Mavzu: O’qituvchining kasbiy sifatlari. Reja



Yüklə 59,42 Kb.
səhifə8/8
tarix14.06.2023
ölçüsü59,42 Kb.
#129796
1   2   3   4   5   6   7   8
“O’qituvchining kasbiy sifatlari” mavzusida

Kelajakni ко` га bilish qobiliyati -o'z harakatlarining oqibatini ko'ra bilishda, o`quvchi-ning kelgusida qanday odam bo'Iishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilat-larni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan aytib bera olishda ifodalanadi. Bu qobiliyat pedagogik faoliyatning qudratiga bog'liqdir.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati - o'qituvchi uchun diqqatning barcha hususiyatlari- hajmi, kuchi,ko`chuvchanligi kabilarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi. Diqqatni ayni vaqtda taqsimlash qobiliyati o`qituvchilik uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o`qituvchi saboqni bayon qilish mazmuni va shaklini tanlar ekan, o'z fikrini o`quvchilar qanday tinglayotgan-larini diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o`quvchilarni ко`rib turadi, toliqish , e`tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushyorlik bilan kuzatadi, intizomsizlik hollarini e'tibordan qochiiinaydi, nihoyat o`zxatti - harakatlarini ham kuzatib boradi. Tajribasiz o'qituvchi ko'pincha saboqni bayon qilishga berilib ketib, o`quvchilarni e`tibordanchetda qoldiradi. Nazorat qilmay qo`уadi, bordi-yu o'quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa , fikr kalavasini yo'qotadi .
O'qituvchi yuqorida ко`rsatilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy sifaflarga - aniq maqsadni ко`zlash, qat`iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi sifatlarga ham ega bo'lishi kerak. Bundayxususiyatlar bo`lmasa o'rta pedagogik darajasidanyuqorigakо`tarila olmaydi. Bolalarga mehr - muhabbat o`qituvchining eng muhim fazilatidir. Bu bolalarning hamma qiliq- qilmishiarini kechirish, ularga hushomadgo`ylikqilish emas, balki talabchanlik va qattiqqollik, adolatlilik bilan qo`yilgan mehr — muhabbat bo`lib ana shu sifatga ega bo`lgan shaxs o'zining ko'p vaqtini va kuchini bolalarga bag`ishlaydi. U zarur vaqtda istaklarini qurbon qilib bolalar manfaati yo'lida ehtiyojlarini cheklashga tayyor turadi.
Ijtimoiy faollik va fuqarolik burchini anglash o'qituvchi shaxsiga xos sifat, zero haqiqiy pedagog to'la ma`nodagi jamoatchi bo'lib, bolalarga hayotda ijtimoiy faol holatda turishning amaliy namunasini ко`rsatadi.
O'qituvchining odobi, madaniyati yuksak bo`lsagina, odamlarga nisbatan mehribon, sahovatli bo'la oiadi, unihamma hurmat qiladi. Вuning uchun ochiq ko`ngil, qat`iy, ozini tuta bilishi, bardoshli bo'lishi kerak. Bolalarga nisbatan talabchan bo`lish bilan birga o'z shaxsiga tanqidiy nuqtai nazardan qaray olishi kerak. Ijodiy ishlaydigan o'qituvchi faqatgina bolalarni muvaffaqiyatli о`qitish va tarbiyalash, ilg'or o'qituvchilar ish tajribalarini o'rganish bilangina cheklanib qolmasdan, tadqiqotchilik ko`nikma va malakalariga ham ega bo'lishi zarur.


XULOSA.
Mavzu yuzasidan olib borilgan nazariy tadqiqotlar hamda mavjud adabiyotlarni o’rganish orqali ta’lim nazariyalarining mohiyati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi ahamiyatini tahlil qilish orqali quyidagi xulsalarga kelindi: Ta’lim nazariyalarining mohiyati va vazifalari quyidagilardan iborat. - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendensiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. Ta’limning assosiativ-reflektorli konsepsiyasi bosh miyaning shartli refleksiv faoliyati tasavvurlariga asoslanadi, persepsiya va assosiasiyalar o’rtasidagi munosabatlarni ochib beradi. Ma’nosi shundaki, inson miyasi sezgi organlari signallarini yodga olibgina va voqyealar o’rtasidagi bog’liqliklarni (assosiasiyalar) aniqlab olish va qayta tiklash qobiliyatiga ham egadir. O’qitishning ketma-ketligi quyidagi bosqichlardan kelib chiqadi:
1. Harakat bilan dastlabki tanishish, OOD yaratish, ya’ni o’quvchi hayolida harakatlar taxminiy asosini (OOD) qurish. OOD - o’rganilayotgan harakatni matn yoki grafik usulda tuzilgan modeli, uni to’g’ri bajarish shartlari sistemasidir, OODning bir necha turlari mavjud: to’la, to’la bo’lmagan, invariantli.
2. Mmoddiy harakatlar. O’quvchilar o’z harakatlarini o’quv topshirig’iga binoan tashqi moddiy shaklda, o’z harakatlarini OOd (instruksiya) bilan solishtirib bajaradilar.
3. Tashqi nutq bosqichi. Bir necha bir-biriga o’xshash harakatlarni bajargandan so’ng instruksiyaga murojaat etish zaruriyati qolmaydi. O’quvchilar ushbu vaziyatdao’zlashtirayotgan harakatlarini, o’sha operasiyani ovoz chiqarib aytadilar. Ularning ongida o’quv ma’lumotlarini umumlashtirish, qisqartirish sodir bo’ladi, harakatlar esa avtomatlasha boshlaydi. 4. Ichki nutq bosqichi. O’quvchilar bajarayotgan harakatlarini ovoz chiqarmay ichlarida gapiradilar, shu bilan birga eng murakkab, harakatlarning muhim elementlarini gapira oladilar, bu uni yanada aqliy umumlashtirish, qisqartirishga imkon beradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Karimov I.A. «O’zbekiston buyuk kelajak sari». T.: O’zbekiston.-1998y.
2. Karimov I.A. «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda». Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasidagi ma’ruza 1999 y. 14 aprel. O’zbekiston. - 1999.
3. Karimov I.A. «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruza 2000 y. 22 yanvar. T.: O’zbekiston. - 2000.
4. Qodirov B. «Ta’lim tizimidagi islohotla r maqsad va yo’nalishlar». T.: O’zbekiston - 2000 y.
5. Kanstantinov., Ye.N. Medinskiy, M.F. Shabayeva «Pedagogika tarixi». «Ukituvchi». 1976 yil.
6. M.F. Shabayeva «Pedagogika tarixi». «Ukituvchi». 1985 y.
7. V. Milash, Kratakvil. «Jizn Yan amos Kamenskigo» M. 1991 g.
8. Pedagogicheskoye naslediye Ya. A. Komenskiy, D. Lokk, J.J. Gusso, I. G. Pestalossiy. Izd. «Pedagogika» 1988.
9. Ochilov, F. Gofforova. «Buyuk didaktika» Karshi sh. 1992 y.
10. O. Xasanbayeva, Pedagogika tarixidan xrestomatiyasi. T, 1993 yil.
11. www.ziyonet.uz
12. www.nur.uz
13. Tojiyev., Saloxitdinov R., Barakayev M., Abdalova S. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. – T.: 2001.
14. Farberman B.L. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. – T.: Fan. 2000.
15. Farberman B.L., Musina R.T., Jumaboyeva F.A. Oliy o’quv yurtlarida o’qitishning zamonaviy usullari. – T.: 2002.
16. Yo’ldoshev J. G’. Yangi pedagogik texnologiya: yo’nalishlari, muammolari, yechimlari. – Xalq ta’limi jurnali, 1999, №4, 4- 12 betlar.
17. Xo’jayev N.X., Xodiyev B.Yu., Baubekova G.D., Tilabova N.T. Yangi pedagogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. – T.: Fan.2002.
18. Ye.N. Pronina, V.V.Lukashevich. «Psixologiya i pedagogika». Uchebnik dlya studentov VUZov. Izdatelstvo Elit. Moskva 2004.
19. Ahmedov Sh. «Uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvi». T.: 2001. Magistrlik dissertasiyasi.
20. Shamsiyev Q. «Darslarni zamonaviy tashkil etishning shakl va uslublari». T.: 2005.(B.M.I.)
21. Ziyomuhammadov B. Pedagogika. O’quv qo’llanma. –T.: «Iqbol-Turon» nashriyoti. 2006 y
Yüklə 59,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin