ustida olib boriladigan kuzatish va tajribalar uzoq muddatli bo‘ladi. Ularga misol
qilib, hashoratlarning ko‘payishi va rivojlanishini o‘rganish, baliqlarning
ko‘payishi, to‘tiqush va kanareykalarning xulq-atvorini o‘rganish, foydali
hashoratlardagi ogohlantiruvchi rangni aniqlash, o‘rgimchaksimonlarning tutqich
to‘r to‘qishi va o‘lja tutishini kuzatish va h.k.
Odam va uning salomatligi o‘quv fanidan morfologik, gistologik va tibbiy
xarakterdagi ishlar ma’lum mavzular o‘rganilgandan so‘ng, bilimlarni
mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. Ko‘pgina fiziologik tajribalar, shartli
refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar oldindan bajariladi. Ularning
natijalarini darsda ko‘rsatish imkoni bo‘ladi. Darsdan tashqari vaqtda o‘quvchilar
o‘tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida xabardor bo‘lgan o‘qituvchi
darsda tajribaning borishi, turli bosqichlardagi o‘zgarishlarni namoyish qilishi,
o‘tkazilayotgan tajribalar haqida o‘quvchilar axborotini yangi mavzular bayoniga
kiritish imkoniga ega bo‘ladi.
Tirik tabiat burchagida, maktab tajriba maydonchasida va tabiatda
bajariladigan darsdan tashqari ishlar darsda o‘rganish uchun qiziqarli material
beradi, o‘quvchilarda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini tarbiyalaydi, tabiatga
qiziqishini orttiradi. Bunday ishlarni bajarish uchun o‘quvchilar, odatda,
topshiriqlarda ko‘rsatiladigan o‘simlik va hayvonlar to‘g‘risidagi maxsus
adabiyotlarga, ma’lumotnomalarga, ensiklopediyalarga murojaat qiladilar. Darsdan
tashqari ishlar yordamida o‘quvchilarda bilimni chuqurlashtirish uchun kitoblarga
doimiy murojaat qilish ehtiyoji tarbiyalanadi.
Dars bilan uzviy bog‘liq holda darsdan tashqari ishlar biologiya o‘qitishning
majburiy shakli bo‘lib, ular darsni davom ettiradi va mustahkamlaydi.
Dostları ilə paylaş: