Agrokimyo fanining asosiy perdmeti - bu o‘simlik, tuproq va o‘g‘itlar hamda ular orasidagi o‘zaro ta’sir munosabatlarini o‘rganishdir.
Agrokimyo fanining maqsadi - o‘g‘itlarning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini xisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir. Shuningdek, o‘g‘itlarning tuproq bilan o‘zaro ta’sir xususiyatlarini, ularning eng samarali shakllarini, yerga solish usullari va muddatlari tizimini yaratishdir.
Agrokimyoning bosh vazifasi o‘simlik, tuproq va o‘g‘it sistemasida kimyoviy elementlar balansini va aylanishini boshqarishdir. Agrokimyo maktabining asoschisi D.N.Pryanishnikov agrokimyoning asosiy vazifasini ifodalab, shunday yozgan edi: «Agrokimyoning bosh vazifasi dehqonchilikda moddalar aylanishini o‘rganish, tuproq va o‘simliklarda kechadigan kimyoviy jarayonlarga ta’sir qiluvchi turli xil omillarni aniqlash, qaysiki bu omillar olinadigan hosilni oshirish va kamaytirishi, shu bilan birga uning tarkibini ham o‘zgartirishi mumkin.
O‘g‘itlarning qo‘llanilishi esa ushbu moddalar aylanishiga insoniyatning aralashuvini bosh usulidir.
Zamonaviy agrokimyoarning vazifasi - har xil qishloq xo‘jalik ekinlarini berilgan har xil mahsuldorlik darajasida va ularning navlarini yetishtirish mintaqalarini hisobga olgan holda barcha biogen elementlarnig aylanishini aniq parametrlarini aniqlashdir.
Mineral o‘g‘itlarning qo‘llanishi xo‘dalikdagi yetishtiriladigan o‘simliklarning oziqlanishida yagi ozuqa elementlarini kpayishiga imkon yaratdi, organik o‘g‘itlarning va boshqa har xil chiqindilardan foydalanish esa ozuqa elementlaridan qaytadan foydalanish imkoniyatini beradi, yani o‘simlik bargi, poyasi, ildizi tarkibidagi ozuqa elementlaridan o‘simliklar keyingi rivojlanish davrlarida
foydalaniladi. Mineral o‘g‘itlar ham, organik o‘g‘itlar ham tuproqning xususiyatlariga (uning kimyoviy, fizikaviy, biologik
xususiyatlariga) kuchli ta’sir etuvchi vositalardir. Shuningdek, o‘simliklarning oziqlanishiga, o‘sishiga, rivojlanishiga va hosil sifatiga kuchli ta’sir etuvchi omillardir. Mineral va organik o‘g‘itlarning qo‘llanilish, ularning samaradorligini oshirish dehqonchilikni kimyolashtirishning asosini tashkil etadi.
O‘g‘itlar bilan har xil ozuqa elementlarini tuproq tarkibiga kirishi va ularning hosilni shakllanishida sarflanishi boshqa jarayonlarni murakkablashtiradi. Yani ozuqa elementlarining ta’sirida tuproq xususiyatlari buzilishi, sizot suvlarining tarkibiy o‘zgarishi va ozuqa elementlari shamol va suv eroziyasi ta’sirida atrof muhitni ifloslantirishi mumkin.
Shu bilan birga bazi ozuqa elementlari tuproqqa atmosfera yog‘inlari va mikroorganizmlar faoliyati natijasida ham tushishi mumkin (azot).
Bundan tashqari hosilning keyingi taqdiri moddalar aylanishiga kuchli ta’sir etadi. yani hosilning tovar qismida ozuqa elementlari hosilning sotilishi, qayta ishlanishi va boshqa jarayonlarda xo‘jalikdan tashqariga chiqib ketadi, ikkilamchi tovar bo‘lmagan qismi (poyasi, bargi, poxoli va boshqalar) chorvachilikda yem-xashak va to‘shama sifatida ishlatilib, yana xo‘jalik yerlariga qaytadi. Shuning uchun Agrokimyoda hosilning tovar qismidagi chiqib ketadigan ozuqa elementlariga alohida eotibor beriladi.
AGROKIMYO FANINI O‘RGANISH VA TEKSHIRISH USULLARI
Agrokimyoviy tekshirishlarda qo‘llaniladigan asosiy usullar ikki guruhga bo‘linadi: biologik va laboratoriya usullariga bo‘linadi. Bu usullar deyarli birgalikda qo‘llanilib, bir-birini to‘ldiradi.
Biologik usullar: dala tajribalari, vegetatsion va lezimetrik usullardan ibort bo‘ladi. Dala tajribasi usuli - ta’sir qiluvchi sharoitlar yoki ekinlarning parvarish qilish usullarining ekinlar hosiliga ta’sirini aniqlash maqsadida tabiiy sharoitda, yani dalaning o‘zida maxsus ajratilgan maydonlarda olib boriladi. Dala tajribasi turli tuproq-iqlim sharoitlarida agrotexnika va boshqa omillarga bog‘liq holda qo‘llaniladigan o‘g‘itlrning samaradorligini o‘rganishning asosiy usulidir.
Vegetatsion usul - alohida omillardan har birining o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, moddalar almashinuvi, oziqlanishi va hosiliga ta’sirini tekshirib ko‘rishga imkon beradi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklar shishadan yasalgan maxsus uychalarda, suvli, qumli va tuproqli muhitlarda sim to‘r ostida o‘stiriladi. Vegetatsion tajribalarda o‘simliklarning oziqlanish sharoitlarini va ma’lum darajada tashqi muhit sharoitlari - nam rejimi, yorug‘lik, harorat va shu kabi omillarni ham qatiy tekshirish ham boshqarib turish mumkin bo‘ladi. Olib boriladigan tadqiqotlarning maqsadiga qarab, vegetatsion tajribalar mustaqil ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin yoki dala tajribasiga qo‘shimcha ravishda o‘tkazilishi mumkin.
Lezimetrik usul - tabiiy sharoitda maxsus qurilmalar - mezimetrlar yordamida tuproq qatlamlarida suvning harakati va sizib o‘tishini o‘rganishga yordam beradi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda mezimetrik usul o‘g‘itlar bilan qilinadigan tajribalarda suv rejimini, mineral tuzlarning va ekinga solinadigan o‘g‘itlarning tuproqdan yuvilib ketishi darajasini o‘rganishda, shuningdek tuproqdagi oziq moddalar balansini ularning tuproqqa tuishi bilan o‘simliklar tomonidan olib chiqib ketilishi va yo‘qoladigan miqdorlarini taqqoslab ko‘rishda qo‘llaniladi.
Laboratoriya usuli o‘simliklarni, tuproq va o‘g‘itlarni agrokimyoviy analiz qilishning laboratoriya usuli biokimyoviy, mikrobiologik, fizikaviy, kimyoviy usullarini o‘z ishlab chiqarishiga oladi. Laboratoriya usullari yordamida agrokimyoviy obektlarni analiz qilish yetakchi o‘rinni egallaydi.
Tajribalarning aniqligi va olingan natijalarning to‘g‘riligi haqida xulosa chiqarish, o‘g‘itlar bilan hosildorlik orasidagi bog‘liqlikni aniqlash, o‘simliklarning yutish jarayonlarini modellashtirish, oziq moddalarning tuproqda aylanishi va ularning tuproqdan hamda o‘g‘itlardan yo‘qolishini aniqlashga doir agrokimyoviy tadqiqotlarda matematik usullardan ham foydalaniladi.
AGROKIMYO FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI VA ULAR ORASIDA TUTGAN O‘RNI
Agrokimyo fani bir qator fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi va faoliyat olib boradi.
Yashil o‘simliklarning oziqlanishini o‘rganish uni o‘simliklar fiziologiyasi fani bilan uzviy bog‘laydi.
Agrokimyo fani nafaqat yashil o‘simliklarni oziqlanishini o‘rganibgina qolmay, balki uni ishlab chiqarish sharoitida boshqarib turadi, yani qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligini oshiradi va sifatini yaxshilaydi.
Qishloq xo‘jalik kinlarini yetishtirishda agrokimyo fani tuproqning xususiyatlarini chuqur o‘rganadi va tuproqshunoslik fani bilan chambarchas aloqada bo‘ladi. Agrokimyo fani, xususan har bir agrokimyogar chorvachilik asoslarini har tomonlama mukammal bilishi kerak.
Chorvachilikdan chiqadigan go‘ng va boshqa chiqindilar qishloq xo‘jalik ekinlai uchun qimmatli o‘g‘it hisoblanadi. Shuning uchun Agrokimyo fani chorvachilik so’asidagi fanlar bilan uzviy aloqada bo‘ladi.
Bundan tashqari, Agrokimyo fani dehqonchilik, o‘simliklarni ’imoya qilishso’asidagi fanlar entomologiya, fitopotologiya, fitotsenologiya kabilar bilan uzviy munosabatda bo‘ladi.
Hozirgi paytda Agrokimyo fani biokimyo, genetika, seleksiya va fanning yangi so’alari - gen injeneriyasi, biotexnologiya, iqtisodiy yo‘nalishdgi bir qator fanlar, matematika va zamonaviy informatika - hisoblash texnikasi kabi fanlar bilan aloqadorlikda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
AGROKIMYO FANINING XALQ XO‘JALIKDAGI AHAMIYATI
Agrokimyo qishloq xo‘jalik ekinlarini intensiv texnologiya asosida yetishtirishda muhim rol o‘ynaydi, hosilni yuzaga kelishida ishtirok etuvchi hamma omillarni optimal darajada bir-biri bilan muvofiqlashtirib turadi. Eng yuqori, iqtisodiy jihatdan samarali hosil olish uchun qishloq xo‘jalik ekinlarining eng yaxshi navlaridan foydalaniladi, tuproqning kimyoviy va fizikaviy xususiyatlarini yaxshilash, o‘simliklarning o‘suv davrida kimyolashtirish vositalaridan foydalanish, hamma agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli qilib olib boriladi.
Agrokimyo fani tez suratda rivojlanib bormoqda, bunday rivojlanish esa ishlab chiqarishning va amaliyyotning talabi bilan belgilanadi. Mineral va organik o‘g‘itlar qo‘llanilishining o‘sishi asosida qishloq xo‘jalik ekinlari mahsuldorligini doimiy ravishda ko‘payib borishi bilan qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirish texnologiyasini yaxshilanishi, seleksiya va boshqa fanlarning rivojlanishi bilan belgilanadi.
Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishda ularni Mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirishni balanslashtirish, tabaqalashtirish, turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida yetishtiriladigan qishloq xo‘jalik ekinlarini biologik xususiyatlarini o‘rganish, tuproqlarni har xil ozuqa elementlarib ta’minlanganligini aniqlash, tuproqlarni kimyoviy melioratsiyalash (ohaklash, gipslash) va yuqoridagi ko‘rsatkichlar asosida agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va boshqa bir qator agrokimyoviy tadbirlar asosida amalga oshiriladi.
Agrokimyo fani qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga va xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlariga malakali, yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
Agrokimyo kimyo sanoatining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va ulardan turli xil tuproq -iqlim sharoitlarida foydalanish borasidagi davlat tadbirlarini tuzishda juda katta ahamiyatga egadir. Hozirgi kunda, aniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish, sof, toza agrokimyoning ahamiyati kun sayin ortib bormoqda.
Agrokimyo dehqonchilikni kimyolashtirishning nazariy asosi hisoblanadi.
XULOSALAR
Agrokimyo dehqonchilikda moddalarning aylanishini, o‘simliklarning oziqlanish jarayonida o‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro ta’sirni, shuningdek hosilni oshirish, uning sifatini yaxshilash maqsadida moddalarning aylanishini va qishloq xo‘jalik ekinlarining oziqlanishini boshqarish usullarini o‘rganadi.
O‘simliklarning oziqlanishni va o‘simlik, tuproq va o‘g‘it orasidagi o‘zaro ta’sirni o‘rganish agrokimyoning nazariy asosini tashkil etadi. nazariy asoslarni bilish o‘g‘itlar ishlatishga doir amaliy masalalarni ijodiy ’al etishga imkon beradi, bunday masalalarni esa agrokimyo ishlab chiqadi.
O‘g‘itlarning eng samarali shakllari, meyorlari, dozalari va nisbatlari, ularni har xil tuproq -iqlim sharoitlarida turli qishloq xo‘jalik ekinlariga solishning optimal mudatlari va usullari, o‘g‘it solishni tuproqqa ishlov berish, almashlab ekish, sug‘orish va boshqa agrokimyoviy tadbirlar bilan muvofiq ravishda qo‘shib birga olib borish ana shunday masalalr jumlasiga kiradi.
Agrokimyoning asosiy maqsadi o‘g‘itning har xil turlari va shakllari, xususiyatlarini o‘rganish hamda hisobga olgan holda o‘simliklarning oziqlanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratishdir.
Agrokimyoning bosh vazifasiga esa tuproq -o‘simlik sistemasida kimyoviy elementlar blansini va aylanishini boshqarish kiradi.
Agrokimyo, agronomik kimyo — tuproq va oʻsimliklardagi kimyoviy jarayonlar, oʻsimliklarning mineral oziqlanishi, oʻgʻitlar va tuproqni ki-myoviy melioratsiyalash vositalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi fan. A. qishloq xoʻjaligini kimyo-lashtirishning ilmiy asosini tashkil etadi. A. oʻsimlik, tuproq va oʻgʻitlar oʻrtasidagi munosabatni, dala sharoitida oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganadi, oʻsimliklarning oziqlanishiga eng qulay sharoit yaratish, tuproq va oʻgʻitlar tarki-bidagi oziq moddalarning oʻzlashtirilish koef. oshirish maqsadida ushbu sharoitlarni oʻzgartirish yoʻllarini, shuning-dek, hosildorlikni oshirishning boshqa vositalari — pestitsidlar, oʻsish sti-mulyatorlarini koʻllash, tuproq unum-dorligini yaxshilash va hosildorligini oshirish maqsadida kimyoviy meliorasiya vositalarini qidirib topadi. Agrokimyo fani tuproqshunoslik, dehqonchilik, oʻsimliklar fiziologiyasi va biokimyosi, qishloq xoʻjaligi mikrobiologiyasi, kimyo va fi-zika fanlari bilan bevosita bogʻlangan. A.da nazariy va amaliy masalalarni oʻrganish uchun har xil tadqiqot usullari qoʻllaniladi. Bularga oʻsimlik, tuproq va oʻgʻitlarni laboratoriyada kimyoviy, fizik-ki-myoviy tahlil qilish; oʻsimliklarda ve-getatsion tajriba (vegetatsion uychalarda va issiqxonalarda) oʻtkazish; har xil tuproq-iqlim sharoitlarida oʻgʻitlar bilan dala tajribalari (oʻgʻitlarning geogra-fik mintaqalardagi tajribalari) olib borish; xoʻjaliklarda ishlab chiqarish tajribalari 158 oʻtkazib, olingan natijalarga iqtisodiy baho berish ishlari kiradi. Agrokimyoda oʻsimlik asosiy tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Oʻsimliklar oziqlanishini oʻrganish va oʻgʻitlar vositasida uni izga solish usullarini ishlab chiqishda har bir oʻsimlik (ekin)ning biologik va agrotexnik xususiyatlari hisobga olinadi. A. tuproqshunoslik va tuproq mikrobiologiyasi bilan bogʻliq boʻlganligi uchun unda tuproq ham oʻrganilishi kerak. Agrokimyo tuproq tarkibidagi oziq moddalarning umu-miy miqdorini, ularning oʻsimliklarga oʻtish xususiyatini, oʻgʻitlarning oʻzgarish jarayonlarini va tuproq xossasiga taʼsirini hamda oʻgʻitlarni ishlatish meʼyorini va nisbatini, ularni turli xil ekinlarga solishning ratsional muddatlari va usullarini, oʻgʻitlarni qoʻllashning tuproqni ishlash tizimlari, alma-shib ekish, sugʻorish tartiboti va boshqa bilan toʻgʻri qoʻshib olib borishni oʻrganadi. Agrokimyo oʻsimliklarning oziqlanishini oʻrganishi tufayli oʻsimliklar fizio-logiyasi va biokimyosi bilan bogʻlangan. Oʻgʻitlarni bir shakldan ikkinchi shak-lga oʻtishi tuproqning xususiyatlariga, tuproqshunoslar, kimyogarlar va mik-robiologlar oʻrganadigan kimyoviy va mikrobiologik jarayonlarga bogʻliq. AAgrokimyo fan sifatida 19-asrning 40-y.larida shakllandi. Uning shakllanishida nemis kimyogari Yu. Libix (1803-73)ning oʻsimliklarning mineral oziqlanishi haqidagi taʼlimoti muhim ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekistonda, garchi dehqonchilikda goʻng, kul, loyqa, qum, paxsa kesaklaridan oʻgʻit sifatida qadimdan foydalanib ke-lingan boʻlsada, Agrokimyo fani tarixi xx asr dan boshlanadi. Birinchi agrokimyoviy taj-ribalarda ekinlarda oʻgʻitlarni qoʻllash masalalari R. R. Shreder, M. M., Bushuyev, I. K. Negodnoye tomonidan oʻrganilgan (1906 — 28-ylarda 121 tajriba oʻtkazilgan). Respublikada Agrokimyo fanini ri-vojlantirishda Oʻzbekiston paxtachilik instituti, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tuproqshunoslik va agrokimyo instituti (1977) katta rol oʻynadi. A. rivojlanishi bilan respublikada mineral oʻgʻitlar sanoati taraqqiy etdi (qarang Kimyo sanoati, Kimyo instituti). Respublikada Agrokimyo fanini rivojlantirishda B. M. Isayev, M. A. Belousov, N. N. Zelenin, T. S. Zokirov, B. P. Machigin, I. N. Niyozaliyev, P. V. Protasov, T. P. Piroxunov, G. I. Yarovenko va boshqalarning ishlari muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda Tuproqshunoslik va agrokimyo institutda, qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlaridagi A. kafedralarida A. masalalarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot ishlari olib boriladi. Ad.: Protasov P. V., Niyozaliyev I. N.,Toirov T. 3., Paxtachilikdaagroximiya, T., 1981; Zokirov T. S, Pochvenno-agro-ximicheskiye osnovi xlopkovodstva, T., 1987. I. N. Niyozaliyev, T. 3. Toirov.
Ozbekiston qishloq xojaligi samaradorligi ogitlar ishlab chiqish va qollash bilan bevosita bogliqdir. Mineral va organik ogitlarni togri qollash qishloq xojalik ekinlaridan yuqori hosil olish va tuproq unumdorligini uzluksiz oshishini taminlaydi. Ogitlardan rasional foydalanish davlat ahamiyatidagi vazifa hisoblanib, uning asosini agrokimyoviy xizmat korsatish tashkil qiladi. Ogitlardan samarali foydalanish eng birinchi navbatda agrokimyogarlarga bogliq. Hozirgi paytda mineral ogitlarni qollash boyicha bir necha asrdan beri turgan muammolar kotarilmoqda. Shunday muammolar jumlasiga quyidagilar kiradi: bir joyda mineral ogitlarning yuqori dozasini muntazam ravishda qollash; ogitlarni osimlik mahsuloti sifatiga, tuproq unumdorligiga tasiri; bir qator agrotexnik tadbirlarni ogitlar samaradorligiga tasiri; ogitlarni atrof-muhitga tasiri.
Qollanilayotgan tuklarning samaradorligi tuproq, ogit xossasiga, osimlikning biologik xususiyati, iqlimi,ob-havo, agrotexnik va boshqa sharoitlarga bogliq. Ularning hammasi kop bilim, ilmiy kadrlar va agrokimyogar mutaxassislarning agrokimyoviy izlanish usullari boyicha tayyorgarlik darajasini oshirishni talab qiladi.
Har bir predmet va fan oz uslubiga ega boladi. Chunki olinayotgan natijalar, yaratilgan nazariyalar, qilinayotgan xulosalar malum bir uslub yordamida kuzatish, tajriba, tadqiqot olib borish asosida yuzaga keladi. Shuning uchun ham bu natijalar, nazariya va xulosalarning ishonchliligi tanlab olingan uslubning togriligi, mukammalliligi va zamonaviyligiga bogliqdir. Bu qollanilayotgan uslub metodning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
METOD (grekcha methodos) 1) tabiat va jamiyatdagi xodisalarni tekshirish va bilish usuli; 2) qandaydir bir faoliyatdagi usular yoki uslublar tizimi.
METODIKA 1) biror narsani amalda bajarish uchun kerak boladigan metodlar, usullar majmuasi; 2) bu yoki u fanning oqitish metodlari togrisidagi talimot.
METODOLOGIYa (grekcha logos - talimot) 1) bilishning ilmiy metodi togrisidagi talimot; 2) qandaydir fanda qollaniladigan tadqiqot usulari yigindisi.
Shunday qilib, agrokimyoviy izlanish uslublari fani agrokimyoda qollanilayotgan tadqiqot usullari bilan tanishtiradi. Bu usullar vaqt otishi bilan ozgarib, rivojlanib boradi. Bu esa oz navbatida agrokimyo fanining rivojlanishiga, osimlik oziqlanishi,tuproq kimyosi, ogitlarni qollash,dehqonchilikda moddalarning aylanishi hamda osimlik, tuproq va ogit ortasida kechadigan obyektiv bor bolgan qonuniyatlarni ochib berishga imkon beradi. Misol uchun nishon atom uslubining paydo bolishi agrokimyoda evolyusion ozgarishlarga olib keldi.
Kimyoviy va biologik ilmiy tadqiqot usullarini paydo bolishi bilan miqdor analizi usullaridan amalda faydalanilgandan song agrokimyo fan sifatida yuzaga keldi va ekspremental fan sifatida rivojlandi.
Akademik D.N.Priyanishnikovning aytishicha, osimliklar oziqlanishiga bolgan qarashlar rivojlanishi tabiiy fanlardagi, eng avvalo, kimyodagi progressga bogliqdir.
Shunga qaramay, agrokimyo ozining spesifik izlanish usullariga ega. Unda fan va uslub bir vaqtda rivojlanadi. Kop uslublarning paydo bolishi parallel ravishda yangi agrokimyoviy muammolarni paydo bolishi va rivojlanishiga sabab boladi.
I.P.Pavlov “Fan uslubdagi muvaffaqiyatlarga bogliq ravishda sakrashlar korinishida rivojlanadi degan edi. Hozirgi sharoitda agrokimyogarlar agrokimyo fani yutuqlarini organishi va ularni bevosita ishlab chiqarishga joriy qilishi kerak. Hozirgi paytda agrokimyo va agrokimyoviy izlanish usullarining jahon miqyosidagi yutuqlarini biladigan va ishlab chiqarishga joriy qila oladigan mutaxassislar kerak.
Konkret sharoitni organmasdan, qishloq xojalik ishlab chiqarishda bevosita ogitlar bilan tajriba qoymasdan, yani agrokimyogar izlanish usullarini bilmasdan turib, qishloq xojalikni ilmiy asosda togri yuritish mumkin emas. Agrokimyogar ozi ishlaydigan xojalikda fan yutuqlarini tanlab olish va ularni tajriba yoli bilan tekshirib korishni bilishi kerak.
Agrokimyo fani nazariy tadqiqotlarni ishlab chiqarish talablari bilan jiddiy boglaydi va olingan natijalarni qishloq xojalik amalyotiga joriy qiladi. Ammo ogitlar bilan qoyilgan tajribalar togri javoblarni faqat ularni otkazish uslubini yaxshi bilgan sharoitdagina beradi.
Bussengoning aytishicha, uslub ilmda eng asosiy muhim narsadir.
D.N.Pryanishnikov: «Uslubni egallash begona xulosalarni eslab qolishdan muhimroqdir degan edi. Shuning uchun ham oliy kimyoviy talim tizimiga «Agrokimyoviy tekshirish usulari kursi kiritilgan.
Kurs ogitlarni samarali qollashning asoslari va osimliklar oziqlanishini organish uchun agrokimyogarlar tomonidan ishlarda tajriba ishlarida va ishlab chiqarishda foydalanadigan nazariy asoslarni va tadqiqot usullari texnikasini korib chiqadi.
Arokimyoviy izlanish usullari rivojlanishida statik usullardan dinamik usullarga bu yoki u hodisa statistikasini organishdan omillar ozaro tasir qilganda hamda tuproqqa qollanilayotgan ogitlar tasiri ostida osimlik, tuproqda kechadigan jarayonlar dinamikasini organishga otish tendensiyasi juda aniq kuzatilmoqda.
Qishloq xojalik analizi usullari evolyusiyasi togrisida koplab misollar keltirish mumkin. Agar oldin vegetasiya oxirida osimlikning oziq moddalarni olib chiqib ketishi asosiy ahamiyatga ega bolgan bolsa, endi esa rivojlanish fazalari boyicha bu yoki u oziq moddalarni osimlik yutishiga asosiy rol berilmoqda. Kopincha bir butun osimlik analiz qilinmaydi, faqat uning alohida organlari (poyasi, ildizi, bargi, mevasi oxiri) analiz qilinadi: barglar analiz qilinganda ularning yaruslari hisobga olinadi. Tadqiqotchini nafaqat oziq elementlarning umumiy miqdori balki osimlikda moddalar aylanish qonuniyatini chuqur ochib berishga imkon beradigan har xil shakldagi birikmalar miqdori ham qiziqtiradi.
Tuproqni yalpi analiz qilish usubidan ularning tarkibiy qismlarini, yani har xil shakldagi birikmalarni (fosfatlarni guruhiy tarkibini Chirikov boyicha, mineral fosfatlarning shakllari Changa va Jekson boyicha, azotli birikmalarning guruhlari Vorobyev boyicha va shu kabilar) aniqlash usullariga otish kuzatilmoqda. Ozlashtiruvchan shakldagi oziq moddalarni, shu jumladan tuproqdagi harakatchan fosfor birikmalarini organadigan usublarda kuchsiz kislotalar sorimi yordamida bir marta ajratib olish (Dayer, Arrenius, Bogdanov uslublari va boshqalar) orniga boshqa uslublar taklif qilingan: qayta ekstraksiyalash (Vrangel), eruvchanlik egri chizigi (Bobko, Maslova), “Muvozanatning kritik konsentrasiyasi” (Demolon va Barbye) va boshqalar. Bular vaqt davomida tuproq va ogitlardagi fosfor bilan boradigan jarayonlarni chuqur tushunishga imkon beradi. Bu yonalishda fosforning radioaktiv izotoplarini ishlatish yana ham katta imkoniyatlar beradi.
Analiz uslublarining rang-barangligi ulardan birini yaxshi organib olish va faqat uni oz ishimizda qollashimiz yetarli ekanligini bildirmaydi. D.N.Pryanishnikov agrokimyoda har xil izlanish uslublarini parallel birga olib borish kerakligini takidlaydi. Bu yoki u uslub (dala, vegetasion, laboratoriyaviy) bilan yechiladigan vazifalar bir xil emas. Agrokimyoda bularning hyech qaysisi boshqa uslubni ornini bosolmaydi, balki toldiradi. Faqat har xil agrokimyoviy tekshirish uslublarini birga qollash va har qaysi uslubga qoyiladigan asosiy talablarga qatiy rioya qilish natijasida yechilishi kerak bolgan savollarga aniq va toliq javob olish mumkin. Shuning uchun ilmiy va ishlab chiqarish xodimlari bu yoki u izlanish uslublarini togri tanlab olishni va ularni oz ishida bir-biridan ajratgan holda emas, balki kompleks holda qollashni bilishi kerak.
Ozbekistonda “Agrokimyoviy izlanish usullari fani uzoq tarixga ega. Bundan tashqari hozirgi paytda Ozbekistonda qabul qilingan standart usullarining absolyut kopchiligi usha joylarda va vaqtda ishlagan olimlarning nomi bilan bogliq.
D.I.Mendeleyev, K.A.Timiryazev, D.N.Pryanishnikov, P.S.Kossovich, K.K.Gedroys va boshqa olimlarning ishlari asosida agrokimyoda muntazam tizimiy tadqiqotlar paydo boldi. Vegetasion va dala tajriba uslublarini, osimlik, va ogitni kimyoviy analiz qilishning laboratoriyaviy uslublarini ishlab chiqishda malum bir muvafaqiyatlarga erishildi. Bir qator qishloq xojalik tajriba stansiyalari va agrokimyoviy laboratoriyalar tashkil qilindi.
D.I.Mendeleyev birinchi bolib ogitlar bilan jogrofik tarmoqda dala tajribalarni otkazishni tashkil qildi.
K.A.Timiryazev osimlik oziqlanishini organish uchun vegetasion uslubni kiritdi. U ogitlar bilan kop dala tajribalari qoyish tarafdori edi. Ilmiy ishda vegetasion va dala tajriba uslublarini birga olib borish kerakligini korsatdi. K.A.Timiryazev tashabbusi bilan Rossiyada vegetasion uychalar qurildi.
P.S.Kossovich vegetasion tajriba uslubi va tuproq hamda ogitni kimyoviy analiz qilish uslublarini rivojlantirish va mukammallashtirish boyicha kop ishlar otkazdi. U 1990 yil Rossiyada birinchi bolib Opisaniye metoda kulturnыx opыtov v sosudax” deb nomlangan vegetasion tajriba uslubi bo’yicha qo’llanma chiqardi.
Ko’p ishlar vegetasion uslubni ishlab chiqish va takomillashtirishga bag’ishlangan: ajratib oziqlantirish uslubi (I.S.Shulov) steril kulturalaruslubi, (G.G.Petrov, I.S.Shulov, Ye.V.Bobko), oquvchi kulturalar uslubi (I.G.Dikusar), fraksiyalashtirilgan oziqlanish uslubi (B.A.Golubev), perekolyasiya uslubi (M.K.Domontovich, V.A.Polosin), aralash ekinlar uslubi (M.K.Domontovich, A.G.Shestakov).
D.N.Pryanishnikov qumli kulturalar uchun yangi ozuqa aralashmasini tuzdi. Oziqa aralashmalarini yaxshilash boyicha, asosan har xil ekinlar uchun optimal reaksiyani aniqlash boyicha kop ishlar bajarildi (F.V.Chirikov, I.V.Yakugkin, D.N.Pryanishnikov, M.K.Domontovich, Sh.R.Sinsadze, T.T.Bemidenko) va boshqalar.
D.N.Pryanishnikov tuproq va ogit kimyoviy analiz usullariga katta ahamiyat beradi. Ye.V.Bobko va D.L.Askinazi singdirish sigimini aniqlashning universal taklif qildi. B.A.Golubev tuproqning ohaklashga bolgan talabini tuproq namunalarini kalsiy karbonat bilan ozaro tasir qildirib organdi. Shu yol bilan aniqlashni va fosforit tasirini oldindan aytib berishni (bashorat qilishni) laboratoriyaviy usulini yaratdi. S.S.Yarusov tuproqda singdirilgan kalsiyni aniqlash uslubini takomillashtirdi. D.N.Pryanishnikov va uning xodimlari tuproqning ogitlarga bolgan talabini aniqlash uslubini baholash boyicha tadqiqotlar otkazdi. Vegetasion va laboratoriya uslublari bilan bir qatorda D.N.Pryanishnikov ogitlar bilan dala tajribalari otkazish uslubini ishlab chiqdi. 1926-1930 yillarda D.N.Pryanishnikov va A.N.Lebedensev rahbarligida ogitlar ilmiy institutining jogrofik tajribalari otkazildi. D.N.Pryanishnikovning umumiy rahbarligida 1941 yil ogitlar boyicha tajribalarning jogrofik tarmogi yaratildi.
1912 yilda MQXI (hozirgi K.A.Timiryazev nomli MQXI-TQXA) tajriba dalasida almashlab ekish va monokulturada ogitlar bilan nodir dala tajribalari qoyildi. Bu 80 yildan oshiq vaqt davom etib kelmoqda. D.N.Pryanishnikov sxemalari boyicha va ilmiy rahbarligida Dolgoprud tajriba stansiyasi va Lyuberesk tajriba dalasida fosforit uni tasiri, mineral ogitlar qiyosiy tasiri, ohaklash, gong, mineral ogitlar shakllarini organish boyicha kop yillik dala tajribalari qoyildi.
Mironov tajriba stansiyasida (Hozirgi Mironov bugdoy seleksiyasi va urugchiligi ilmiy tekshirish instituti) 1912 yildan beri gong va mineral ogitlarning kuchsiz ishqorlangan baquvvat qora tuproqlar unumdorligi va lavlagili almashlab ekish ekinlarining hosildorligiga qiyosiy tasirini organish boyicha otkazilayotgan kop yillik dala tajribalari katta ahamiyatga ega.
Gong va mineral ogitlar bilan eng uzoq muddatli tadqiqotlar Angliyadagi Rotamsted tajriba stansiyasida olib borilmoqda (tajribalar 1843 yil Looz tamonidan qoyilgan ).
K.K.Gedroys tuproq kulturasida vegetasion tajriba qoyish uslubi boyicha ish bajardi. Bunda u tuproq hajmi, ekinlar qalinligi, idishdagi tuproqning zichlanish darajasini osimlik hosiliga tasirini organdi. U tomonidan tuproq singdirish kompleksini organish sohasida fundamental uslubiy tadqiqotlar olib borildi, tuproqni kimyoviy analiz qilish usullari (singdirilgan asoslar, singdirilgan vadorod, tuproqning asoslar bilan toyinganlik darajasi va singdirish sigimini aniqlash) va shorhoklarni gipslash usubi boyicha klassik qollanma bir necha marta nashr qilindi.
1946 yilda V.M.Klechkovskiy tomonidan Timiryazev nomli Moskva qishloq xojalik akademiyasining agrokimyo kafedrasida radioaktiv izotoplarni qollash boyicha tadqiqotlar boshlagan. U 1947 yilda sobiq SSSR da birinchi bolib nishon atom uslubini ishlatib osimliklar oziqlanishi va ogitlarni qollash masalalarini chuqur organish bilan bir qatorda agrokimyoviy tadqiqotlarda radioaktiv izotoplar qollash uslublarini ishlab chiqishga katta etibor beradigan tadqiqot laboratoriyasini tashkil qildi.
Biofizikaviy laboratoriya qishloq xojaliq tadqiqotlarida izatop uslubini joriy qilish boyicha ilmiy markaz hisoblanadi.
Radioaktiv izotop yordamidagi uslubiy tadqiqotlar A.V.Sokolov tomonidan otkazilgan, bunda u fosfor radioizotopini qollagan holda tuproqdan ozlashtiriladigan fosfatlarni aniqlash uslubini taklif qilgan.
Ogitlar va insektofungisidlar ilmiy tekshirish institutida azotli oziqlanish va tuproq hamda osimlikda azot aylanishi va almashinishini organishda 15N stabil izotopi yordamida oziga xos noyob tadqiqotlar otkazilgan (F.V.Turchin).
K.A.Timiryazev nomli MQXA da (P.M.Smirnov) har xil sharoitlarga bogliq ravishda azotli ogitlar shakllarining ozgarishi qishloq xojalik mikrobiologiyasi ITI da (N.A.Sapojnikov xodimlari bilan) unumdroligi har xil bolgan chim-podzol tuproqlarda azotli ogitlarning samaradorligi organildi, ogitlar va agrotuproqshunoslik ITIda (D.A.Korenkov) suyuq va qattiq azotli ogitlar agrokimyoviy baholanganda 15N stabil izotopidan foydalanilgan.
Endi qisqacha Markaziy Osiyo tajriba ishlari tarixi to’g’risida
1921 yilgacha Markaziy Osiyoda ilmiy - tekshirish tashkilotlari kam bo’lgan.O’sha davrda R.R.Shreder, M.M.Busheuv, V.S.Malыgin, N.I.Kurbatov kabi yirik agronom olimlar ishlagan. Turkiston olkasida tajriba stansiya va dalalari bolgan.
1921-1926 yillar davomida Turkiston seleksiya stansiyasi, keyinchalik seleksiya institutiga aylantirilgan, Markaziy seleksiya stansiyasi, Oqqovoq tajriba sugorish stansiyasi, ogitlash stansiyasi, mashina sinash stansiyasi, Tuproqshunoslik instituti, suv xojalik instituti, paxtachilik tajriba zavodi va shu kabilar tashkil etilgan.
1929 yilda paxtachilik ilmiy tekshirish instituti tashkil qilindi. 1930 yilda ilmiy tekshirish tarmogi qoyidagilar hisobiga kengaydi. Tajriba stansiyalari, suv xojalik boshqarmasi, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgiziston, Qozogiston, Kavkazorti respublikalari xalq komiteti (narkomzem) paxtachilik boshqarmasi va yangi paxtachilik rayonlari. Bu davrda institut «Butunittifoq paxtachilik, paxta sanoati va irrigasiya ilmiy-tekshirish instituti» deb atalgan.
1954 yilda paxtachilik ITI ning mexanizasiya va agrotexnika markaziy stansiya bazasida sugoriladigan dehqonchilikni (yerlarni) mexanizasiyalash va elektrifikasiyalash Markaziy Osiyo ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi.
1937 yilda Milyutin davlat seleksion stansiyasi tashkil etildi.Hozirgi paytda Ozbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti deb ataladi. Bu institut lalmikor dehqonchilikda don yetishtirish agrotexnikasi ishlab chiqish va yangi navlar yaratish bilan shugullanadi.
1926 yilda Chirchiq daryosining ong qirgogidagi sholichilik massivida Ozbekiston sholichilik tajriba stansiyasi tashkil etildi.Hozirgi vaqtda bu stansiya sholichilik ilmiy tekshirish institutiga aylantirilgan.
Kanop va jut (Hindiston kanopi) boyicha ilmiy tekshirish ishlari Ozbekiston tolali ekinlar tajriba stansiyasida olib borildi.
1930 yildan boshlab tolali ekinlar boyicha ilmiy ishlarni Markaziy Kender stansiyasi, keyinchalik esa tolali yangi osimliklar institutining Lunacharskiy tayanch punkti olib bordi. 1940 yilda bu tayanch punkti stansiyaga aylantirildi. Markaziy kender stansiyasi esa Orta Osiyo ilmiy tekshirish stansiyasiga aylantirilgan.
1933 yilda sabzavotchilik tajriba stansiyasi tashkil etildi, u hozirgi paytda seleksiya va agrotexnik tadbirlari ishlab chiqish bilan shugullanadi.
Ozbekistonda bogdorchilik va uzumchilik boyicha ilmiy tekshirish ishlar R.R. Shreder nomli Ozbekiston meva-rezavor xojaligi stansiyasida, Samarqand seleksion pitomnik stansiyasida, Ozbekiston uzumchilik tajriba stansiyasida, VIR ning Orta Osiyo bolimida, Orta Osiyo Davlat universitetining kafedralarida otkazilgan. 1942 yildan boshlab uzumchilik va vino tayyorlash boyicha tadqiqot ishlarini «Magarach institutining Orta Osiyo filiali olib boradi.
R.R.Shreder nomli Ozbekiston meva-rezovar xojaligi stansiyasi 1933 yilgacha Turkiston, keyin esa Ozbekiston qishloq xojalik tajriba stansiyasi deb atalgan, 1930 yil Ozbekiston bogdorchilik va uzumchilik stansiyasi , 1931 yil esa Ozbekiston meva-rezovor xojaligi stansiyasi deb atalgan.
Orta Osiyoda ipakchilik boyicha birinchi ilmiy tekshirish tashkiloti Orta Osiyo pillachilik ilmiy tekshirish instituti -1927 yilda ikki yil oldin paydo bolgan Toshkent pillachilik stansiyasi bazasida tashkil etildi.
1933 yil Ozbekistonda Orta Osiyo markaziy ormon tajriba stansiyasi tashkil etildi. Bu institut Butunittifoq agroormonmeliorasiyasi ilmiy tekshirish institutining filiali edi.
1940 yil Ozbekiston agroormonmeliorasiyasi va ormon xojaligi ilmiy tekshirish instituti tashkil etildi.
1929 yil Samarqand qishloq xojalik instituti tashkil etildi.Bu institutda agrokimyo va tuproqshunoslik bolimi va agrokimyo kafedrasi mavjud.
Hozirgi paytda Ozbekiston Respublikasi tarkibida agrokimyoviy tadqiqotlar boyicha bolim va laboratoriyalari bolgan qishloq xojalik ilmiy tekshirish tashkilotlar tizimi tashkil qilingan.Bular qoyidagilar;
1.Qishloq xojalik fanlar akademiyasi.
2.Muhim ekinlar boyicha soxaviy ilmiy-tekshirish institutlari.
3.Zonal ilmiy-tekshirish institutlari.
4.Kompleks tajriba stansiyalari.
5.Nav sinash tajriba stansiyalari.
6.Tajriba–namunaviy xojaliklar.
Maxsus ilmiy-tekshirish institutlaridan tashqari ogitlarni samaradorlik masalalarini ilmiy ishlab chiqish 4 ta oliy oquv yurt va 13 ta ishlab chiqarish agrokimyoviy laboratoriyalarda olib boriliyapti.Bu tizim tadqiqotlarni nazariya bilan amaliyotni yaqin boglab olib boradi va olingan natijalarni qishloq xojalik ishlab chiqarishiga joriy qiladi.Bu dehqonchilik madaniyatini kotarilishiga , tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligi va mahsulot sifatini oshishiga imkon beradi.
Agrokimyo kompleks fandir. U tuproq unumdorligi, qishloq xojalik ekinlari hosildorligini oshirish va mahsulot sifatini yaxshilashning nazariy asoslarini va agrokimyoviy tadbirlarni ishlab chiqish bilan shugullanadi. Bu muammoni yechish uchun bilimimizni doimiy ravishda kengaytirishimiz, osimlik osishini kerakli tomonga ozgartiradigan radikal va samarali usullarni topishimiz, qishloq xojalik ekinlarining muhit sharoitiga yaxshi moslashgan yangi navlarni yaratishimiz va osimliklarni talabiga qarab ular osayotgan sharoitini ozgartirishimiz kerak.
Agronomik kimyoning asoschilaridan Bussengo, K.A.Timiryazev va D.N.Priyanishnikov ozlarining pedagogik va ilmiy ishlarida agrokimyoviy tekshirish usullariga, ularni togri tanlay bilishga va ushbu usullardan agrokimyoning nazariy va amaliy muammolarini yechishda oqilona foydalanishga katta ahamiyat berganlar. Bussengoning aytishicha - «Uslub ilmda eng asosiy muhim narsadir». D.N.Priyanishnikov: - «Uslubni egallash begona xulosalarni eslab qolishdan muhimroqdir» degan edi. I.P.Pavlov - «Fan uslubidagi muvaffaqiyatlarga bogliq ravishda sakrashlar korinishida rivojlanadi» deb aytgan edi. Fanning rivojlanishi uslublarning takomillashishiga, yangilarining paydo bolishiga bogliq. Bunda fan va uslub bir vaqtda rivojlanadi. Kop uslublar parallel ravishda yangi agrokimyoviy muammolarni paydo bolishi va rivojlanishiga sabab boladi.
Agrokimyo fani spesifik, yani maxsus, oziga xos va tegishli bolgan tadqiqot uslublariga ega (dala, vegetasiya, laboratoriya). Lekin shu bilan birga agrokimyo fani kimyo, fizika, matematika, osimliklar fiziologiyasi, tuproqshunoslik, mikrobiologiya kabi fanlarning uslublaridan ham foydalanadi. Bu uslublar osimlik va tashqi muhit sharoitida olib boriladigan kuzatishlar bilan birgalikda ilmiy agronomiyaning muhim instrumentlarini tashkil qiladi.
Agrokimyoviy uslublar ikkita guruhga bolinadi: biologik va iqtisodiy statistik.
Biologik uslublar oz navbatida: dala, fiziologik, agrokimyoviy va laboratoriya uslublariga bolinadi. Dala tajribalariga: qisqa muddatli, uzoq mudatli stasionar, ishlab chiqarish, geografik, kichik paykalli, kochib yuruvchi kabi tajribalar kiradi. Fiziologik agrokimyoviy uslublarga: vegetasion (uychalarda, pavilon), lizimetrik va fitotronda otkaziladigan tajribalar kiradi.
Laboratoriya uslublariga: kimyoviy, fizik-kimyoviy uslublar kiradi. Ular ham oz navbatida: fotometrik, xromatografik, spektroskopik rentgenofluoressent, neytronnoaktivasion, mass-spekrometrik, atom-absorsion spektrofotometriya kabilar kiradi.
Agrokimyoning maqsad va vazifalariga mos ravishda tadqiqot uslublari ham kengaydi.
Dala tajribasi dehqonchilikning asosiy masalalarini ekprimental organishning muhim uslubi hisoblanadi. Dala tajribasining oziga xosligi madaniy osimliklarning oziqlanishini, ogitlash tizimini bevosita ishlab chiqarish yoki unga yaqin sharoitda tuproq, iqlim va agrotexnologik tadbirlar majmuasi bilan birga organishdir. Dala tajribasi hosil va unga tasir qiluvchi vositalar ortasidagi, agrokimyodagi nazariy tadqiqotlar bilan qishloq xojalik amaliyoti ortasidagi bogliqlikni aniqlaydi. Dala tajribasi natijalari boyicha xulosa qilish va ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan oldin ularni ishlab chiqarishda joriy qilingan agrotexnologik tadbir bilan qiyosiy organilishi kerak.
Tajriba, falsafa nuqtai nazaridan, insonlar jamoat va ishlab chiqarish faoliyatning bir qismi bolib, bu faoliyat tabiat sirlarini bilish va inson hukmiga boysundirish maqsadida material dunyoning obyektiv qonunlarini ochib berishga yonaltirilgan.
Tajriba, texnikaviy nuqtai nazardan, bu shunday organishki, bunda tadqiqotchi tabiat hodisalarini suniy ravishda yuzaga keltiradi yoki sharoitni shunday ozgartiradiki, bunda hodisaning mohiyati kelib chiqishi, sababi hamda predmet va hodisalarning ozaro bogliqligini juda yaxshi ochib beradi.
Agrokimyoviy dala tajribasi bu ogitlarning qollash dozasi, muddati, uslubi, shakli, turi, nisbatini konkret tuproq-iqlim sharoitida qishloq xojalik ekinlari hosildoriligiga va mahsulot sifatiga, tuproq unumdorligi va dehqonchilikda moddalarning aylanishiga tasirini aniqlash maqsadida dala sharoitida maxsus ajratilgan uchastkada tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan iborat. Dala tajribasi har bir ekin turi va tuproq-iqlim sharoiti uchun alohida otkaziladi. Bir ekin uchun olingan malumotlar ikkinchi ekin turi uchun, malum bir tuproq-iqlim sharoitida olingan malumotlar boshqa xil sharoit uchun togri kelmaydi. Dala tajribasi tajriba sxemasi, variantlar, qaytariqlar, yarus, paykal, paykal maydoni, yonalishi va shakli kabi tushunchalarni oz ichiga oladi. Ularning kopchiligi dala tajribasi malumotlarining aniqligiga katta tasir korsatadi.
Variant bu organiladigan agrotexnik tadbir, yoki boshqalariga oxshamaydigan oziqlanish sharoiti. U suniy ravishda yaratiladi. Variantlar majmuasi tajriba sxemasi deyiladi.
Dala tajribasi kamida 34 qaytariqdan iborat boladi. Har qanday tajriba sxemasidagi variantlar soni va mazmuni, mavzu nomi, maqsadi va vazifasidan kelib chiqadi.
Variantlar soni tajriba tipikligiga tasir qila olmaydi, lekin tajriba xatoligiga ishonarli tasir qilishi mumkin.
Tajriba xatoligiga paykal maydoni va shakli, qaytariqlarlar soni ham tasir korsatadi. 1942 yilda TSXA va NIUIF ning Orta Osiyo filiali Samarqandda tajriba otkazgan va ikkita mazmuni bir xil (variant) paykaldan ikki xil hosil olgan: 9-paykaldan 612,7 s/ga; 20-paykaldan 269,3 s/ga. Ushbu parallel paykalar bir-birdan 2,5 marta farq qilgan (N90P135K90). Mineral ogitlardan olingan samara 40 60 % dan oshmagan. Bunga sabab 20-paykal suv yumalab oqib ketadigan joyda, 9-paykal esa suv toplanadigan pastlikda joylashganligidadir. Varinlar soni 12-16 tadan oshmasligi kerak. Dala tajribasida nishablik 0,01-0,02 dan oshmasligi kerak. Dala tajribasi natijalarining qimmati malum bir uslubiy talablarga rioya qilishga bogliq. Bulardan muhimlari quyidagilar: tipiklik, yagona mantiqiy farq prinsipi, tajribani maxsus ajratilgan va unumdorligi boyicha yetarli darajada bir xil bolgan uchastkada otkazilishi kerakligi, hosildorlikni albatta hisobga olishlik, tajriba aniqligi, ishonchliligi.
Kichik paykalli tajribalarda bitta paykal maydoni 10 m2 dan kichik bolib, kopincha 35 m2 ni tashkil etadi. Bu tajribalar chuqur yoki izlanuvchan (dastlabki) eksperimentlar olib borish uchun otkaziladi. Bu tajriba kopincha vegetasion va lizimetrik tajribalar bilan qoshib olib boriladi.
Kichik paykalli tajribalarda kopincha nishonlangan atomlar (izatoplar) ishlatiladi, tuproqlarni yuqori unumdorli modeli yaratiladi va tekshirib koriladi, ogitlarning yangi turi va shakli sinovdan otkaziladi. Qisqa muddatli dala tajribalarida malum bir tuproq sharoitida ogitlaning tasiri kamida uch yil organiladi. Bu tajriba amaliy ahamiyatga ega. Uzoq muddatli dala tajribasi bu stasionar tajriba bolib, u almashlab ekishning bitta rotasiyasidan kop vaqtni oz ichiga oladi. Uzoq muddatli stasionar tajribalar almashlab ekishda har xil ogitlash tizimlarining samaradorligini baholashga imkon beradi. Almashlab ekishni ogitlar bilan qanday toyinishi kerakligini, almashlab ekish ekinlari boyicha organik va mineral ogitlarni optimal taqsimlash yollarini aniqlab beradi. Ogitlarni uzoq muddatli tasirini aniqlab beradi. Oziq moddalar balansini organish imkonini beradi.
Vegetasion tajriba dala tajribasiga yordamchi bolib, u maxsus idishlarda va vegetasion uychalarda otkaziladi. Bu usulning asoschilaridan biri bolib fransiyalik olim J.B.Bussengo hisoblanadi. U oz tadqiqotlari asosida «Osimliklarning oz fikrini bilish kerak” degan mezonni qoydi. Vegetasiya sozi lotincha “vegetatio osib chiqish sozidan kelib chiqqan. Vegetasion uslub shunday tadqiqotki unda alohida ajratib olingan omillar yoki ularning birgalikdagi toplamining osimlik hosili va sifatiga tasirini organish uchun qatiy nazorat qilinadigan sharoitda osimliklar idishlarda ostiriladi.
Osimliklarni har xil idishlarda, maxsus qurilgan imoratlarda fitotronlarda, vegetasion uychalar, issiqxonalar, stellajlar, metali tor yoki tiniq plenka bilan oralgan joylarda suniy sharoitlarda ostirish tadqiqotning vegetasion usuli yoki vegetasion tajriba deb ataladi. Tadqiqotning mohiyati suv,qum yoki tuproq bilan toldirilgan suniy, lekin eksperimentator tomonidan tartibga solib turiladigan va agrokimyoviy jihatdan asoslangan sharoitda vegetasion idishlarda osimliklarni ostirishdan iborat.Idishlar shisha, sopol, polietilen,sirlangan, rux bilan qoplangan temir kabi materiallardan tayyorlangan bolib, sigimi osimlik turiga qarab 1 30 kg absolyut quruq tuproq ketadigan bolishi mumkin.
Vegetasion tajribada osimliklarning osish va rivojlanish omillari bolgan namlik, harorat, yoruglikni qatiyroq hisoblash va boshqarish imkoniyati yaratiladi. Vegetasion tajribaning bazi modifikasiyalarida, yani qum va suv kulturalarida oziq muhitlarni ham qatiy hisoblash va organish mumkin.
Organilayotgan jarayonlar qonuniyatlarini hamda ularni hosil qiluvchi va chaqiruvchi sabablarini bilishni mufassal kimyoviy va fiziologik tadqiqotlarsiz amalga oshirib bolmaydi. Shuning uchun ham D. N. Pryanishnikov - «Vegetasion uslubning vazifasi jarayonlarning mohiyatini ochish va alohida olingan omillarning ahamiyatini, eng avvalo osimlik, tuproq va ogitlar rolini buning uchun qulay sharoitda aniqlash hisoblanadi» deb takidladi. Bundan tashqari, vegetasion uslubning vazifasi alohida olingan omillar va ularning har xil birgaligi tasirini aniq ajratishga imkon beradigan, oson boshqariladigan va qatiy taqqoslanadigan sharoitlarda osimliklarning oziqlanishi, osish va rivojlanish qonuniyatlarini organishdan iborat. Har xil modifikasiyada otkaziladigan vegetasion tajribalar osimliklar oziqlanishi va ogitlarni qollashning alohida masalalarini chuqur organish va ular har birining rolini aniqlash uchun eksperimentatorga keng imkon yaratib beradi.
Agar dala tajribasida tasodifiy sharoitlar (qurgoqchilik va boshqalar) organilayotgan omilga kuchli tasir qilishi mumkin bolsa, vegetasion tajribada esa bu omilni ajratib olib, qatiy hisoblagan va boshqargan holda organish mumkin.Vegetasion tajriba dala tajribasiga qaraganda kata aniqlikdagi natijalarga erishishga imkon beradi.
Osimliklar hayoti uchun zarur bolgan oziq elementlarni aniqlash, azotofiksasiyani organish, osimliklarning ammoniyli va nitratli oziq moddalar bilan oziqlanishini taqqoslash, har xil shakldagi fosfatlarning osimliklar tomonidan ozlashtirilishini aniqlash, yoruglik va haroratni osimlik oziqlanishiga tasirini organish faqat vegetasion uslub yordamida muvaffaqiyatli hal etiladi.
Vegetasion usul osimliklar oziqlanishi va ogitlarni qollash masalalarini tadqiqot qilishda kerakli bosqich hisoblanadi.
Agrokimyo va osimliklar fiziologiyasida mineral va havodan oziqlanishni, suv va yoruglik rejimlarini, sovuqqa, qurgoqchilikka va shorlanishga chidamliligini, osish va rivojlanish qonuniyatlarini hamda tuproq unumdorligini va ogitlar samaradorltgini organishda vegetasion uslub eng kop qollaniladi.
Ammo vegetasion uslub dala tajribasining ornini bosa olmaydi, chunki vegetasion tajribada osimlik osish sharoiti va oziq moddalradan foydalanishi dalada osimliklarning osish, rivojlanish va oziqlanish sharoitidan keskin farqlanadi.
Vegetasion va dala tajribalrida osimliklarning oziq moddalarni ozlashtirishi ortasidagi farqlar qoyidagilardan iborat: 1) Vegetasion tajribada odatda tuproqning faqat bitta qatlamdagi oziq moddalarni ozlashtiradi. Dala tajribasida har xil qatlamlardagi oziq moddalar ozlashtiriladi. 2) Vegetasion tajribalarda oziq moddalar bir necha kop marta intensiv ozlashtiriladi. 3) Vegetasion tajribada daladagiga qaraganda oziq moddalarning mobilizasiyalanishi boshqacha boladi.
Bir qator masalalar borki, ularni vegetasion uslub yordamida yechish mumkin emas, ularga qoyidagilar kiradi: almashlab ekishda ogitlarni joylashtirish, ogitlarni boshqa agrotexnik tadbirlar bilan bogliq ravishda organish, shu jumladan faqat dala tajribalarida organish mumkin bolgan tuproqqa ishlov berish tuzilishi bilan, osimliklarni parvarish qilish bilan birga organish masalalari. Vegetasion uslubning qimmati dala tajribalarining ornini bosishda emas, balki ularda olingan natijalarning dala tajribalarida kuzatilgan hodisalar sabablarini tushunishga imkon berishidadir.
Birinchi vegetasion tajriba 1629 yil Bryusselda Van Gelmont tomonidan otkazilgan. Vegetasion uslubning qoyidagi turlari mavjud: tuproq, qum, suv kulturalari, oquvchi eritmalar uslubi, izoliasiyalangan sharoitda oziqlanish, steril kulturalar, gidroponika, agregatoponika, aeroponika, plastoponika.
Lizimetrik tajribalar tabiiy sharoitda tuproqda suvni va oziq moddalarni harakatlanish dinamikasini organishga imkon beradigan maxsus priborlar lizimetrlar yordamida dalada tuproq xossasi, osimlik oziqlanishi, osishi va rivojlanishi, oziq moddalar harakati va balansini tadqiqot qilish uslubidir. Lizimetr sozi grekcha «lysos-erish yoki xolos qilish sozidan kelib chiqqan.
Lizimetrik tadqiqotlarni birinchi bolib atmosfera yogingarchiliklarining sizot suvlarini oziqlantirishdagi rolini aniqlashda ingliz olimi Jon Dalton qollagan.Uning ishlari 18 asr oxiri va 19 asr boshlariga taalluqli. Tuproqni suv rejimini organish uchun Dalton tomonidan foydalanilgan uskuna lizimetr deb ataldi.Lizimetrik usul oziq moddalar yuvilishini, harakatlanishini, aylanishini, ozlashtirilishini organishga imkon beradi.Lizimetrlar har xil materiallardan - gisht, beton, metall, plastmassadan yasaladi.Tuproq qatlami orqali sizib chiqayotgan suvni yigish uchun uskuna tagida drenaj qilinadi. Lizimetrik tajriba tabiiy sharoitga yaqin bolgan muhitda otkaziladi. Izatop uslubi tuproq, osimlik, ogit ortasidagi ozaro tasirni, bogliqlikni hamda osimliklar oziqlanishidagi murakkab hodisalarni organish uchun muhim vosita hisoblanadi. Stabil va radioaktiv izotoplar ishlatiladi.Ular yordamida gumus, azot, fosfor, kaliy balansi organiladi. Agrokimyoviy tadqiqotlarda izatoplar qollaniladigan asosiy yonalishlar qoyidagilar:
har xil ekinlar tomonidan ogit va tuproqdagi oziq moddalarni ozlashtirilish koeffisiyenti;
tuproq osimlik tizimida organik va mineral ogitlardagi oziq moddalar balansi;
tuproq va ogit oziq moddalarining migrasiyasi va aylanishini tadqiqot qilish;
osimliklar oziqlanish fiziologiyasini tadqiqot qilish;
azotning biolagik fiksasiya qilinish miqdori va mexanizmini organishda;
ogit va tuproqdagi azotning gaz holida yoqolish kattaligi va ular yoqolishini kamaytirish yollarini ishlab chiqish;
N-15 dan foydalanib yangi tadqiqot uslublarini yaratish va mavjud bolgan uslublarni mukammallashtirish;
Ammiakli va nitratli oziqlanishni organish;
Nishon atom uslubini 1948 yilda Klechkovskiy birinchi bolib qollagan.
Laboratoriya usuli mustaqil holda ham, dala lizimetrik va vegetasion tajribalarga qoshimcha ravishda ham qollanilishi mumkin.Ular kuzatishlarni chuqurlashtiradi, tajriba oldiga qoyilgan masalalarni tola va chuqurroq organishga imkon beradi.Laboratoriya tajribalari dala ishlari va vegetasion tajribalar bilan ozaro bogliq holda otkazilishi mumkin. Laboratoriyada osimlik, tuproq va ogit namunalari analiz qilinadi. Osimlik namunasi analizi qoyidagi maqsadlarda qollaniladi:
1) Osimlik ,tuproq va ogit ortasidagi ozaro tasirni organishda;
2)Hosil sifati va ogitlarning osimlikdagi moddalar almashinuviga tasiri tekshirilganda;
3) Yem-xashak ekinlarining oziqa qimmati aniqlanganda;
4) Osimliklarning mineral oziqlanishini diagnostika qilish uchun va ularning ogitlarga talabini aniqlash uchun;
Namunalar standart umumqabul qilingan uslublarda otkazilishi kerak. Sifat va miqdor analizi mavjud. Sifat analizi «quruq» va «hol» usullarga bolinadi. Sifat analizi qanday massadagi modda bilan otkazilishiga qarab makro, mikro, va yarimmikro analizga bolinadi. Makroanalizda namuna grammlarda olinadi, mikroanalizda namuna milligrammlarda olinadi (100-1000 marta kam boladi).
Miqdoriy analizda sifat reaksiyalaridan foydalaniladi.Miqdoriy analizning kimyoviy usullari ogirlik, hajmiy va gaz analiziga bolinadi.
1)Tortma (gravimetrik) usul
2)Hajmiy analiz
a) Oksidlanish-qaytarilish metodi(oksidometriya)
b) Kompleksometrik metod
v) Choktirish metodi
g) Neytrallash metodi
ye) Ekvivalent nuqta, titrlash
Hajmiy analiz reaktivning malum konsentrasiyadagi eritmasining (yangi titrlangan eritmaning) aniqlanadigan modda bilan kimyoviy reaksiyasida sarf bolgan hajmini olchashga asoslangan.Hajmiy analizda reaktiv bilan tekshiriladigan modda orasidagi kimyoviy ozaro tasirning tamom bolish paytini ekvivalent nuqta deb ataladigan nuqtani aniqlash mohimdir. Shuning uchun hajmiy miqdor analizida oxirini (tugashini) yaxshi payqab olish mumkin bolgan qaytmas reaksiyalardan yoki indikatorlardan foydalaniladi. Hajmiy analizda titrlash usulidan foydalaniladi.