Mavzu o’qitish vositalari va didaktik materiallarni tayyorlash. Tayanch so‘z va iboralar


Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar



Yüklə 66,91 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü66,91 Kb.
#168127
1   2   3   4   5
9-ma\'ruza

Yordamchi moslamalar va murakkab didaktik materiallar. Didaktik materiallardan foydalanish va ularni saqlashda yordamchi moslamalar kerak bo’ladi. Ular qo’llaniladigan didaktik materiallarga qarab turlicha bo’ladi. Masalan, ko’rgazmali materiallar uchun ularni osadigan doskalar, flipchartlar, ramkalar, ilgaklar, sim torlar zarur bo’ladi.
Tarqatma materiallar uchun pinvand, stol, lototron, ularni saqlash qutilari kerak bo’ladi. O’quv uslubiy materiallar uchun javonlar va stendlar kerak bo’lsa, namuna materiallari uchun shkaflar va namoyish stollari kerak bo’ladi. Modellar va ko’chma maketlarni saqlash uchun maxsus xonalar, namoyish qilish uchun esa namoyish stollari, ko’chirish aravachalari bo’lishi mumkin. Ba’zan model, maket va stendlardan foydalanish uchun elektr toki, yonilg’i, havo bosimi kabi manbalar kerak bo’ladi. Buning uchun esa maxsus jihozlangan laboratoriya va ustaxonalarga ehtiyoj tug’iladi.
Didaktik materiallar hajmiy o’lchamlarga ega bo’lsa (namuna materiallarini hisobga olmaganda), o’rganilayotgan materialning harakat va xususiyatlarini ko’rsata olsa yoki statsionar foydalanish xususiyatiga ega bo’lsa, ularni murakkab didaktik materiallar deb ataymiz. Ularni shartli ravishda sinflab chiqishimiz mumkin (6-rasm).


6-rasm. Murakkab didaktik materiallarning klassifikatsiyasi
Modellar – ta’limda qo’llaniladigan didaktik materiallarning bir turi bo’lib, ular ilgarigi oddiy didaktik materiallardan hajmiy o’lchamga egaligi, harakatni ko’rsata olishi, qo’l bilan ushlab ko’rish va uning harakatini boshqarish mumkinligi kabi ustunliklari bilan farqlanadi. Shuning uchun ulardan foydalanganimizda talabalar o’rganilayotgan murakkab ob’yektlarni oson tasavvur qila oladilar.
Modellar ta’lim muassasasiga tayanch oliy ta’lim muassasalaridan tayyor holda ham kelishi mumkin, ularni o’quv yurti sharoitida o’zimiz ham tayyorlashimiz mumkin.
Model – o’rganilayotgan ob’yektning o’ziga o’xshash qilib tayyorlangan prototipi bo’lib, u har tomonlama soddalashtirgan holda tayyorlanadi. Bu modellashtirish bo’lib, tayyorlanayotgan model mos masshtabga keltiriladi. Avvalo geometrik masshtabga e’tibor beriladi, ya’ni u auditoriya masshtabiga keltiriladi.
Kichik ob’yektlar kattalashtirilishi, katta ob’yektlar kichraytirilishi, ba’zi ob’yektlar, o’lchamlari bilan auditoriya masshtabiga yaqin bo’lsa, o’z kattaligida tayyorlanishi mumkin. Natijada ulardan foydalanish qulay bo’ladi. Modelimiz harakatlanuvchi bo’lsa, kuch masshtabiga ham e’tibor berishimiz kerak.
Harakatni beruvchi kuchlar, masalan, aylanma harakat, bosim, harorat, ishqalanish, tok kuchi va boshqa kattaliklar modelning geometrik o’lchamlariga proporsional bo’lishi kerak. Aks holda, kuch model o’lchamlariga nisbatan kichik bo’lsa yoki katta bo’lsa, biz kerakli harakatni ko’rsata olmaymiz.
Modelni imkon qadar soddalashtirish kerak. Unda asosiy geometrik elementlar va asosiy ish bajaruvchi detallar bo’lishi kifoya, aks holda undan foydalanish noqulay bo’lib qoladi. Modellarning asosan uchta turini farqlaymiz. Bular geometrik, fizik va funksional modellar.

Yüklə 66,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin