Valeologik ong
.
Psixosomatika sohasidagi tadqiqotchilar 60% kasalliklarning asl sababi inson
ruhiyati bilan bogʼliq deb hisoblaydilar, hatto eng kichik salbiy his – tuygʼular ham
tanaga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligini taʼkidlaydilar. Platon “Shifokorlarning
eng katta xatosi inson qalbini emas uning tanasini davolashga uringanliklaridadir.
Аslida tana va qalb bir butunlikni tashkil etib, ularni bir biridan ayro tasavvur etib
boʼlmaydi” – deb taʼkidlagan.
I.Dubrovina fikricha, psixologik salomatlik quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
– toʼliq aqliy rivojlanish va shaxs sifatida rivojlanish natijasida ruhiy
salomatlik;
– oʼsib borayotgan shaxsning aqliy va shaxsiy rivojlanish xususiyatlari va
ushbu xususiyatlardan xabardorligi;
– aqliy va shaxsiy xususiyatlar va fazilatlarga ongli munosabat;
– shaxs dunyoqarashining gumanistik yoʼnaltirilganligi
S.Mirzaevani fikricha
Valeologik ong
- oʼz sogʼligʼimizni saqlash va sogʼlom
turmush tarzini yuritishga qaratilgan bilimlarni egallash va chuqurlashtirish jarayoni
sifatida taʼriflanadi (S.R. Mirzaeva 2020 y.). Valeologik savodxonlikni oshirishga
hissa qoʼshuvchi, insonning ichki va tashqi ehtiyoji boʼlgan sogʼlom turmush tarzini
saqlashga nisbatan kuchli eʼtiqodi boʼlgan insonni shakllantirish dolzarb muammo
hisoblanadi.
Talabaning valeologik ongini rivojlantirish uchun uni aqliy, axloqiy,
emotsional, jismoniy rivojlantirishga imkoniyat yaratish, unda valeologik yetuklik
sifatlarini tarkib toptirish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari:
1.
Psixika haqida tushuncha.
2.Ong taraqqiyoti bosqichlarini tushuntiring.
4.Ong va ongsizlik tushunchalarini farqini izohlang
5. Ongsizlik holatlarini psixologik izohlang
Dostları ilə paylaş: |