Mavzu: Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar. Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi



Yüklə 140,35 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix27.09.2023
ölçüsü140,35 Kb.
#149483
\'lot xaritasi



MAVZU: 
Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar.
Amaliy mashg‘ulotning texnologik xaritasi 
Amaliy mashg‘ulot rejasi 
1.Ma’ruzada oʻrganilgan nazariy bilimlarni takrorlash 
2. Innovatsion pedagogik texnologiyalar tushunchasi 
3.Pedagogik texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o’rni 
4. O’qish va yozuv darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish 
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi 
Talabalarning ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar yuzasidan ma’ruzada 
o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
O‘qituvchining vazifasi: 
1.Talabalarning ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar yuzasidan ma’ruzada 
o‘rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini shakllantirish. 
A) Innovatsion pedagogik texnologiyalar va ularni dars jarayonida qo’llashga o’rgatish 
B) boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari 
haqida ma’lumot berish 
V) pedagogik texnologiyalar va ularni tahlil qilishga o‘rgatish. 
3.Talabalarning bilimga bo‘lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish. 
O‘quv faoliyatining natijasi 
Talabalar bilishi kerak 
1. Innovatsion pedagogik texnologiyalar haqida tushunchaga ega bo’lish 
2. Eshitilgan ma’lumotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirish. 
3. Darslikda berilgan o‘quv materiallarini tahlil qilish. 
4. Mashg‘ulotda faol qatnashish
1.Amaliy mashg‘ulot mavzusini
(Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar), maqsadini, mashg‘ulot rejasini e’lon 
qilish. 
1. Eshitadi, yozadi, javob beradi. 
2-bosqich 
Bilimlarni faollashtirish (15 daqiqa) 
Metod. 
Aqliy hujum, suhbat. 
«Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar » yuzasidan o‘rganilganlar quyidagi 
savollar asosida eslatiladi.
 
1.Pedagogik texnologiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Innovatsion pedagogik texnologiyalarga misollar keltiring? 
3.O’quvchilar ma’naviyatining shakllanishida innovatsion texnologiyalarning o’rni? 
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash. 
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi 
3-bosqich 
Umumlashtirish 
(55 daqiqa) 
1. Amaliy: Mashg‘ulot ikki qismdan iborat bo‘ladi: 
1-qism 
1.
Mashg‘ulot tashkil qilinib, ta’limiy o‘yin o‘tkaziladi. Topshiriqqa 6 ta guruhdan bittadan talaba 
javob beradi. Javoblar mazmun jihatdan bog‘langan, hozirgi kun talabiga javob bera oladigan 
bo‘lishi lozim.
 
2.
Har bir guruh uch daqiqa davomida o‘zaro maslahatlashib, eng ma’qul pedagogik 
texnologiyani va unga tayyorlangan ko‘rgazmani tayyorlaydilar. 
 


3.
Javoblar eshitilganch, talabalar ma’lumotlarni tahlil qiladilar, tanlangan metod va ish turlari, 
ko‘rgazmalar haqida yutuq, kamchiliklarini aytadilar, fikr-mulohaza bildiradilar.
 
4.
O‘qituvchi talabalarning javoblarini umumlashtiradi va tegishli tavsiyalarni beradi.
 
2-qism 
Munozarali savol-javob asosida guruhlar fikr bildiradilar 
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga javob beradi 
Talabalarning ishlari yig‘ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo‘yilib, 
mashg‘ulot yakunlanadi. 
Foydalanilgan adabiyotlar

1. K. Qosimova, S. Matchonov, X. G‘ulomova, SH. Yo‘ldosheva, SH. Sariev “Ona tili o‘qitish 
metodikasi”. T. “Noshir”. 2009 . 
1.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti, T-2005. 
2.
Boshlang‘ich ta’lim bo‘yichak yangi tahrirdagi o‘quv dasturi. «Boshlang‘ich ta’lim», 2005 
yil, 5-son 
3.
Safarova R va boshqalar, «Alifbe» T-2010 
4.
Safarova R va boshqalar, «Savod o‘rgatish», T-2004 
5.
Abdullayeva Q va boshqalar, «Savod o‘rgatish» T-1996 
6.
G‘afforova T va boshqalar, «1-sinfda savod o‘rgatish», T-1997 
7.
G‘ulomov M «Yozuv daftari», T-2010 
1-ilova. 
Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar. Hamkorlikda O‘qitish 
texnologiyasining kichik guruhlarda O‘qitish metodida modul shaklida olib boriladi. 6 ta 
guruhning har biriga quyidagi topshiriq beriladi. 
Ta’limda ko‘rgazmalilik, o‘quvchini izlanishga undash, o‘quvchi tafakkurini 
faollashtirish, ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlash, o‘z-o‘zini 
namoyish etish imkoniyati 
1. 
Ma’ruzada o‘rganilgan « Ona tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalar » 
yuzasidan talabalar tayyorlab kelgan savollarni beradilar, savol-javob o‘tkaziladi. 
2. 
«O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir» Ushbu fikrga talabalarning munosabati 
tinglanadi. 

Yüklə 140,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin