Mavzu: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish. Kirish


O‘quvchilarning matn yaratish va matn ustida ishlashlari



Yüklə 125,65 Kb.
səhifə8/11
tarix25.12.2023
ölçüsü125,65 Kb.
#194927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
og\'zaki nutqini shakillantirishda

O‘quvchilarning matn yaratish va matn ustida ishlashlari mashg‘ulotning ikkinchi, to‘rtinchi bosqichlarida va sinfdan tashqari beriladigan topshiriqlarda markaziy o‘rinni egallaydi.
Matnlar xilma-xildir. Ularning aniq tur va ko‘rinishi qisman darslikda berilsa, asosan, o‘qituvchi tomonidan belgilanadi. Dastur o‘qituvchiga darslikdagi barcha matnlarni o‘z didi, talabi, sharoitga qulayligiga ko‘ra bemalol almashtirish, o‘qitish jarayonini tom ma’nodagi ijodiylik va izlanuvchanlik asosida qurishga to‘liq imkoniyat beradi. O‘quvchilar yaratishi lozim bo‘lgan matnlar bir necha xildir. Ulardan asosiylari:
1. Mashg‘ulotda hosil qilingan bilim va ko‘nikmani amalda qo‘llab matn yaratish. Bunday matnlar ikki va uchta gapdan iborat bo‘lishi, monolog va dialog tarzida, qisqagina tasvir yoki hikoya shaklida bo‘lishi mumkin. Ularning aniq shaklini o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchining o‘zi tanlashi kerak.
2. Berilgan mavzu asosida tasvir (kichik insho) yaratish. Bundaytasvirlar yozma va og‘zaki ko‘rinishlarda o‘quvchilarning yosh va malaka darajasiga mos mazmun hamda hajmda bajarilishi lozim.
3. Insho-matnning oliy ko‘rinishi. Dastur quyidagi insho turlaridan foydalanishni ko‘zlaydi:
a) ilmiy insho (til, tarix, biologiya va boshqa fanlardan har bir fan uchun xos bo‘lgan biror mavzu yoki masalani ochish);
b) ilmiy-badiiy insho (badiiy asar, yozuvchi ijodi, adabiy jarayonlar tahliliga bag‘ishlangan insholar);
v) badiiy- ijodiy insholar (san’at asarini o‘rganishdan o‘quvchining hosil qilgan shaxsiy kechinmalari tasviri);
g) tasviriy insho (narsa, shaxs, manzara va h.k. tasviriga bag‘ishlangan insho);
d) erkin mavzudagi insho.
Matn ustida ishlash ona tili mashg‘ulotlarida asosiy o‘rinni egallaganligi sababli, 8-sinfning boshida «Ijodiy matn. Insho va uning turlari» bo‘limi kiritildi. Bu bo‘lim o‘quvchilarning 1—7 sinflarda matn ustida olib borgan ishlarini umumlashtirib, ularni yuqori sinfda, litsey va kollejlarda ancha murakkab insho ustida ishlashga tayyorlaydi. Bu bo‘lim mashg‘ulotlari deduktiv-induktiv usulda tashkil etilishi mumkin.
“Buyuk davlat, buyuk kelajagimizga erishish uchun oqil, ma’rifatli, ayni paytda o‘zining o‘tmishi, ulug‘ qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan va kelajakka ishonadigan insonlarni tarbiyalashimiz kerak”9ligini har bir ustoz-murabbiy chin yurakdan his qilmog‘i lozim. Buni o‘quvchilarga tez va oson yetib borishini ta’minlash desa, bizga ona tili va adabiyot fani yordamga keladi. Chunki, ona tili va adabiyot fanining bosh vazifasi komil insonni tarbiyalashdir. O‘z shaxsiyati va asarlari bilan insonlarga ibrat bo‘la oladigan, insonlarga ma’rifat nuri ulashadigan buyuk shaxslarning, siymolarning hayoti va faoliyatini o‘qib-o‘rganish adabiyotning asl mohiyatini tashkil etadi.
Ona tili ta’limi oldiga qo‘yilgan ijtimoiy buyurtma o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga va shu fikr mahsulini og‘zaki va yozma shaklda savodli bayon qila olishga, kommunikativ savodxonlikka o‘rgatishdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda ona tili ta’limi oldiga mukammal shakllangan, mustaqil fikrlay oladigan, nutq va muloqot madaniyati rivojlangan savodxon shaxsni kamol toptirish maqsadi qo‘yiladi.
Yozma ishlarni tashkil qilish darslari o‘qish samaradorligiga ijobiy ta’sir qiladigan eng qulay usuldir. Ona tili darslarida o‘tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish ko‘nikmalarini shakllantirish dolzarb metodik manba ekanligini aniqlash, ularning didaktik asosini belgilash ham mashg‘ulotning predmeti hisoblanadi. Insho - ijodiy ish: o‘quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida o‘ylash, logik bog‘lanishni belgilash, so‘z, so‘z birikmasini tanlash, gap tuzish va uni o‘zaro bog‘lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o‘quvchidan aqliy kuchini to‘la ishga solish bilan birga o‘z ma’naviy faoliyatini boshqarish ko‘nikmasini ham talab etadi. Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo‘shiladi. O‘quvchi inshoni mustaqil, ijodiy hamda o‘zi yozgani uchun ham yoqtiradi10. Ta’lim bosqichining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi va inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar o‘quvchilar nutqini o‘stirish, aqliy, ijodiy o‘sishiga mo‘ljallangan dasturga o‘tishi munosabati bilan uning ahamiyati yanada o‘sdi. Og‘zaki va yozma nutqni shakllantirish jarayonida o‘quvchilar mavzuni tushunish va yoritish, o‘z nutqini aniq fikrga bo‘ysundirish, material to‘plash, uni tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini takomillashtirish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni yozishda imloviy va husnixatga e’tibor qaratish, matnni xat boshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal qilinadi.

Yüklə 125,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin