o’qituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy taraqqiyoti.
Professiogramma yoshlarga o’zlarining kelgusida o’qituvchilik kasbini to’g’ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi. Professiogrammani kasbga xos ravishda o’qitishni tashkil qilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati qanday bilim va ko’nikmalarga, ayniqsa, shaxsning qanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog’liq ekanligini albatta ko’rsatish zarurdir. Mana shu prfessiogrammaga asosan bo’lajak mutahassis- o’qituvchilarning sifat jihatidan o’z kasbiga naqadar tayyorligi haqida bir fikrga kelishimiz mumkin. Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuqlarga faqat shu kasbga qiziqqan, shu faoliyat bilan shug’ullanishga moyil, oqibat natijada esa pedagogik qobiliyatga ega bo’lgan kishilargina erisha oladi.
Qobiliyat – bu kishining biror faoliyatga yaroqligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo’lib, kishining pedagogik faoliyatiga yaroqliligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olishni aniqlab beradi.