Mavzu: Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari. Mundarija



Yüklə 95,51 Kb.
səhifə10/11
tarix14.06.2023
ölçüsü95,51 Kb.
#130182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Oliy ta’lim tizimini o’quv jarayonini modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA

II bob bo’yicha qisqacha xulosa


Masofaviy o’qish ta’lim berishda ikki asosiy yondashishni izohlab beradi – bular kengaytirish va transformatsiya modellaridir.
Kengaytirish modelida o’qitish texnologiyasi hozirgi an’anaviy usuldan deyarli farq qilmaydi. Transformatsiya modeli o’qituvchi va tinglovchi hamkorligi uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini o’zida mujassam qiladi.
Bugun masafaviy ta’limning yana bir turi «webinar» (1998 yilda bu termin muloqatga kiritildi) texnologiya vujudga keldi. Vebinar texnologiya o’qitishni web –texnologiya asosida interaktiv holda tashkil etishni nazarda tutadi. Bu texnologiya nafaqat tinglovchilarga axborotni yetkazadi balki, ular bilan muloqatga kirishish (og’zaki, yozma) imkonini yaratadi, ya’ni seminar ko’rinishida fikrlarni almashish, o’z fikrini bayon etish mumkin. Boshqacha qilib aytganda internet tarmog’i asosida tashkil etiluvchi ta’lim ham sub’ekt-sub’ekt paradigmasiga o’tmoqda.

XULOSA


Shuni ta’kidlab o’tish joizki, zamonaviy pedagogik texnologiyalar boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan birgalikda birlasha oladi, o’z mazmun mohiyatini boyitib boradi va ta’lim jarayonida samarali yondashuvning yangi imkoniyatlarini ochib bera oladi. Bunga misol tariqasida axborot texnologiya, raqamli texnologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uyg’unlashuvini misol qilib keltirish mumkin. Fikrimizni oydinlashtiradigan bo’lsak, axborot texnologiya, raqamli texnologiya va zamonaviy pedagogik texnologiyalar uyg’unlashuvi o’rtasidagi muloqot deb atash mumkin. Bular yangi davr pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, u ta’lim jarayonida texnik vositalarning mukammallashgan zamonaviy turi sifatida qo‘llana boshlandi. Yurtmizda hukm surayotgan pandemiya sharoitida, ta’lim berish va ta’lim olishning yangi, zamonaviy turi keng jamoatchilikka havola etildi ya’ni masofaviy ta’limda ta’lim olishga muvaffaq bo’ldik, albatta masofaviy ta’limni biz «Talabakompyuter-simsiz tarmoqlar(internet)-pedagog» larning uyg’unlashuvisiz tasavvur eta olmaymiz. Bu kabi dars mashg’ulotlarini yo’lga qoyilishida raqamli texnologiyalar muhim ahamiyat kasb etdi. Biz albatta, simsiz tarmoqlari, internet tarmoqlari va albatta kompyuter texnologiyalar bilan darsni maqsadini ushbu sharoitda amalaga oshirdik. Bu esa hozirda ta’limdagi eng zamonaviy yondashuv hisoblanib, shu sabadan ham ta’limda yangicha yo’nalish olib kira oldik desak mubolag’a bo’lmaydi. Masovafiy ta’limdan tashqari raqamli texnologiya-axborot texnologiya- zamonaviy pedagogik texnologiyani uyg’unlashuviga dastur ilovalar orqali darsni tashkil etish haqida ham ko’plab ma’lumotlar keltirish mumkin. Hozirda joriy etilgan va boshqa o’quv yurtlarida tashkil etilayotgan «online jurnal» dasturini,
videokonfrensiyalar o’tkazishni, «videotopishmoq»ta’lim texnologiyasini va virtual stendlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Shu o’rinda virtual stend tushunchasiga tushuntirish beradigan bo’lsak, virtual stend – o‘quv amaliy stendi yoki o‘quv-malaka ustaxonasi bo‘lib, o‘quvchitalabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, kompyuter dastur va texnologiyalari orqali ma’lum yo‘nalishda zaruriy ko‘nikmalarni hosil qilishga yordam beradi. Virtual stendlar har bir o‘quvchi-talaba uchun texnikaga o‘zining kirish parametrlarini «buyurishga», o‘z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi.
Ta’limni modernizatsiyalash va samaradorligi haqida so’z yuritar ekanmiz, unda yana bir muhim omil xalqaro tajribalar o’zlashtirishni nazarda tutish maqsadga muvofiq albatta. Xalqaro, chet el tajribasi ya’ni ta’limda o’z yo’nalishiga va uslubiga ega bo’lgan davlatlarning ilg’or tajribalarini olib kirish hozirda mamalakatimiz davlat siyosati oldida turgan maqsadlardan biri desak mubolag’a bo’lmaydi. Birobarin, “O’zbekiston Respublikasi Xalq tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” sini tasdiqlanishi buning yaqqol isbotidir.
Ushbu konsepsiya O’zbekiston Respublikasi umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv- tarbiya jayoniga ta’limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida tasdiqlandi, shu bilan birga O’zbekiston respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International student Assessment) Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytengi bo’yicja jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishishiga erishish yana bir ustuvor maqsaddir, shuningdek
▪ uzluksiz ta’lim mazmunini sifat jihatdan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
▪ o’qitish metodikasinini takomillashtirish, ta’lim tarbiya jarayonida individullashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish,
▪ xalq ta’limi sohasidagi zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish
kabi vazifalarni bajarish odinga maqsad qilib qo’yildi va vazifalarni bajarish bo’yicha ilk qadamlar tashlanmoqda.
Yana bir xalqaro tajribalarni joriy etish doirasida, Koreya davlatining tajribasi olib kirildi bu tajriba barchaga ma’lum bo’lgan kredit-modul tizimidir. Ushbu kreditmodul tajribasi Koreya davlatida yaxshi samara berganligi sababdan ham, bu xalqaro va ilg’or tajriba ayrim oliy o’quv yurtlarimizda tashkil etildi. Va o’quv yurtlarida ta’lim kredit-modul tizimini joriy etish bilanoq, ta’limda sifatni yanada yaxshilanganligini ko’rish mumkin. Darhaqiqat bu kabi o’z sinovidan o’tgan va yaxshi samara beradigan xalqaro tajribalar bundan keyin ham o’zlashlashtirib boriladi va umid qilamanki, ta’lim tizimimizni modernizatsiya qilishda o’zining samaradorligi bilan namoyon bo’ladi.


Yüklə 95,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin