Mavzu: O’qituvchining kasbiy sifatlari. Reja



Yüklə 59,42 Kb.
səhifə1/8
tarix14.06.2023
ölçüsü59,42 Kb.
#129796
  1   2   3   4   5   6   7   8
“O’qituvchining kasbiy sifatlari” mavzusida


MAVZU: O’qituvchining kasbiy sifatlari.
REJA
1. O‘qituvchilik kasbi haqida.
2. O‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablar.
3. O‘qituvchilik kasbini tanlash.
4. Pedagogik faoliyat.
5. Pedagogik qobiliyat va mahorat.


KIRISH.
Yangi iqtisodiy siyosatga o‘tish sharoitida ta’lim-tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish o‘qituvchi zimmasiga yuklatilgan. O‘zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo‘shayotgan ijodkor o‘qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o‘qituvchini aniqlash uchun o‘tkazilayotgan maktab ko‘riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo‘lmoqda. Maktablarda «metodist o‘qituvchi», «katta o‘qituvchi», «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi» unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilar soni tobora ko‘paymoqda. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. So‘nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitetlarda, pedagogika bilim yurtlarida o‘qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o‘rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish masalalariga e’tibor kuchaydi. Shunindek, bo‘lajak o‘qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir fanlarni o‘rgatish ko‘lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida bir qancha ixtisosliklar bo‘yicha besh yillik o‘quv rejalari joriy etildi. Uzluksiz pedagogik ta’lim g‘oyalari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markaziga bo‘ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus fakultetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo‘lishlariga e’tibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi ta’kidlanmoqda. O‘zbekiston hukumati maktab o‘qituvchilarining haftalik o‘quv ishlari hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. O‘quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq o‘qituvchisi», «Xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi», «Metodist-o‘qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash joriy etildi. Pedagogika o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga qo‘shimcha po‘l to‘lanadi. O‘qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o‘qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g‘oyalar bayon etildi. O‘quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.Shuning uchun ham mustaqil O‘zbekiston davlatining umumiy ta’lim maktabida ishlaydigan o‘qituvchi: -pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon; -milliy, madaniy va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol; -O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida taraqqiy etilishiga ishonadigan, vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan, e’tiqodli fuqaro; -ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahorati, shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan; -o‘qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko‘radigan, har bir o‘quvchisi ulg‘ayib yaxshi odam bo‘lishiga chin ko‘ngildan ishonadigan, ularning shaxs sifatida rivojlanib, inson sifatida kamol topishiga ko‘maklashadigan; -erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli bo‘lmog‘i darkor.

Yüklə 59,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin