilashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani ham sir emas. Ta‘lim-tarbiya jarayoni murakkab jarayon hisonlanadi. Uning murakkabligi shundaki, modernizatsiya sharoitida ta’limning samaradorligiga erishishdir, samaradorlikka erishish esa ko’plab omillar, xususiyat va tendensiylar bo’lishini talab etadi. Birinchi navbatda, ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchida motiv shakllanganligi, ularning orasida o’zaro munosabat faollik nuqtai nazaridan bog’langanligi, ta’lim oluvchi yangi bilimlarni egallashga bo’lgan ehtiyojini qondirishga harakatda bo’lishi, ta’lim beruvchi esa darsni tashkil etishda uning mukammalligiga, to’gri tashkil etilishiga, metodika esa talabga javob beradigan darajada tuzilganligi kabi xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi lozim1.
Yurtboshimiz tashabbuslari bilan yangi davrga qadam qo’yilayotgan bir davrda keng fikrlash doirasiga ega , bilimlarni chuqur egallagan, o’z sohasida yetuk va davr talabiga javob beraoladigan shaxslarga bo’lgan etibor va talab kuchayotgani yana bir karra, modernizatsiyalangan ta’limni va sifatli tashkil etilgan ta’limni joriy etish masalasini ko’ndalang qilib qo’yadi. Shu sababli ham, bilimdon, tashabbbuskor, jamiyatda faol va o’z mehnatida bilan dunyoni zabt etaoladigan shaxs shaklllantirilishi lozim. O’ylaymanki, hozirgi davr nuqtai nazaridan kelib chiqib bunday talablarga javob bera oladigan va yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlarni o’zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirishda quyida mezonlarni tashkil etilish muhim ahamiyat kasb etadi:
▪ Zamonaviy va ilg’or ta’lim texnologiyalari
▪ Raqamli texnologiya + zamonaviy va ilg’or pedagogik texnologiya
▪ Xalqaro tajribalar
Avvalo ta’lim texnologiyalari haqidagi tushunchaga urg’u bersak, ta’lim texnologiyalari ta’lim tizimini konseptual asoslariga dalil keltirishdan, o’quv materiallarini tanlash va strukturalashdan, ta’lim modelini tanlashdan to ularni amalga oshirishgacha, ularning optimallik va samaradorlik darajasini baholashgacha
loyihalashtirishdan tashkil topganligi uning tub mohiyatini ochib beradi. Vaholangki, optimallik va samaradorlik darajasini noan’anaviy usullarini ta’limga olib kerish va uning ilg’origini ta’minlash zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tashkil etishga zamin yaratadi.
Zamonaviy pedagogik texnologiya mohiyati shundan iboratki, u mavjud texnologiyalari bilan bir safda turadi, buning sababi har bir texnologiya o’zining metodi, shakli, uslubi va qo’llanish doirasiga egaligidir. Ammo ta’kidlab o’tilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar tubdan farq qilib, ular murakkab va tushunish ancha chigal bo’lgan kompleks tushuncha yoki pedagogikaga xos bo’lgan bilimlar sohasini aniq va tushunarli ifoda eta olishi bilan mavjud texnologiyalardan farq qiladi. Masalan, “Klaster” metodi , “3X4” metodi, “Bumerang” metodi, “Iyearxiya” metodi, “Muammoli ta’lim” metodi , “Keys stadi” metodi va bu metodlarni ko’plab davom ettirishimiz mumkin.Quyida keltirib o’tilgan metodlar ta’limda joriy etilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar turkumi bo’lib, ularning maqsadi bilimlarni puxta egallashga ko’mak berish, samaradorlikni ta’minlash ongni yuksalshtirish va talabalarni har xil vaziyatlarga moslashuvchanligini ta’minlashdir.
Dostları ilə paylaş: |