Mavzu: Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari. Mundarija



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə2/11
tarix14.06.2023
ölçüsü95,51 Kb.
#130182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari.

Kurs ishining vazifasi:

  • Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim yo’nalishlari.

  • Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va

  • mezonlari.

  • Ta’lim-tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish asoslari.

  • Oliy ta’lim tizimi va globalizatsiya

  • Modulli ta’limda maslahatlar tizimi va ta’lim innovatsiyalari.

Kurs ishining pridmeti: Mavzuni yoritib berishda hizmat qilgan, adabiyotlar, o’quv qo’llanmalar, dissertatsiyalar va ilmiy maqolalar kurs ishini pridmeti bo’lib hizmat qiladi.
Kurs ishining obekti: Oliy ta’lim tizimi o’quv faoliyati
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, asosiy qism 2-ta bob 5-ta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotar ro’yxatidan tashkil topgan, 45-betdan iborat.

ASOSIY QISM
I BOB OLIY TA’LIM TIZIMINI MODERNIZATSIYALASHNING MAZMUN VA MOHIYATI HAQIDA

    1. Oliy ta’lim tizimini modernizatsiyalashning muhim yo’nalishlari.

Modernizatsiya - ( lotincha - modeme – eng yangi) – takomillashtirilgan, yaxshilangan, yangi talabalarga javob bera oladigan degan ma’noni bildiradi. Ushbu so’z borgan sari hayotning barcha jabhalarida keng qo’llanilib bormoqda. Modernizatsiya jarayoni tahliliga bir qancha yondashuvlar bor:

  1. Dixtomik yondashuv. Bunda modernizatsiya jarayoni an’anaviy holatdan zamonaviy holatga o’tish deb qaraladi.

  2. Tarixiy yondashuv. Tarixiy taraqqiyot, o’zgarishlar va revolyutsiyalar nuqtai nazaridan talqin etiladi.

  3. Instrumental yondashuv. O’zgarish vositalari va usullari nuqtai nazaridan talqin etiladi.

  4. Mental yondashuv. Dnyoqarashning va ruhiyatning tarnsformatsiyasi nuqtai nazardan talqin etiladi.

  5. TSivilizatsiya. Zamonaviy tsivilizatsiyaning yoyilib borishi nuqtai nazaridan talqin etiladi.

Modernizatsiya paradigma sifatida XX asrning o’rtalarida AQSH da shakllandi. Modernizatsiyaning ikki turi ajaratiladi:
A) Organik (Ichki rezervlar hisobiga transformatsiyani o’tkazish).
B) Noarganik (Transformatsiya tashqi davlatlar ishtirokida amalga oshiriladi).
Ta’lim tizimidagi modernizatsiyaga yorqin misol ta’limdagi islohatlardir(ta’limning tuzilishi, mazmuni, shakl va metodlarning tubdan o’zgarishi). Keyingi davrlarda ta’lim tizimidagi o’zgarishlar davlat miqyosida ba’zan esa davlatlararo masala sifatida talqin etiladi. Ta’lim tizimidagi islohatlar ijtimoiy ehtiyoj sifatida qabul qilinishi lozim. U evolyutsion xarakterda hamda revolyutsion xarakterda bo’lishi mumkin. Reformalar ta’limning tanlangan bir tizimida sodir bo’lishi yoki davlat miqiyosida barcha ta’lim bosqichlarida sodir bo’lishi mumkin (1917 y, 1958 y, 1984 y, 1997 y).
Ta’limni modernizatsiyalashdan maqsad ta’limning taraqqiyotini ta’minlash va tizimda XXI asrda yashayotgan jamiyattning ehtiyojlari, iqtisodiy va ijtimoiy ehtiyojlari, har bir shaxsning va oilaning ehtiyojlari aks etishi lozim. Bunday taraqqiyot tizimini yaratish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

  • Davlat tomonidan to’liq ta’lim olish huquqini ta’minlanishi;

  • Ta’lim tizimining barcha bosqichlarida zamonaviy ta’lim sifatini ta’minlash;

  • Ta’limning xuquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni yangi resurslarini aniqlash va jalb etish.

  • Pedagog maqomini ko’tarish va har tomonlama qo’llab-quvvatlash;

  • Ta’lim tizimida shaffoflikni ta’minlash va uning qatnashchilarini mas’uliyatini oshirish.

Modernizatsiya jarayoni yo’naltirilgan har bir ob’ektning bu jarayondagi to’liq ishtirokini ta’minlash ham asosiy masalalar qatoriga kiradi (davlat, ta’lim tizimi, iqtisodiyot va boshqa tarmoqlar, ijtimoiy isntitutlar, jamiyat, oila).
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 mayda “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi va u o’z mohiyatiga ko’ra oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning yangi bosqichini ifoda etadi2. Bu qaror oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiyalash, ularni zamonaviy o’quv va ilmiy-laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalar va o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan. Dasturda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor berilgan. Bu yo’nalishda chora-tadbirlar majmui ishlab chiqilgan bo’lib, unda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish hamda davlat ta’lim standartlari (DTS)ni yanada takomillashtirish nazarda tutilgan. SHunga ko’ra, mazmuni bo’yicha turdosh mutaxassisliklarni qo’shib yuborish, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari hamda ijtimoiy sohalarda ehtiyoji qolmagan mutaxassisliklarni yopish hisobiga 2016 yilga qadar oliy ta’lim bakalavriat bosqichi yo’nalishlarining soni 228 tadan 165 taga, magistratura bosqichining mutaxassisliklari esa 1200 tadan 500 tagacha kamaytirildi. Dastur ijrosi doirasida injiniring, ishlab chiqarish va qurilish sohalari bo’yicha qabul kvotasi bosqichma-bosqich oshirilib, bu yo’nalishlarda ta’lim olayotgan talabalarning umumiy soni amaldagi 23 foizdan 2015-2016 o’quv yilida 36 foizga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu yo’nalishlarga ajratilgan davlat granti o’rinlari esa o’rtacha 5-10 foizga ko’payadi. SHunga teng ravishda “ta’lim” “iqtisodiyot va biznes”, “huquq” hamda ijtimoiy-gumanitar sohalarga tegishli ta’lim yo’nalishlarida qabul kvotasi va grant o’rinlari, aksincha, kamayishi kutilmoqda3 .
Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha 2011 — 2016 yillarga mo’ljallangan dastur ijrosi ayni chog’da izchillik bilan bajarilayotgani tizim rivojida muhim omil bo’layapti. Bularning barchasi Yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli bo’lishlari shart!” degan ezgu maqsadining hayotiy ifodalaridir. 
2011-2012 o’quv yilidan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qat’iy talab qo’yilmoqda:
1) ular zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalari;
2) xorijiy tillar, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilishi kerak. Bu jihatdan o’quv dasturlarini har bir ta’lim yo’nalishining o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish ko’zda tutilgan. Talabalarning xalqaro ta’lim resurslaridan foydalanishda qulaylik yaratish maqsadida yaqin yillar ichida oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi zamonaviy optik tolali yagona kompyuter tarmog’i ishga tushiriladi. Yuqori tezlikdagi Internetga ulanuvchi ushbu tarmoq yordamida mamlakatimiz hamda xorijdagi ta’lim muassasalari bilan aloqa bog’lash, video-anjumanlar o’tkazish mumkin bo’ladi. Prezidentimizning 2011 yil 20 maydagi «Oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayѐrlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori Oliy ta’lim muassasalarini modernizatsiyalash, ularning zamonaviy o’quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim jaraѐnlarini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarish, ilg’or pedagogik texnologiyalar hamda o’qitish shakllarini joriy etish, o’qituvchi kadrlar mehnatini rag’batlantirishni kuchaytirish asosida iqtisodiy soha va tarmoqlarida talab qilinadigan oliy ma’lumotga ega mutaxassislarni tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadlarini qamrab olgan. Avvalo, ushbu dastur o’z ichiga:
1) 2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan;
2) yuqori malakali kadrlar tayyorlash yo’nalishlari va mutaxassisliklarini maqbullashtirish, davlat ta’lim standartlarini yanada takomillashtirishga yo’naltirilgan;
3) 2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha Dasturni amalga oshirish uchun moliyaviy xarajatlarning hisob-kitob qilingan hajmlari bayon4
4) o’quv-laboratoriya binolari, sport inshootlari va talabalarning turar joylarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo’yicha manzilli dasturlarga kiritiladigan oliy ta’lim muassasalarining ro’yxati kiritilgan;
5) oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan zamonaviy ilmiy tadqiqot laborotoriyalarining ro’yxati ilova qilingan;
6) Dasturni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun maxsus komissiya tarkibi tashkil etilishi ta’kidlangan;
7) 2011-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash va mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash bo’yicha Dasturning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring o’rnatish aytib o’tilgan.
Yuqorida keltirilgan Prezident qaroriga ko’ra:
1. Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti – Andijon mashinasozlik institutiga aylantirildi.
2. Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti – Namangan muhandislik- texnologik institutiga o’zgartirildi.
3. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti – Buxoro yuqori texnologiyalar muhandislik-texnik institutiga aylantirildi. Qarorga ko’ra, Moliya vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshida Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi. Qarorga ko’ra, Oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining mehnatiga haq to’lash tizimini yanada takomillashtirish bo’yicha kiritiladigan takliflarda:
1) o’qituvchilar lavozimlari kategoriyalarini maqbullashtirish va ularga qo’yiladigan lavozim talablarini qayta ko’rib chiqish asosida oliy ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilari tarkibi tarifikatsiyasi takomillashtirilishi;
2) “dotsent” va “professor” ilmiy unvonlarini berish tizimini oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining muntazam ravishda o’z malaka va pedagogik mahoratini oshirishga rag’batlantirishdagi rolini kuchaytirish;
3) yuqori malakali o’qituvchilarga kasb mahorati va o’quv jarayonini yaxshilashga qo’shgan aniq hissasi, yuqori samaradorlik, ta’lim sifati va samarali tarbiyaviy ishi uchun oylik ustamalar tizimini joriy etish kabilar ko’rsatib o’tilgan.
Davlatimiz rahbarining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko’tarishga, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarining kasb darajasi va malakasini muttasil oshirib borish, ularni zamonaviy talablarga muvofiq muntazam qayta tayyorlashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yuksaltirishni ko’zda tutgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Farmonda oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishning muhim yo’nalishlari belgilab berildi. Jumladan, yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalari, ilg’or xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy o’quv yurtlarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalari, dastur hamda uslublarini tubdan yangilashga oid chora-tadbirlar o’z ifodasini topdi. Bu, o’z navbatida, oliy o’quv yurtlarida talabalarga saboq berayotgan professor-o’qituvchilarning zamon bilan hamnafas bo’lishlariga, o’quv jarayoniga fanlar bo’yicha innovatsiyalar, shuningdek, ilg’or uslublarni keng joriy etishga zarur shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, kasb mahorati, pedagogik va ilmiy faoliyatini muttasil rivojlantirib borishini talab etadi. Negaki, bugun voyaga yetayotgan navqiron avlodni intellektual salohiyatli, zukko qilib tarbiyalash, ularga puxta bilim berish mutaxassislarning yuksak bilim darajasiga bevosita bog’liqdir.  
Farmonda qayta tayyorlashning tegishli yo’nalishlari bo’yicha doimiy faoliyat ko’rsatadigan oliy o’quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini tashkil etish, ushbu kurslarda mashg’ulotlarni sifat jihatidan yuqori tashkiliy va professional darajada o’tkazish uchun zarur o’quv-uslubiy hamda moddiy-texnik bazani shakllantirish lozimligi qayd etildi. Bu sa’y-harakatlar, albatta, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuksak malakali va yetuk mutaxassislarni yetishtirib berish, oliy ta’lim tizimini tom ma’noda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi muhim omilga aylantirish, qolaversa, kadrlar tayyorlash tizimining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
SHu o’rinda barcha sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal kirib borayotganini qayd etish joiz. Mazkur hujjatda ham oliy o’quv yurtlari o’qituvchilarining global internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, zamonaviy innovatsion pedagogika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallashi va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etishi zarurligi ko’zda tutildi. SHubhasiz, bu mamlakatimiz ta’lim tizimi rivojini yanada yuqori bosqichga ko’tarishda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Muxtasar aytganda, oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlarning hayotga tatbiq etilishi kelajak avlodning hech kimdan kam bo’lmay voyaga yetishiga, ilg’or fan va texnika yutuqlarimiz, ilmiy loyihalarimiz dunyoda e’tirof etilishiga zamin yaratadi. Zero, ta’lim va tarbiya ustuvor mamlakatda beqiyos yangilanishlar tobora yuksak bo’y cho’zadi.

    1. Pedagogik texnologiyaning tasnifi, qonuniyatlari, tamoyillari va

mezonlari.


Ayni vaqtda Respublika ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda va keng ko‘lamni qamrab olmoqda.
Axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosalash hamda talabaga etkazib berishni yo‘lga qo‘yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyani tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal etishga xizmat qiladi.
Texnologiya (yunon. “techne” – mahorat, san’at, “logos” – tushuncha,
ta’limot) – muayyan (ishlab chiqarish, ijtimoiy, iqtisodiy va
b.) jarayonlarning yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi (ingl. “an educational technology”) – ta’lim (o‘qitish) jarayonining yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etilishi
Ta’lim texnologiyasi – ta’lim maqsadiga erishish jarayonining umumiy mazmuni, ya’ni, avvaldan loyiщalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirish, aniq maqsadga erishish yo‘lida muayyan metod, usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarish.
Ta’lim metodi – o‘quv jarayonining majmuaviy vazifalarini echishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va talabalarning birgalikdagi faoliyati usuli bo‘lsa, ta’lim metodikasi esa muayyan o‘quv predmetini o‘qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida va usullar tizimi.
O‘qituvchining samarali faoliyat ko‘rsatishga undovchi darsning metodik ishlanmasini puxta ishlab chiqishdan farqli o‘laroq, ta’lim texnologiyasi talabalar faoliyatiga nisbatan yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning shaxsiy hamda o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim texnologiyasining markaziy muammosi – ta’lim oluvchi shaxsini rivojlantirish orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani “amaliyotga tadbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratadi .
Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va boshqalarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etish va aniqlashning izchil metodi (YUNESKO). O‘z mohiyatiga ko‘ra pedagogik texnologiya vaqt taqsimotiga muvofiq dasturlanib, ilmiy jiщatdan asoslangan щamda kutilgan natijaga erishishni ta’minlovchi pedagogik jarayonning barcha bosqich va qismlarining vazifalari aniq belgilangan tizimni ifodalaydi.
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g‘oyasi o‘tgan asrning boshlarida G‘arbiy Evropa va AQSHda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o‘rtaga tashlandi. Mazkur g‘oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi “o‘quv mashg‘ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga ko‘maklashuvchi usul va vositalar yig‘indisi” tarzida talqin etildi hamda o‘quv jarayoniga o‘quv va laboratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko‘rsatmali
qurollar yordamida tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi etakchi omillardir deya baholandi.
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo‘llash “ta’lim texnologiyasi” yo‘nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor talabalar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning axborot sig‘imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan tadqiqotlarning ob’ekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni takomillashtirish jarayoni qabul qilindi, shuningdek, o‘quv jarayonini “texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o‘rganishga alohida urg‘u berildi. 60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish “texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko‘rila boshlandi. Dasturiy ta’lim talabalarga muayyan bilimlarni alohida qism holida emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi. Ta’lim jarayonini yaxlit, maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan
“Dasturiy ta’lim va o‘rgatuvchi mashinalar bo‘yicha birlashgan Qo‘mita” tomonidan ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o‘zida ta’lim maqsadlari, ularni o‘zgartirish va baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab oladi. Bu esa o‘zgartirish majmuasini to‘laligicha qayta tashkil etish tushunchasi mazmuniga mos
keladi:
Pedagogik texnologiyaning asosiy tamoyillari va ularning mohiyatini bilish mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi.
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega
1. Bir butunlik, yaxlitlik tamoyili ikki jihatni o‘zida aks ettiradi:
1) ta’lim, tarbiya hamda shaxs kamoloti (taraqqiyoti) birligi;
2) pedagogik texnologiyaning muayyan, qat’iy tizimga egaligi, “tizimlilik” tushunchasi bu o‘rinda ham ma’lum o‘quv fanini o‘qitish jarayoniga, ham umumiy ta’lim jarayoniga xoslikni anglatadi.
2. Asoslilik (fundamentlik) tamoyili fanlarning o‘rganish ob’ekti, ichki mohiyati va xususiyatlariga ko‘ra turli yo‘nalish (blok)larga bo‘lib o‘rganish afzalliklarini ifoda etadi. O‘quv fanlari tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar tarzida turkumlashtirilgan. Har bir o‘quv fani uning uchun “yadro”, “o‘zak” sanaluvchi axborotlarga ega bo‘lib, ushbu axborotlar shaxs tomonidan fanlar asoslarining o‘rganilishi, aniq mutaxassislik bo‘yicha mustaqil bilim olish, o‘zlashtirilgan bilimlarni kengaytirib borish yo‘lida tayanch tushunchalar bo‘lib xizmat qiladi.
Bunday yondashuv ma’lum yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash jarayonida fanlararo aloqadorlik xususiyatidan foydalanish imkonini ham beradi. O‘quv fanlarining muayyan yo‘nalishlar tarzda biriktirilishi shaxs xotirasiga nisbatan zo‘riqishni kamaytiradi, shuningdek, fikrlash quvvatini oshiradi, tafakkurning yuzaga kelshini ta’minlaydi.
XX asrning 80-yillarida ta’lim jarayonini tashkil etish ta’lim
oluvchilarga mavjud fanlar soщalari bыyicha oz-ozdan ma’lumot (bilim)
berishdan iborat deb talqin etilgan bo‘lsa, 90-yillarda ushbu jarayonning tashkil etilishi o‘zlashtirilgan bilimlar negizida muayyan, aniq fan bo‘yicha yangi ma’lumot (bilim)larga ega bыlish uchun qulay sharoitni yaratish jarayoni sifatida e’tirof etildi.
3. Madaniyatni anglash (madaniy hayotning rivojlanishiga muvofiqlik) tamoyili nemis pedagogi A.Disterveg tomonidan XIX asrda iste’molga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Madaniyatni anglash tamoyili talabalarga ijtimoiy jamiyatning madaniy taraqqiyoti darajasidan kelib chiqib ta’lim berilishini nazarda tutadi. O‘tgan asrda ta’lim samaradorligini ta’minlovchi etakchi omil sifatida pedagogning bilim darajasi va mahorati e’tirof etilgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘qituvchining bilimi, salohiyati hamda mahoratining yuqori darajada bo‘lishi bilangina muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritib bo‘lmasligi barchaga ayon. Mazkur o‘rinda zamonaviy fan va texnika imkoniyatlari, xususan, kompyuter, multimediya vositalari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotining e’tiborga olinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Endilikda mutaxassislar“soha (yoki yo‘nalish)larning o‘ziga xos jihatlari, bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni chuqur bilishlari, muayyan faoliyatlarni bajara olishlari, belgilangan muddatda aniq vazifalarni hal etishga ulgurishlarihamda ma’lum yutuqlarga erisha olishlari” g‘oyasi etakchi o‘rin tutuvchi bozor munosabatlari sharoitiga puxta
tayyorlanishi lozim.

  1. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish va insoniylashtirish tamoyili. Tilga olingan har ikki tushuncha ham lug‘aviy jihatdan (yunon. “humanus” – insoniylik, “humanitas” – insoniyat), bir o‘zakka ega bo‘lsa-da, ularning har biri o‘ziga xos ma’nolarni ifodalaydi.

Insonparvarlashtirish ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan fanlar sirasiga ijtimoiy fanlar (tarix, madaniyatshunoslik, sotsiologiya, psixologiya, filologiya va boshqalar)ning kiritilishini, insoniylashtirish tushunchasi esa shaxs va uning faoliyatiga nisbatan ijobiy yondashuvni anglatadi. Boshqacha aytganda, insonparvarlashtirish
– inson va jamiyat o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlar jarayonida inson
omili, uning qadr-qimmati, sha’ni, or-nomusi, huquq va burchlarini
hurmatlashga asoslanuvchi faoliyatni tashkil etish jarayoni bo‘lsa, insoniylashtirish “barcha sharoitlar inson va uning kamoloti (taraqqiyoti) uchun” degan g‘oya asosida tashkil etiluvchi faoliyat jarayoni sanaladi.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishda har bir o‘qituvchi ushbu
tamoyilga qat’iy amal qilishi lozim yoki o‘z mutaxassisligiga oid muammolarni hal etishda uni jamiyat manfaatlari bilan uyg‘un bo‘lishiga e’tibor berishi maqsadga muvofiqdir. Endilikda pedagog talabalar faoliyatini avtoritar (yakka hokimlik) tarzida boshqarmay, balki ta’limiy hamkorlik g‘oyalariga sodiqlik asosida ta’lim jarayonini insoniylashtiradi yoki boshqacha aytsak, ta’limni insoniylashtirish tamoyiliga amal qilinishini ta’minlaydi. Ushbu holat o‘z navbatida yuksak ma’naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.
5. O‘qitib tadqiq etish, tadqiq etib o‘qitish tamoyili. Ushbu tamoyil quyidagi ikki jihatni yoritishga xizmat qiladi:
1) ta’lim muassasalarining har bir o‘qituvchisi o‘z fani sohasiga talabalarni jalb qilgan holda tadqiqotlarni olib borishi lozim;
2) o‘qituvchi ta’lim texnologiyasini ishlab chiqadi, uni amaliyotda sinab ko‘radi, kuzatadi va tuzatishlar kiritadi, ya’ni, u ta’lim jarayonini tadqiq etadi.
O‘qitish jarayonining mazkur ikki jihati muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘qituvchining kasbiy hamda pedagogik mahoratini oshirib borishga va talabalarni bo‘lajak mutaxassislik faoliyatiga puxta tayyorlash uchun zamin yaratadi.
6. Ta’limning uzluksizligi tamoyili ta’lim oluvchilarning kasbiy sifatlarga ega bo‘lishlari, mavjud sifatlarning hayotiy faoliyat davomida takomillashib borishini nazarda tutadi. SHaxsga uning butun umri uchun asqotishi mumkin bo‘lgan bilimlarni berish mumkin emas, zero, mavjud bilimlar har besh-o‘n yil mobaynida o‘zgarib, mazmunan boyib boradi. Demak, mazkur tamoyil o‘qituvchining o‘z faoliyatida mustaqil ta’limni tashkil etishga e’tibor berishi, pedagog etakchiligini ta’minlagan ta’limdan talabalarning mustaqil bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berishni ifodalaydi.
7. Faoliyatli yondashuv tamoyili nazariya va amaliyotning didaktik bog‘liqligiga asoslanadi. Didaktika nazariyasida bilim tushunchasi quyidagi ikki xil ma’noda izohlanadi:
a) ta’lim oluvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilimlar;
b) ular tomonidan o‘zlashtirilib, amaliy faoliyat jarayonida qo‘llaniladigan, shaxsiy tajribaga aylangan bilimlar.
Bilimlar faoliyat jarayonida mustahkamlanadi, shu sababli talabalarda nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olish iqtidorini tarbiyalash lozim. Amaliyotdagi tadbiqiga ega bo‘lmagan bilimlar tez orada unutilib yuboriladi.
Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samaradorligini baholash ham muhim ahamiyatga ega. Pedagogik
texnologiyalarning imkoniyatidan kelib chiqqan holda ularni amaliyotga tatbiq etishning samaradorligini bir qator mezonlar bilan aniqlash mumkin.
Ular quyidagilardir:
- ta’lim, tarbiya va shaxsni rivojlantirish vazifalarining o‘zida yaxlit aks ettira olishi;
- o‘zida zamonaviy fan va texnika darajalarini ifodalay olishi;
- g‘oyaviy jihatdan talabalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos
kelishi;
- o‘quv materialining zarur axborotlar bilan to‘liq ta’minlanganligi;
- o‘qitish jarayonida rang-barang metod va vositalarni qo‘llash
imkoniyatini ta’minlaganligi;
- ta’limning ko‘rgazmaliligi va barcha uchun ochiqligini ta’minlash
tamoyiliga egaligi;
- ko‘p funksiyali ta’lim vositalaridan foydalanish va ularni oson
ekspluatatsiya qilish imkoniyatining mavjuligi;
- pedagogning talabalarga mustaqil ishlarni samarali tashkil etishga
ko‘malashish darajasi

Yüklə 95,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin