Mavzu: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish. Kirish


Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi



Yüklə 125,65 Kb.
səhifə9/11
tarix25.12.2023
ölçüsü125,65 Kb.
#194927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
og\'zaki nutqini shakillantirishda

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi (tugal fikr ifodalangan matn) murakkab jarayon bo‘lib, ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi. O‘quvchining ona tili ta’limi jarayonida egallagan ko‘nikma va malakalari u yaratgan matnda aks etadi. Bu parametr bo‘yicha ta’lim sifatining natijasini baholashda o‘qituvchi tomonidan o‘quvchi egallagan quyidagi ko‘nikmalarning darajasi aniqlanadi:
a) fikrning mantiqiy izchillikda ifodalanganligi;
b) fikrlash, mavzuning murakkablik darajasi (sodda, murakkab, abstrakt-konkret, mavhum va hokazo);
d) tavsifning mavzuga muvofiqligi va mazmuniy qiymati;
e) tavsifda tilning ifoda vositalaridan maqsadga muvofiq foydalanish darajasi;
f) imloviy (yozma) savodxonlik sifati.
Yozma ish atamasi ikki xil ma’noda qo‘llanadi:
1. Yozma ish – imiy xarakterdagi yozma ishlar, yozma shaklda bajariladigan nazorat turlari, topshiriqlar, ko‘chirib yozish. Nazoratning bu turi nafaqat filologiya, balki barcha sohalarga ham tegishlidir. Masalan, fizika, matematikaga oid yozma ishlar.
Bu tipdagi yozma ishlar ilmiy insholar termini bilan ham yuritiladi. Yozma ishlar maktab o‘quvchilarini ilmiy bilim asoslari bilan qurollantiradi. Ilmiy insholarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri unda ilm-fanga oid tushunchalardan keng foydalanishdir. Masalan, tilga oid ilmiy insholarda so‘z, so‘z birikmasi, tasviriy ifoda, turg‘un birikma, ega, kesim, hol, uyushiq bo‘lak kabi tushunchalardan keng foydalanilsa, matematikaga oid yozma ishlarda qoldiq, ko‘paytma, tenglama, kasr, maxraj, ildiz chiqarish, bo‘lish kabi tushunchalar qo‘llanadi.
Barcha sinflarda o‘quvchilarning yoshi va bilim saviyasini hisobga olgan holda yozma ishlardan foydalanish mumkin. 5-sinfda o‘quvchilar ona tili, matematika, tabiatshunoslik, qadimgi dunyo tarixi, musiqa, tasviriy san’at kabi fanlarni o‘rganadi, yozma ishlar ana shu o‘rganilgan mavzularga oid bo‘ladi. Bu sinfda: “Quyosh va tabiat”, “Biz matematikadan nimalarni o‘rganamiz?”, “Qo‘shiq aytish uchun nimalarga amal qilish kerak?”, “Grippning oldini olish” kabi mavzular ilmiy insho mavzusi sifatida tanlanishi mumkin. Ilmiy xarakterdagi yozma ishlar uchun eng asosiy manba maktab darsliklari, turli ensiklopedik lug‘atlar, gazeta va jurnallarda berilgan ilmiy maqolalar, ilmiy mavzulardagi teleko‘rsatuvlar bo‘lishi mumkin.

Yüklə 125,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin