Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak
Didaktik adabiyotlarda mustaqil ish tushunchasi har xil ta’riflanadi. Mustaqil ishning B.P.Yesipov bergan ta’rifini eng to’g’ri ta’rif deb tan olish kerak:
“O’quvchlarning o’qitish jarayoniga qo’llaniladigan mustaqil ishlari bu o’qituvchining bevosita qatnashuvisiz, maxsus ajratilgan vaqt davomida uning topshiriqlari bo’yicha bajariladigan ishdir; bunda o’quvchilar topshiriqda qo’yilgan maqsadga erishishga o’z kuchlarini sarflaydilar, aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab ongli ravishda intiladilar”.
O’quvchilarning mustaqil aktivliklari darajasiga ko’ra tasniflovchi metodlar
1) Izohli-illyustrativ metod. Bu metodning mohiyati shundaki, bunda o’qituvchi tayyor informasiyani har xil vositalar yordamida beradi. O’quvchilar bu informasiyani qabul qilishadi, tushunib oladilar va eslab qoladilar.
2) Reproduktiv metodning asosiy belgisi faoliyat usulini tanlash va o’qituvchining topshiriqlari bo’yicha takrorlashdan iborat. Bu metod yordamida o’quvchlarda malaka va ko’nikmalar tarkib topadi.
3) Bilimlarni muammoli bayon qilish. Bunday bayon qilishda o’qituvchi u yoki bu qoidani aytibgina qolmay balki “ovoz chiqarib mulohaza yuritib” muammo qo’yadi va uni hal qilish jarayonini ko’rsatadi. O’qituvchining bunday tushuntirishi ancha ishonchliroq bo’ladi, bolalarni fikrlashga o’rgatadi, bilish xarakteridagi izlanishlarni olib borishga o’rgatadi.
4) Qisman izlanish yoki evristik metod. Bu holda o’qituvchi o’quvchilar oldiga muammo qo’yadi, o’zi esa o’quv materialini bayon qiladi, ammo bu bayon davomida o’quvchilar oldiga savollar qo’ya boradi, bu qo’yilgan savollar ulardan izlash jarayoniga qo’shilishni va bilish xarakterdagi biror masalani yechishni talab qiladi.
4) Qisman izlanish yoki evristik metod. Bu holda o’qituvchi o’quvchilar oldiga muammo qo’yadi, o’zi esa o’quv materialini bayon qiladi, ammo bu bayon davomida o’quvchilar oldiga savollar qo’ya boradi, bu qo’yilgan savollar ulardan izlash jarayoniga qo’shilishni va bilish xarakterdagi biror masalani yechishni talab qiladi.
5) O’qitishning tadqiqot metodi. Bu metod bilan ishlashda o’quvchilar qo’yilgan muammoni tushunib olganlaridan keyin o’zlari ishlash rejasini belgilashadi, faraz (gipoteza) tuzishadi, tekshirish usulini o’ylab ko’rishadi, kuzatishlar olib borishadi, tajribalar o’tkazishadi.