Mavzu: O’qituvchi psixologiyasi Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoyibo`lisi lozim chunki


Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?



Yüklə 413,12 Kb.
səhifə3/9
tarix08.06.2023
ölçüsü413,12 Kb.
#126892
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Mavzu O\'qituvchi psixologiyasi

Shunisi muhimki, zamonaviy o’qituvchi uchun zarur bo’lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko’rib chiqish kerak. Bu qanday xislatlar ekan?
Ko’pchilik psixologlar, shu bilan birga O’zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o’qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N. V.Kuzmina, V, Slastenin, F.N. Gonoblin, O’zbekistonlik psixologlardan R.Z. Gaynutdinov,M.G. Davletshin, S. Jalilova, A. Jabborov, Qoplonova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy – tadqiqotlar o’qituvchilik kasbini atroflicha o’rganib, ancha batafsil ko’rsatib berish imkoniyatini yaratadi. Bu professiogramma.

Professiogramma-ma’lum tizimga keltirilgan, mehnatni psixologik tomondan o’rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko’rsatib berilgan hujjat.


O’qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o’qituvchiga qo’yiladigan maxsus talablarni o’z ichiga qamrab olishi lozim. Bo’lajak o’qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo’yilishini bilish va shu asosida o’quv – tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o’quv yurtlarida muayyan mutaxasislik bo’yicha o’qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o’qituvchi – murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlaridan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o’qituvchining qo’yidagi xislatlari ko’rsatib berishi lozim.


1. O’qituvchining shaxsiy xislatlari:

2.O`qituvchining kasbiga xos bilimi:






3.O’z kasbiga xos xislatlari:-

  • milliy mafkura va mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;

  • zamonaviy maktab olib boriladigan o’quv- tarbiya jarayonida umuinsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf – odatlarning ahamiyatini tushunishi;

  • o’qituvchining kuzatuvchanligi;

  • o’z diqqat – e’tiborini taqsimlay olishi;

  • pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;

  • o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lishi;

  • o’zini qo’lga ola bilishi, o’zini tuta olishi;

  • pedagogik takt;

  • nutqning emosional ifodalanishi.







4.Shaxsiy – pedagogik uddaburonligi:

  • dars mashg’ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;

  • o’quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;

  • ta’lim va tarbiya jarayonida o’quvchilar onginingtarqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;

  • pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;

  • bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o’z faoliyatini rejalashtirishini bilishi;

  • o’quv maqsadlarini rejalashtira olishi;

  • o’zining ta’lim – tarbiya ishlariga tayyorlanish tizimini rejalashtira olishi.






6.Kommunikativ malakalari:

  • bolalarni o’ziga jalb etishni bilishi;

  • bolalar va ota – onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik munosabatlarni tiklashni bilishi;

  • bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o’zaro munosabatlarni tartibga solishini bilishi;

  • bolalar va ota – onalar bilan tashqaridan aloqa bog’lashni bilishi.








Yüklə 413,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin