Agar inson sog'ligini 100% deb qaralsa, uning 50% i turmush tarziga, 20%i tashqi muhit sharoitiga, 20%i naslga, 10%i tibbiy yordamga tegishlidir. Demak, sog'liqni asrashda eng asosiy omil insonning qanday hayot kechirishi hisoblanadi. Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ahamiyati Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi bir qancha fanlar: tibbiyot, pеdagogika psixologiya fanlari bilan chambarchas bog`langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.

Tibbiyotning talaygina sohalari — pеdiatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o`smirlar gigiyenasi — yosh fiziologiyasi ma'lumotlaridan juda kеng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o`z fan sohalarini rivojlantirib boradi. Masalan, bolalar anatomiyasi fani jigarning qayerda joylashgani, uning og'irligini o'lchaydi, fiziologiya esa jigar to'qimasida, hujayralarida ketadigan hayotiy jarayonlarni aniqlaydi.

Yosh fiziologiyasi va maktab gigiyenasi fani esa jigarning turli yosh davrlaridagi og'irligini, bajaradigan ishining o'zgarishini, uning kasallanmaslik chora-tadbirlarini ko'rish bilan shug'ullanadi, tavsiyalar beradi. Yoki ekologiya faniga oid ma'lumotlardan, masalan, atrof-muhitning sog'lomlik darajasi haqidagi ma'lumotlardan gigiyena ham foydalanadi, deylik maktab binosini qayerga va qanday qurish lozimligini tavsiya qiladi va h.k. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi pеdagogika va uning barcha sohalari uchun ilmiy-tabiiy asosdir. Yosh psixologiyasi ham yosh fiziologiyasi ma'lumotlariga tayanadi, Pеdagoglar ta'lim-tarbiya ishlarini yosh fiziologiyasi va gigiyenasi ma'lumotlariga asoslangan holda olib borishlari muhim ahamiyatga ega.