Mavzu: O‘quvchilar nutqini o‘stirishda yozma ish shakillaridan foydalanish. Kirish


-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘icha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart



Yüklə 125,65 Kb.
səhifə6/11
tarix25.12.2023
ölçüsü125,65 Kb.
#194927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
og\'zaki nutqini shakillantirishda

5-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘icha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:
Yozma adabiy nutq, og‘zaki adabiy nutq kabilarni izohlay olishi; matn yaratish darajasida gap tuzish; mustaqil gaplarni o‘zaro bog‘lay bilish, gapda so‘z tartibini to‘g‘ri belgilash; matnda xat boshining yaxlitligi va fikr izchilligi, muhokama elementli matn yaratish; fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich – 10-12 gap); tinish belgilaridan (undalmali gaplarda), uyushiq bo‘laklarda, ajratilgan izoh bo‘laklarda, undalmalarda va qo‘shma gap qismlarini bog‘lashda, ko‘chirma gapda, dialogda to‘g‘ri foydalanish; grammatik atama va tushunchalardan, qoida va ta’riflardan matn yaratish jarayonida foydalanish; o‘rganilgan gap qurilishlariga mos keladigan matn yaratish;
6-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:

  • Leksikologiya va morfologiya bo‘yicha egallangan ko‘nikmalarni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash;

  • nutqda o‘zbek adabiy tili grammatikasining me’yor va imkoniyatlariga rioya qilish; sinonimlar, omonimlar, antonimlar va paronimlardan foydalanish talablariga rioya etish;

  • qisqartma otlarni to‘g‘ri yozish va qo‘llash;

  • gapda so‘z tartibiga amal qilish. Rivoya-matn, tasvir-matn tuzish.

  • Tabriknoma, ma’lumotnoma yozish;

  • fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, uslubiy tahlil qilish;

  • fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich 12-14 gap).

7-sinf o‘quvchilari yozma nutq bo‘yicha quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi shart:

  • O‘zlashtirma gap va undagi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay olish;

  • ega bilan kesim orasida, dialogda tinish belgilarini ishlata olish;

  • mustaqil va yordamchi so‘z turkumlari bo‘yicha egallangan ko‘nikmalarni yozma va og‘zaki nutqda to‘g‘ri qo‘llash;

  • fikrni yozma ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich: 14-16 gap);

  • sifat ko‘rsatkichlari: gaplarda fikrni aniq, mantiqiy izchillikda yoritish;

  • mustaqil gaplarni, qo‘shma gap qismlarini, uyushiq bo‘laklarni o‘zaro bog‘lashda teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilardan, matniy sinonimlar va boshqa vositalardan foydalana olish;

  • xatboshilarni to‘g‘ri ajratish, matniy sinonimlarni ishlata bilish;

  • fikr izchilligini ta’minlash; ariza yozish so‘z ishlatishda nutq uslublari doirasidagi qoidalarga amal qilish.


Yüklə 125,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin