N.M. Verzilinning fikricha, maktab tajriba maydonchasi bir necha: dala,
sabzavot, rezavor, manzarali o‘simliklar, biologiya va zoologiya bo‘limlaridan
iborat bo‘lishi darkor.
Maktab tajriba maydonchasida maktab o‘quv dasturida o‘rganiladigan
o‘simliklar: dala, poliz, rezavor mevalar, manzarali va yovvoyi o‘simliklar bo‘lishi
kerak. Shunga muvofiq, maydoncha aniq chegaralangan: dala, poliz, rezavor meva,
manzarali, biologiya va zoologiya bo‘limlariga ega bo‘lishi zarur. Maydonchada
metrologik stansiya, auditoriya barpo etish zarur. Har bir bo‘limda o‘simlik
kolleksiyasi va ular ustida tajriba o‘tkazish uchun joy ajratiladi. Sabzavot ekinlari
ustida o‘tkaziladigan tajribalar quyidagilar bo‘lishi mumkin: yerga qo‘shimcha
ishlov berishning ta’siri, qalamchadan ko‘paytirish, chatishtirish, novdalarni
chilpishning ta’siri, yaxshi o‘simliklarni urug‘lik uchun ajratish, asosiy ekinlar
(karam, pomidor, lavlagi, piyoz, bodring va b.) dan yuqori hosil yetishtirish.
Biologiya
kursidan
mavzularni
o‘tishda bu tajribalarning barchasidan
foydalaniladi.
Tinglovchilar guruhlarda ishlab 5-11-sinf o‘quv dasturidagi mavzular
asosida darsdan tashqari ish mavzularini tanlab oladilar va belgilangan mavzular
asosida darsdan tashqari ishlar yillik rejasini tuzadilar.
9-sinf dasturidan o‘rin olgan quyidagi mavzular asosida darsdan tashqari
ishlarni tashkil qilish lozim.
9-sinf. Darsdan tashqari ishlar yillik rejasi.
Dostları ilə paylaş: