Mavzu: Ona tili darslarida tinish belgilariga doir bilimlarni tekshirish. Mundarija kirish I bob


I BOB. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish



Yüklə 104,22 Kb.
səhifə2/4
tarix18.05.2023
ölçüsü104,22 Kb.
#116364
1   2   3   4
I BOB. Tinish belgilarini doir bilimlar shakllantirish
1.1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili darslarida tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish
Punktuatsiya termini lotincha punctum so’zidan olingan bo’lib, aslda nuqta, o’rin, joy tushunchalari bilan bog’langan bo’lsa ham, tilshunoslikda nutq oqimidagi intonatsion-prasodik to’xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli belgilar yig’indisini (tinish belgilarini) anglatadi. Punktuatsiya tilshunoslikning bir sohasi bo’lib, tinish belgilari (punktorgramma) va ularning qo’llanish qonun-qoidalarini o’rgatadi. Punktogramma muayyan yozuv tizimi (grafika) ning uzviy qismi bo’lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan, raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin bo’lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir. Tinish belgilari yozma nutqni to’g’ri, ifodali, mantiqiy bayon qilishda, uni ixchamlashda, gap qismlarining o’zaro logik-grammatik munosabatlarini ko’rsatishda muhim grafik vosita sifatida ishlatiladi. Punktuatsiya, bir tomondan, yozuvchiga o’z yozma nutqini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan, o’quvchiga muayyan matndagi fikrni yozuvchi bayon etganidek, yozuvchining maqsadiga muvofiq tushuna olish imkoniyatini yaratadi; bir tinish belgi yozuvchi tomonidan qanday ma'no va vazifada qo’llangan bo’lsa, mazkur tinish belgi o’quvchi tomonidan ham xuddi shunday vazifada tushuniladi. Demak, tinish belgilari "Yozma nutqning tushunilishini osonlashtirish uchun qo’llaniladi" (Baduen de Kurtene) va uni oydinlashtiradi, aniqlik kiritadi. Tinish belgilarining o’rinli qo’llanmasligi ma'lum bir sintaktik qurilmani ham mazmun, ham tuzilishii jihatidan o’zgarib ketishiga olib keladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tinish belgilari bilan tanishtirishga o’rgatish. Ma’lumki, punktuatsiya tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi qoidalar yig'indisidir. „Punktuatsiya ham yozuv kabi kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi"1'. Boshlang'ich sinflarda to'rtta tinish belgisi: gap oxirida nuqta, so'roq, undov belgisi hamda uyushiq bo'lakli, undalmali gaplarda vergulning ishlatilishi haqidagi qoidalar o'rgatiladi. Boshlang'ich sinflarda o'rgatiladigan tinish belgilari kam bo'lishiga qaramay, o'qituvchi har bir sinfda tinish belgilari ustida muntazam ish olib borishi zarur. Kichik yoshdagi o'quvchilarni tinish belgilari bilan tanishtirishda o'qituvchi, avvalo, ularning yozma nutqda ishlatilishi va o'rnini ko'rsatadi. Tinish belgisi fikrni to'g'ri, boshqalarga tushunarli qilib ifodalash uchun muhim ekanini tushuntiradi. Masalan, nuqtaning roli bilan elementar tarzda tanishtirish uchun gaplarga ajratilmagan (tinish belgilari qo'yilmagan) yaxlit matn o'qitiladi; o'quvchilar bunday matnni o'qish va mazmuniga tushunish qiyin ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Punktuatsiya semantik, sintaktik va intonatsion qoidaga asoslanadi. Bu uch asos bir-biriga o'zaro ta’sir qiladi. Xat yozuvchi tinish belgisini qo'yishda, avvalo, bayon etadigan fikrining mazmuniga asoslanadi. Nutqning mazmun tomoni gapning qurilishiga ham ta’sir qiladi. Shuning uchun o'quvchilarga tinish belgilarining qo'llanilishini o'rgatishda biror gapda tinish belgilarini qo'llashni belgilaydigan semantik-sintaktik tamoyilga asoslaniladi. 1-sinf o'quvchilari savod o'rgatish davridayoq nuqta, so'roq va undov belgilari bilan amaliy tanishtiriladi. Bolalar „Alifbe" o'qimasalar ham, rasmga qarab gap tuzadilar. O'qituvchi ularga talaffuzda bir gap boshqasidan to'xtam (pauza) bilan ajratilishini, gapning oxirida ovoz pasavishini tushuntiradi. Bolalar, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, 3—5 gapli kichik matnni gaplarga ajratadilar va ular o'rtasidagi to'xtam (pauza) qilish hikoya mazmunini yaxshi tushunishga yordam berishiga ishonch hosil qiladilar. Ular gapni to'g'ri talaffuz qilishni o'rgana boshlaydilar. Bu gap oxiriga nuqta qo'yilishi bilan tanishtirish uchun mazmuniy va intonatsion asos yaratadi. Bolalarni gapni o'qishga oldindan tayyorlash uchun chizmadan foydalaniladi. Masalan, bolalar gap tuzadilar, undagi so'zlarni sanaydilar va o'qituvchi rahbarligida chiziqlar bilan belgilaydilar: Biz ertakni sevamiz. Ovqat pishdi. O'qituvchi quyidagi mazmunda tushuntiradi: - Og'zaki nutqda bir gapni ikkinchisidan pauza (to'xtam) bilan ajratamiz (Har bir gapni talaffuz qilib ko'rsatadi). Kitoblarda, gazetalarda gapning tugaganini, ovozni pasaytirish va pauza qilish kerakligini ko'rsatish uchun alohida belgi — nuqta ishlatiladi. Bir necha darsdan so'ng o'quvchilar gaplarni o'qiy boshlaydilar. Ular nuqta pasaytirish, pauza qilishga belgi ekanini tushunadilar. Kesma harflardan gap tuzishda albatta nuqtali kartochkalardan foydalaniladi. O'quvchilar gapni yozganda o'qituvchi nuqta qo'yishni eslatadi, ishni tekshiradi. Gapning oxiriga nuqta qo'yilmasa, xato hisoblanadi. O'quvchilar o'qituvchi yordamida nima uchun nuqta qo'yish lozimligini tushuntiradilar. Shunday yo'l bilan gapning oxiriga nuqta qo'yish ko'nikmasi shakllantiriladi. So'roq va undov belgilari bilan ham savod o'rgatish davridayoq tanishtiriladi. Bolalar so'rash mazmunini bildirgan gaplarni o'qiydilar. O'quvchilar bunday gaplarni ohangga rioya qilgan holda, ya’ni gapning oxirida ovozni ko'tarish bilan o'qishga o'rgatiladi. Gapning mazmuni va intonatsiyasi so'roq belgisini qo'yishni talab etadi. Undov belgisini qo'yishni o'quvchilar gapning his-hayajon ifodalashi va alohida ohangda o'qilishi bilan bog'laydilar. O'quvchilar 2-sinfda „Gap" bo'limi mavzularini o'rganish jarayonida nuqta, so'roq va undov belgisi haqida nazariy tushunchalar oladilar. 3-sinfda esa tinish belgilari haqidagi nazariy tushunchalar chuqurlashtiriladi. Shu vaqtdan boshlab o'quvchilar gap oxiriga tinish belgilari sintaktik asosda qo'yilishini anglay boshlaydilar. „Darak gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda nuqta qo'yilishi, „So'roq gap" mavzusi bilan bog'liq holda so'roq belgisi va „Undov gap" mavzusini o'rganish bilan bog'liq holda undov belgisining qo'yilishi o'rgatiladi. 4-sinfda o'quvchilar „Gapning uyushiq bo'laklari" mavzusi o'rganilganda sanash ohangi bilan bog'langan bo'laklarda vergulning vazifasi bilan tanishadilar.O'qituvchi ikki gapni o'qib taqqoslash bilan nuqta va vergulda ohangning qanday berilishini ko'rsatadi. Masalan, Biz ona tilimizni sevib о 'rganamiz (Gap oxirida ovoz pasayadi, pauza qilinadi). Men, Ra’no, Alisher boshqa tillarni ham sevib о 'rganyapmiz (Men, Ra’no, Alisher so'zlaridan so'ng ovoz bir oz pasayadi, xabarning davom etishi seziladi). O'quvchilar uyushiq bo'lakli gap tarkibidagi uyushiq bo'laklarning ammo, lekin, biroq so'zlari bilan bog'langanda vergulning ishlatilishini ham amaliy o'rganadilar. Boshlang'ich sinflarda o'quvchilar har xil mashqlarni ishlash orqali tire va ikki nuqtaning ishlatilishi bilan amaliy tanishadilar. Savod o'rgatish davridayoq o'qituvchi o'quvchilar e’tiborini vergul, tire, ikki nuqtaning ishlatilishiga qaratadi, matnni o'qiganda bu tinish belgilariga rioya qilishni o'rgatadi. Masalan, Olma, olcha, nok - meva. Kitob — bilim bulog‘i. Ona tili darslarida so'zlarni guruhlash mashqlarini bajarganda, o'qituvchi I sinf o'quvchilarini tire va ikki nuqtaning qo'yilishi bilan amaliy tanishtiradi. O'qituvchi aniq misollar bilan sanab ko'rsatilgan so'zlardan oldin ikki nuqta qo'yilishini, har bir so'zning vergul bilan ajratilishini ko'rsatadi. Bunda o'quvchilar tinish belgining nomini aytadilar, o'qituvchi eslatmasa ham, ulardan asta-sekin foydalana boshlaydilar. Matnni yozishdan oldin punktuatsion xatoning ham oldi olinadi. Shunday qilib, o'qituvchi o'quvchilarda punktuatsion ziyraklikni o'stirib boradi. O'quvchilarga tinish belgilarini ishlatish qoidalarini to'la singdirish, ularni tinish belgilarini o'z o'rnida ongli ishlatishga o'rgatish maqsadida sintaktik-punktuatsion tahlil, tinish belgilari tushirib berilgan matnning tegishli tinish belgilarini qo'yish, ta’kidiy eslatish diktanti, bayon va inshoda tinish belgilarining ishlatilishini izohlash kabi mashqlardan foydalaniladi. Ona tili darslarini o‘qish darslari bilan bog'lash sintaksis va punktuatsiya elementlari ustida ishlashning metodik shartlaridan biri hisoblanadi. 0 ‘quvchilar bu darslarda sintaksis sohasidagi bilimlariga asoslangan holda ifodali o‘qish, so'zni aniq ishlatish, o ‘z fikrlarini grammatik to‘g‘ri shakllantirishga o'rganadilar. Shunday qilib, boshlang'ich sinf o'quvchilarining gap haqidagi elementar bilimlari og'zaki va yozma nutqda gapdan ongli foydalanishni ta’minlaydi. Ona tili darslarida sintaksis bo’limini o’rgatish punktuatsiya bilan birgalikda olib boriladi. Punktuatsiyasiz sintaksisni o’rganib bo’lmaydi. Maktabda punktuatsiya boshlang’ich sinflarda o’qitila boshlanib,8-9-sinflarda muntazam o’rgatiladi. 8-sinfda punktuatsiya o’rgatish darak, so’roq, buyruq, istak gaplar hamda his-hayajon gaplarga bog’lab, ularda nuqta, so’roq va undov belgilarini qo’llashini tushuntirishdan boshlanadi. Sintaktik konstruksiyalarini erkin tahlil qila oladigan o’quvchigina punktuatsiyani ongli va puxta o’zlashtiradi. Punktuatsiya o’qitishda onglilikni ta’minlash uchun o’qituvchi mavzularni punktuatsiyaga bog’lashi juda zarur. O’quvchi har bir gapning mazmuniga to’la tushungan bo’lihsi bilan birgalikda, undagi tinish belgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. Masalan, “Bog’imizda olma, anor, nok, uzum – hamma mevalar pishdi” gapida nima sababdan vergullar va tire ishlatilishini o’quvchi shunday tahlil qiladi: - Bu gapda uyushiq bo’laklar (olma, anor, nok, uzum) va ulardan so’ng umumlashtiruvchi bo’lak (hamma mevalar) mavjud bo’lganligi sababli vergullar va tire qo’yilyapti. Darsda yana quyidagi sintaktik- punktuatsion tahlil o’tkazish mumkin. O’quvchi biror matnni aytib beradi, o’quvchilar tinish belgilarini mustaqil qo’yadilar. Matn yozib bo’lingach, o’quvchilar tinish belgilarining qo’yilishi sababini izohlaydilar. Ko’pincha o’quvchilar gapni sintagmalarga ajratishda va gapdagi sintagmalar orasida vergulning qo’yilgan yoki qo’yilmagan o’rinlarida yanglishadilar. Gapdagi sintagmalar har doim ham vergul bilan ajratilavermaydi: Mening kichik ukam Qo’qon davlat pedagogika inistitutida bilimlarni chuqur egallamoqda. Bu gapda uchta sintagma bo’lib, uni o’qishda uch marta pauza bo’ladi, lekin bu pauzalr hech qanday tinish belgisi bilan ajratilmaydi. Punktuatsiya mashqlaridan yana biri o’quvchilarning o’zi, punktuatsiya qoidasiga mos keladigan misollar totib, tinish belgilarining ishlatilish sababini tushuntirishdir. Masalan, 8-sinfda gap bo’laklari sanalmaydigan kiritma, undalma kabi mavzular o’tib bo’lingach, o’qituvchi bu mavzuga oid misollar topishni o’quvchilarga topshiradi. hamda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari izohlanadi. Ish turlaridan yana biri tinish belgilari tushirib qoldirilgan matnning tinish belgilarini qo’yib ko’chirish va ishlatilgan tinish belgilarini izohlashdir. Matn tinish belgilarining turli xillarini o’z ichiga olgan bo’lish kerak. Mashqning bu turi punktuatsiya o’rgatishda keng tarqalgan usul bo’lib, dastavval, o’quvchilarning mustaqil ishlash faoliyatini yaxshilaydi. Punktuatsiya o’qitishda turli xildagi diktantlar o’quvchilarning xatosiz yozish malakasini takomillashtirishda katta ahamiyatga egadir. O’qituvchining diktovkasi orqali o’quvchilar tinish belgilarning qo’yilishi pauza, logik urg’u kabilarga ham bog’liq ekanligini uqib oladilar. Ta’kidiy diktantni o’tkazishdan oldin o’qituvchi o’quvchilarga punktuatsion xato qilishlari mumkin o’rinlarini eslatib, ayirim punktuatsiya qoidalarini ta’kidlaydi va undan so’ng diktovka qiladi. Nazorat diktantida esa bir necha tinish belgilarini o’z ichiga olgan matn tanlab olib, uni diktovka bilan yozdiriladi. Bunday diktant oraqali o’qituvchi o’quvchilarning umumiy punktuatsion savodxonligini sinab ko’radi. Punktuatsiya bilan bog’liq ish turlaridan yana biri stilistik mashqdir. Bunday mashq nutq o’stirish bilan ham bog’lab olib boriladi. O’quvchi bir sintaktik konstruksiyani boshqasi bilan almashtiradi: 1.Uyushiq bo’lakli gaplarga umumlashtiruvchi so’z qo’yib, tinish belgilarini to’g’ri ishlatish. Bahorda hamma qushlar: laylaklar, chittaklar, bulbullar uchib keladi. Laylaklar, chittaklar, bulbullar – hamma qushlar bahorda uchib keladi. 2.Bog’langan qo’shma gapni ergash gapli qo’shma gapga aylantirish va uning aksi: Bahor keldi va gullar ochildi. Bahor kelgach, gullar ochildi. 3.Sodda yoyiq gapni qo’shma gapga aylantirishi va buning aksi: Ko’rinishidan uning juda mamnunligini sezdim. Ko’rinishidan shuni sezdimki, u juda mamnun. 4.O’zlashtirma gapni ko’chirma gapga, ko’chirma gapni esa o’zlashtirma gapga aylantirish “Men ertaga kutubxonaga boraman”,-dedi Anvar. Anvar ertaga kutubxonaga borishini aytdi.O’quvchilarning yozma ishlarida punktuatsion xatolarning quyidagi xillari uchraydi: 1) kerakli tinish belgisini qo’ymaslik; 2) tinish belgisini ortiqcha qo’llash; 3) tinish belgilarini qorishtirish: birining o’riga boshqasini qo’llash; 4) belgilardan birini tushirib qoldirish.Agar o’quvchi gapda tinish belgilarini nima uchun va qayerga qo’yish kerakligini bilmasa, uni qo’ymagani ma’qul: zarur tinish belgisini qo’ymay, biror tinish belgisini tavakkal, ammo noo’rin ishlataverish xavliroq, bu ham o’quvchining, ham o’qituvchining ishini murakkablashtiradi. Agar o’quvchi gapda biror tinish belgisini qo’ymagan bo’lsa, demak, u shu tinish belgisining ishlatilishi bilan aloqador bo’lgan punktuatsion qoidani bilmaydi yoki uni yaxshi o’zlashtirmagan bo’ladi. Agar o’quvchi tinish belgisini ortiqcha qo’ysa, u tinish belgisini asosiz qo’yaverishiga odatlanib qo’lgan bo’ladi. O’quvchilarning punktuatsion xatolarini tahlil qilishga bag’ishlangan ish turlari juda foydalidir. Unda o’quvchilarning punktuatsion xatolari ko’rsatilibgina qolmay, uning sabablari ham tushuntiriladi, qoida va ta’riflar eslanadi, amaliy-ijodiy mashqlar bajartiriladi. Shundagina o’quvchilar tinish belgilarini qo’llashga ongli ravishda yondashadilar. Darsni ko’rgazmali o’quv qurollaridan foydalanib o’tish punktuatsiyani o’zlashtirishni yengillashtiradi. Punktuatsiya darslarini ko’rgazmali qurollarning eng ko’p qo’llanadigan turi – jadval va sxemalar yordamida o’tish mustahkamlash darslari uchun ham juda muhimdir. Masalan, o’quvchilarga biror punktuatsiya qoidasiga mos keladigan sxema chizib ko’rsatiladi va bu sxema qaysi punktuatsiya qoidasiga tegishli ekanligi so’ralib, unga mos misollar topish vazifa qilib topshiriladi.
Punktuatsiya tilshunoslikning grafika sohasi bilan zich bog’langan. Ma'lumki, grafika muayyan tilning yozuv tizimini bir butun holda, barcha belgilar yig’indisini o’rganuvchi soha, shulardan tinish belgilar punktuatsiya tomonidan o’rganilishidan qat'i nazar, keng ma'noda punktogrammalar ham grafikaning tarkibiy qismidir. Grafika tinish belgilaridan tashqari, raqamli, diakritik va tarnskripsion belgili kabi yozuvlarni ham o’z ichiga oladi. Shunday bo’lsa ham, punktuatsiya o’z o’rganish ob'yekti va vazifasi jihatidan grafikadan, yozuvning boshqa – belgili shakllaridan ajralib turadi.
Demak, grammalar (tinish belgilar) muayyan yozuv tizimining yordamchi, ayni paytda, zarur qimsi bo’lgan shartli belgilar yig’indisidir.
Punktuatsiya orfografiya bilan aloqador. Orfografiya so’zlarning to’g’ri yozilishini o’rganib, morfologiya bilan zich bog’lansa, punktuatsiya gaplarning to’g’ri tuzilishi, undagi fikrning to’g’ri ifodalanishi uchun xizmat qilib, sintaksis bilan zich bog’lanadi. Masalan, so’roq, undov, nuqta kabi tinish belgilaridan so’ng gapning bosh harf bilan, ikki nuqta, nuqtali vergullardan keyin gapning ko’pincha kichik harf bilan yozilish holatlari punktuatsiya bilan orfografiyaning aloqadorligini ko’rsatuvchi omildir. Bundan tashqari, savodxonlikni oshirishda orfografiya qanchalik ahamiyatga ega bo’lsa, punktuatsiya ham shuncha ahamiyatga egadir. Orfografiya ham, punktuatsiya ham grafik vositalar bo’lib, to’g’ri yozish to’g’ri tuzish, to’g’ri ifodalash haqidagi ta'limotdir. Punktuatsiya uslubiyat bilan aloqador. Tinish belgilarining noto’g’ri qo’llanilishi gap mazmunida galizlik, mavhumlik va noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan, Ey tabib, qo’y, boqma dardim bedavolardan biri (Muq.) gapida uch holat bor: a) qo’y so’zidan keyin vergul o’qilmasa, “tabib” “qo’yboqar”ga aylanadi; b) "dardim"dan keyin vergul qo’yilsa, “dardim” “boqma”ga bog’lanadi – kesim+to’ldiruvchi (boqma dardimni) munosabati tug’iladi; v) "boqma"dan keyin vergul qo’yilsa, "ega+kesim" (dardim bedavolardan biri) tug’iladi. Punktuatsiya sintaksis bilan uzviy aloqador. Punktuatsion qoidalar sintaktik qonuniyatlar, me'yorlar asosida talqin qilinadi. Punktuatsiya qoidalarini sintaktik qonuniyatlarga bog’lab bayon qilishning o’z ilmiy metodik asoslari va usullari bor. Punktuatsiya qoidalarini aniqlashda mazkur tilning barcha sintaktik, uslubiy xususiyatlari hisobga olinadi. Tinish belgilari qo’llashni gap qurilishi, uning grammatik-semantik shakllanishi boshqaradi. Masalan, Muhayyo, Surayyo, Ra'no, Muqaddas, Ko’zimni yashnatib, kiyibsiz atlas (X.Saloh) gapida vergul uch xil vazifada: 1) uyushgan undalmalarni biriktirish; 2) ularni gap bilan grammatik bog’lanmaganligi uchun gapdan ajratish; 3) oborotdagi qisqa pauzani qoplash uchun qo’llanilganki, buni shu gapning konkret sintaktik qurilishi taqozo qilgan. Punktuatsiya sintaktik fonetika, gap ohangi bilan uzviy bog’lan-gan. Ohang (intonatsiya) ovozning rang-barang tovlanishi: tinch boshla-nishi, ko’tarilishi (kulminatsiyasi), pasayishi, susayishi, tinishi (uzilishi); tempi: tez va sekinligi, osoyishtaligi; sifati: cho’ziq, qisqaligi, kuchli va kuchsizligi; davriy va davomliligi, takrorlanishi kabilarda ko’rinadi. Ohang juda murakkab bo’lib, urg’u, pauzalar, melodika kabilar uning komponentlari hisoblanadi. Ohang gap mazmun-mundarijasining ajralmas qismi: usiz gap shakllanmaydi, gapning kommunikativ (aloqa-aralashuv) vazifasini ohang boshqaradi. Ohangning o’zgarishi gapning mazmun va tuzilish jihatidan o’zgarib ketishiga sabab bo’ladi: mazmun farqlaydi, gap qayta shakllanadi. Quyidagi gaplarning ohangini qiyoslaylik:
1. Turg’un ukam vrach bo’ldi.
2. Turg’un, ukam, vrach bo’ldi.
3. Turg’un – ukam vrach bo’ldi
4. Turg’un, ukam vrach bo’ldi.
1-gapda Turg’un bilan ukam o’rtasida pauza yo’q: Turg’un – aniqlovchi, ukam – ega; 2-gapda Turg’un bilan ukam sanash ohangi bilan aytiladi: uyushiq egalar; 3-gapda "ukam" gapga nisbatan sal tez va pasayuvchi ohang bilan aytiladi: ajratilgan bo’lak; 4-gapda Turg’un so’zi murojaat ohangi bilan gapdan ajratilib, biroz pauza qilinadi: undalma.Siz bor, men bor qurilmasi ohangning o’zgarishi tufayli uyushiq bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor, men bor va boshqalar bor kabi); sabab ergash gapli qo’shma gapga sinonim bo’lgan bog’lovchisiz qo’shma gap (Siz bor – men bor // Siz borligingiz tufayli men bor) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bo’lmasin, ular o’ziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) – birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) – hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qo’yiladi. Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib o’qila-di. Punktogrammalarning to’g’ri yoki noto’g’ri qo’yilganligini gap mazmuni boshqaradi, "Tinish belgilariga rioya qilib o’qish" iborasi ham, "Deyarli barcha tinish belgilari "o’qiladi" (A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish belgilari to’g’ri qo’yilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.
O’zbek tilida ham punktogrammalarni qo’llashning o’z asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qo’llanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3) ohangi asos qilib olinadi. Tinish belgilarining o’rni va vazifasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda tutiladi. Chunki bular o’zaro bog’langan bir hodisaning uch tomoni – uch xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi o’zaro zich bog’langan bo’lib, har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan bo’ladi. Masalan, Opalar, singillar! Bu savollar majlisda berilsin! (A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2) buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik bog’lanmagan so’zlar (opalar, singillar) bor, 3) ko’ta-riluvchi ohangi ohangga ega.
Hozirgi o’zbek tilida tinish belgilari, ularning nomlanishi va shakli quyidagicha:
NOMI SHAKLI
1.Nuqta .
2.So’roq belgisi ?
3.Undov belgisi !
4.Nuqtali vergul ;
5.Ko’p nuqta ...
6.Vergul (qo’sh vergul) , ,,
7.Ikki nuqta :
8.Tire (qo’sh tire) –
9.qavs (qo’sh qavs) ( )
10.Tirnoq (qo’sh tirnoq) “”
Tinish belgilari - muayyan tilda yozma nutqni toʻgʻri, ifodali, mantiqli bayon qilishda, uni ixchamlashda, yozma nutq qismlari (ran boʻlaklari)ning oʻzaro mantiqiygrammatik munosabatlarini koʻrsatish uchun xizmat qiladigan muhim grafik vositalar. Tinish belgilari markaziy, asosiy belgilar tizimiga (harflar va Tinish belgilari) mansub boʻlib, u qoʻshimcha, yordamchi belgilar tizimidan (raqamlar, turli fanlarga oid ilmiy belgilar, bosmaxona belgilari) maʼlum jihatlari bilan farq qiladi. Tinish belgilari ning yozuvda qoʻllanishi oʻziga xos tizimga ega. Bu tizim — Tinish belgilari miqdori, qoʻyilish tartibi va qoʻllanish prinsiplari yigʻindisi — punktuatsiyanp vujudga keltiradi. Bular yozuvning boshqa vositalari (harflar, raqamlar, diakritik belgilar) xamda til birliklari (soʻzlar, morfemalar) bilan koʻrsatish mumkin boʻlmagan turlicha fikriy munosabatlar va psixologik holatlarni ifodalashda ham muhim ahamiyatga ega boʻlib, yozma nutqning tushunilishini osonlashtiradi. Tinish belgilari ning asosiy vazifasi nutqning mazmuniy boʻlinishini koʻrsatish, shuningdek, uning sintaktik tuzilishi va intonatsion jihatini aniqlashga yordam berishdir.
Hozirgi oʻzbek yozuvida Tinish belgilari soni 10 ta: nuqta, soʻroq belgisi undov belgisi, vergul, qavs, tire, koʻp nuqta, nuqtali vergul, qoʻshtirnoq. Ularning aksariyati 19-asr 2yarmida ayrim gaz. va toshbosma kitoblarning nashr etilishi bilan paydo boʻlgan.
Tinish belgilari oʻz vazifasiga koʻra, 2 ga boʻlinadi: a) chegaralovchi Tinish belgilari — muayyan sintaktik tuzilmaning yoki umuman gapning chegarasini bildirish, bironbir gap boʻlagini intonatsionmazmuniy jihatdan ajratib koʻrsatish, nutq qaratilgan shaxs yoki predmet nomi qamrab olingan, shuningdek, yozuvchi (soʻzlovchi)ning subʼyektiv munosabati ifodalangan sintaktik tuzilma chegarasini koʻrsatish uchun xizmat qiluvchi T.6.: qavs, qoʻshtirnoq, yagona qoʻshaloq belgi sifatida qoʻllanuvchi vergul, ayni shu vazifadagi tire; b) ajratuvchi Tinish belgilari — mustaqil gaplarni, ularning qismlari (bosh va ergash gaplar, bogʻlangan va bogʻlovchisiz qoʻshma gaplarning predikativ qismlari)ni, gapning uyushgan boʻlaklarini, birgalik ergashishli qoʻshma gagsharni, gapning ifoda maqsadiga koʻra turlarini, nutqning boʻlinganligini koʻrsatuvchi T.6.: nuqta, soʻroq va undov belgilari, vergul, nuqtali vergul, ikki nuqta, tire, koʻp nuqta. Baʼzi Tinish belgilari ham chegaralash, ham ajratish vazifalarini namoyon eta oladi. Tinish belgilari tuzilish jiqatdan ham 2 ga boʻlinadi: a) bir elementli Tinish belgilari — vergul, tire, nuqta; b) koʻp elementli Tinish belgilari Bu guruh, oʻz navbatida, 2 elementli (surok, va undov belgilari, ikki nuqta, nuqtali vergul, qavs), 3 elementli (koʻp nuqta) va 4 elementli (qoʻshtirnoq) Tinish belgilari ga ajraladi. Qoʻllanish oʻrniga koʻra, Tinish belgilari 3 guruhga boʻlinadi: gap oxirida qoʻllanadigan Tinish belgilari (nuqta, soʻroq va undov belgilari), gap oʻrtasida qoʻlanadigan Tinish belgilari (vergul) va aralash, yaʼni gapning turli oʻrinlarida qoʻllaniladigan Tinish belgilari (tire, ikki nuqta, qoʻshtirnoq, qavs, kup nuqta).
Tinish belgilari ning qoʻllanish usuli va tartibi punktuatsiyaning mantiqiygrammatik, uslubiy va differensiatsiya (farqlash) prinsiplari asosida belgilanadi.
Ba'zi hollarda intonatsiya va tinish belgilariga mos kelmaslik holatlari
1) To'xtatib bo'lmaydi va vergul:
Agar biror kishi kasal bo'lib qolsa, u shifokor uchun pul bo'lishi kerakligini eshitishg'alati.
Chiqish: "Eshitish uchun" harfi - xatolar manbai.
2) pauza mavjud, ammo vergul yo'q.
Yoshi qari qalpoq o'rmonidan o'tib, ufqdan tashqariga chiqdi.
Kuzgi partizalar bilan aloqa qilish uchun kuz, nazari qishloqni yoqib yubordi.
Va boshqa dengiz suvining chetida suzing, boshqa bir joyda boshqa bir qatorni topa olmaysiz.
Tinish belgilari - Bu tinish belgilarini tanlash shartlari (i.e.dan foydalanish yoki iste'mol qilinmaydigan) ko'rsatma. Tinish belgisini tanlash uchun sharoitlar - bu takliflarning grammatikasi, semantik va intonatsion xususiyatlari va ularning qismlari.
Eslatma. Tinish belgilarini shakllantirish kerak bo'lgan joyni aniqlash xususiyatlari (belgilar) ga muvofiq ravishda topish mumkin. Tinish qoidalarini qo'llashning muhim belgilari:

  1. morfologik: Birlashish, og'zakilik, tutib berish, kasaba uyushmalar, individual zarralar mavjudligi;

  2. sintaksis: Ikki yoki undan ortiq grammatik asoslar, apellyatsiya, noto'g'ri so'zlar, hukmning alohida a'zolari, bir hil a'zolar, boshqa birovning nutqi;

  3. ovoz: qiyinchilik va boshqa intonatsiya turlari bilan talaffuz qilish;

  4. semantik: sababni ifodalash va boshqalar.

TINISH BELGILARINING VAZIFALARI Tinish belgilari matnda alohida qurbonlikni, semantik segmentlarni ajratish va taklifda seksiyalash uchun alohida xizmat qiladi. Ular uchta guruhga bo'lingan: yoqilgan alohida (matnda), bo'linadigan va tanlab (jumlada). TINISH BELGILARINI AJRATISH
Bular kiradi nuqta, savol belgisi, undov belgisi, ellipsis. Ular ishlatiladi:keyingi matnda keyingi har bir so'z so'zini ajratish;tugatishda alohida taklifni bezatish. To'rt ajratma belgilaridan birini tanlash jumlaning ma'nosi va intonatsiyasi bilan belgilanadi. Hukm oxirida tinish belgilari Qoidalar: Sharh oxirida va takliflarni qo'zg'atuvchi takliflar, agar ular qo'shimcha ravishda hissiyot (his-tuyg'ular) bo'lsa, nuqta qo'yiladi. Savol oxirida takliflar savol belgisidir. Har qanday taklif oxirida bayonotning maqsadi, agar his-tuyg'u qo'shimcha ravishda ifodalangan bo'lsa, undov belgisi joylashtiriladi.
Agar yozuv xizmati kattaroq pauza qilsa, jumlalar jumla oxirida joylashtirilgan. TINISH BELGILARINI AJRATISH Bular kiradi vergul, vergul, Dash, yo'g'on ichakka ishora qiling. Tarkibiy belgi belgilari oddiy takliflar (vergul va yarimon) o'rtasidagi chegaralarga, qiyin takliflarni ajratish uchun, uning tarkibiga kiritilgan oddiy takliflarni ajratish uchun chegaralangan. Tarkibi tinish belgilarini tanlash morfologik, sintaktik, semantik va intonatsion sharoitlar bilan belgilanadi.
.TINISH BELGISI QO'YILMAGANDA HOLATLAR Birlik tomonidan biriktirilgan mavzu va nur o'rtasida kabi. Yagona kasaba uyushmalari bilan bog'langan bir hil a'zolar orasida va yoki.Ilovadan oldin, agar ittifoq bo'lsa kabi ma'noda iste'mol qilinadi " sifatida». Birja aylanmasining ishtirokidan so'ng, agar u yaxshi belgilangan otlarga duch kelsa va sabab bo'lsa.
Qo'rg'oshin kvartiralaridan shakllangan advokatlarning oldida.
Kompleks jumlada oddiy jumlalar o'rtasida va Umumiy a'zo ishtirokida.
Uyushma tomonidan bog'liq bir hil bo'lgan qo'shimchalar orasida va.
Kelishilgan ta'riflar orasida, agar ular mavzuni turli tomonlardan tavsiflashsa. Tinish belgilari grammatikaning biridir, bu esa tinish belgilarini joylashtirish qoidalarini, shuningdek, ularning belgilari bilan belgilaydi. Olimlar qadimgi yunon tilida uchrashgan tinish belgilari (yoki bitta belgisi - nuqta) bo'lgan tinish belgilari (yoki aniq belgisi) ma'lum bo'lganligi ma'lum.
Gap shundaki, ikkinchisidan birini ajratish, notiqlik qoidalariga bo'ysunish uchun ishlatilgan.
Zamonaviy shaklda u o'rta asrlarda kitobni bosib chiqarish ishini ishlab chiqgan holda paydo bo'ldi. XV asrda "Bahs-by-matchali seminar" bo'lgan tajribali birodarlar, ularning miqdorini o'tkazib, ba'zi tinish belgilaridan foydalanish qoidalarini ishlab chiqdilar.

Yüklə 104,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin