" " fanidan himoyaga tavsiya etaman Fakultet dekani



Yüklə 156,5 Kb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü156,5 Kb.
#148583
  1   2   3
Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari taqdiqod usullari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
____________________________________________________________
" _______________" FANIDAN
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
____________ _________________
"_____" _______________
KURS ISHI
MAVZU: Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari taqdiqod usullari


Talaba: ___-guruh talabasi
______________
Qabul qiluvchi: ___________________


Himoyaga tavsiya etildi
"_______________________"
kafedrasi mudiri
__________________ __________
"____" ___________


2023
KIRISH. Agrokimyo fanining maqsadi va vazifalari taqdiqod usullari
I. Agrokimyo fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
1. Agrokimyo fanini o‘rganish va tekshirish usullari.
2. Agrokimyo fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ular orasida tutgan o‘rni va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati.
II. Agrokimyoviy tadqiqot usullari va rivojlanishi
1. Fanning rivojlanish tarixi va O'zbekistonda rivojlanishi
2. Agrokimyoviy tadqiqot usullari va ularning ahamiyati.


III.Xulosa.


Kirish. Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llamalardan foydalanish, tinglovchilarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan indivudial ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilishva boshqa tadbirlar ta’lim ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini ishlab chiqishning kontseptsiyasi aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning asosiy kontseptual yondoshuvlari quyidagilardan iborat.
Fanning maqsadi. Tuproq fizikasi fanining maqsadi talabalarga tuproqni dalada o’rganishni, kesma qo’yish uchun joy tanlash, tuproq morfologik belgilarini o’rganish, tuproq namunalarini olish, tuproqni analiz qilish va uning natijalarini tahlil qilish usullari, tuproqning umumiy fizik va fizik-mexanik, suv, havo, issiqlik xossalari to’g’risida tushuncha berishdan iborat.
Tuproq fizikasi kursi talabalarda tuproqning fizik xossalari to’g’risidagi bilimlarini shakllantiradi.
Fanni o’qitishning vazifalari. Maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish tavsiya etiladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. O’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyixalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish masalalaridan kelib chiqqan holda yondoshishga e’tibor qaratishni amalga oshiradi. har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy takomillashuvini ta’minlaydi. Ta’limning markaziga bilim oluvchi qo’yiladi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi bilim olish va kasb egallashning mukammal bo’lishiga hissa qo’shadi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsining jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatini jadallashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida barcha qobiliyat va imkoniyatlarni, tashabbuskorlikni ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Egallangan bilimlarning ko’nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tadbiq etilishiga sharoit yaratadi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv jarayoni ishtirokchilarining psixologik birligi va o’zaro munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O’qituvchi va talabaning qamkorlikdagi ta’limiy faoliyat yuritishiga zamin yaratadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishga erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Ta’lim jarayonida “sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari tarkib topadi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushoqadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni ta’minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq va vaziyatlar yaratish va ularga echim topish jarayonida ongli, ijodiy, mutsaqil fikrlashga o’rgatiladi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarni qo’llash- hozirgi axborot kommunikatsiya texnologiya vositalari kuchli rivojlangan sharoitda ulardan to’qri va samarali foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko’nikmalarini xosil qilinadi. Bu jarayonda kompyuter savodxonligi alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qitish metodlari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, viziuallash), muammoviy usul, keys-tsadi, pinbord, paradokslar, loyixa va amaliy ishlash usullari. Interfaol usullarni mavzu mazmuniga mos holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o’rgatadi.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy vositalari (darslik, ma’ruza matni, ko’rgazmali qurollar, xarita va boshqalar) bilan bir qatorda-axborot-kommunikatsiya teznologiya vositalari keng ko’lamda tatbiq etiladi.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ ikki yoqlama (teskari) aloqaga asoslangan bevosita o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishi.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, joriy, oraliq va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnotsikasi amalga oshiriladi. Ta’lim jarayonida kafolatlangan natijaga erishish ta’minlanadi.
Boshqarish usullari va tartibi: o’quv mashquloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashqulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi xarakati, nafaqat auditoriya mashqulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati xam tartibli yo’lga qo’yiladi.
Agrokimyo fani - qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish va oziqlanish jarayonida o‘simliklar, tuproq va o‘g‘it o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni o‘rganadi.
Bundan tashqari dehqonchilikda moddalar aylanishi to‘g‘risida va linadigan hosilni ko‘paytirishda o‘g‘itlardan samarali foydalanish, hosilning sifatini yaxshilash hamda tuproq unumdorligini oshirish to‘g‘risidagi bir qator masalalarni o‘rganadigan fandir. Hozirgi zamon Agrokimyo fani qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliy va almiy yordam beradigan ham biologik ham kimyoviy fandir.
Agrokimyoda o‘rganiladigan uchtalabalar asosiy obekt - o‘simliklar, tuproq va o‘g‘itlar bir-birlari bilan dialektik o‘zaro aloqada bo‘lib, bir-biriga ta’sir etib turadi. Bu bog‘lanishlar sistemasini D.N.Pryanishnikov uchburchak ko‘rinishdatasvirladi, uning uchtalabalar uchi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it, qo‘sh, qarama-qarshi yo‘nalishdagi strelkalar esa bu obektlarning bir-birlari bilan o‘zar ta’sirini ifodalaydi, chunki uchburchak markazida esa agrokimyo turadi.
O‘simliklar oziqlanish jarayonida tuproq va o‘g‘it bilan tuproq - o‘simlik va o‘g‘it bilan, o‘g‘it-tuproq va o‘simlik bilan o‘zaro ta’sirlashadi.
Bunday o‘zaro ta’sirning sharoitlari va xarakteri olinadigan hosilning miqdorini va sifatini belgilaydi. «O‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rganish, - deb yozgan edi D.N.Pryanishnikov, - hamma vaqt agrokimyogarlarning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan».
D.N.Pryanishnikov faqat agrokimyogina tuproqning unumdorligini va qishloq xo‘jalik ekinlirining hosildorligini oshirish uchun tegishli bo‘lgan o‘g‘itlarni solish yo‘li bilan yuqorida aytib o‘tilgan o‘zaro ta’sir etuvchi uchtalabalar omilga doir bilimlarning sintezi bilan shuullanishini ta’kidlagan edi. O‘simliklarning oziqlanishi va o‘simlik, tuproq hamda o‘g‘itlar orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi.
Nazariy asoslarni bilish o‘g‘itlar ishlatishga doir amaliy masalalarniijodiy xal etishga imkon beradi. Bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi.
O‘g‘itlarning eng samarali shakllarini, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq-iqlim sharoitida turli qishloq xo‘jalik ekinlariga solishning optimal muddatlari va usullari, o‘g‘it solishni tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, sug‘orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda birga olib borish ana shunday masalalar jumlasiga kiradi.
o‘simlik tuproq o‘g‘it
Agrokimyo fanining asosiy mazmunini D.N.Pryanishnikov talqinida ifodalanishi.

Yüklə 156,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin