Mavzu: O’quvchilarning texnik ijodkorligi faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari


I-Bob O’quvchilarning texnik ijodkorligi faoliyatini tashkil etish 1.1.O‘quvchilar texnik ijodkorligining metodologik asoslari



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə3/5
tarix22.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#189140
1   2   3   4   5
O’quvchilarning texnik ijodkorligi faoliyatini tashkil etishning nazariy

I-Bob O’quvchilarning texnik ijodkorligi faoliyatini tashkil etish 1.1.O‘quvchilar texnik ijodkorligining metodologik asoslari Texnik ijodkorlik masalalari maqsadi va vazifalaring to‘liq muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘p jihatdan bilish nazariyasi va metodologiyasiga, ijodkorlik jarayonidagi o‘zlashtirishlar psixologiyasiga, faoliyatning didaktik tamoyillariga va ijodkor shaxsni shakllantirish hamda tarbiyalashning pedagogik asoslariga tayanadi. Chunki, nazariya va metodologiya tushuncha, g‘oya, qarashlar xilma xilligi, tasavvurlar, shakl, usul va tamoyillarni tekshirib oydinlashtiradi. Bu esa, ijodkorlik faoliyati samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Texnik ijodkorlik tushunchasini talqin etishdan oldin, uning asosiy tashkil etuvchisi– «faoliyati» ning mohiyatini oydinlashtirib olamiz.
Faoliyat – bu o‘rab turgan tashqi dunyoni maqsadga muvofiq o‘zgartirish va qayta qurishga yo‘g‘rilgan insonlarning o‘ziga xos faol munosabatlari shakli. O‘quvchilar texnik ijodkorligi odatda amaliy faoliyat sifatida namoyon bo‘lsada, aslida u nazariya bilan asta–sekin boyib boradi, bu esa texnik ijodkorlikni ham nazariy va ham amaliy faoliyatlar majmuasi deb qarashni taqozo etadi . Texnik ijodkorlikning amaliy ishlar va nazariyalar bilan birligi tushunchasi uni quyidagicha ta’riflashga imkon beradi. Texnik ijodkorlik – bu o‘quvchilarni mehnat, o‘qish, yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, o‘zini–o‘zi takomillashtirish va shaxsiy moyilligi (layoqatini) ro‘yobga chiqarishga tayyorlash, tanlagan kasbi va mutaxassisligiga oid qobiliyat va olg‘a intilishlari bo‘yicha ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilgan faoliyatdir.
O’quvchilarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish
Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi. Bu fanning asosiy maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, maktabdan tashqari ta’lim muassalarida o‘quvchilar ijodiy faoliyatini tashkil qilishning ilmiy-metodik asoslarini o‘rgatishdan iboratdir. Ushbu maqsadga erishishda quyidagi vazifalarning hal etilishi ko‘zda tutilgan:
o‘quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish jarayonida texnik ijodkorlik va dizayn asoslariga oid bilimlar tizimiga ega bo‘lish; -texnik ijodkorlikning tashkiliy va iqtisodiy asoslari bilan tanishish; - kashfiyot, ixtirochilik, ratsionalizatorlik va patentlash asoslari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘lish; - texnik masalalarni yechish metod va usullaridan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish; - texnik ijodkorlik obyektlari uchun texnik hujjatlarni tuzish; - mustaqil ravishda texnik obyektlarni va ularning modellarini loyihalay olish; -texnik ijodkorlik bo‘yicha sinf va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun moslama, dastur va boshqa jihozlarni mustaqil loyihalay olish; -respublikada o‘quvchilar texnik ijodkorligi faoliyatini hozirgi holati va uni takomillashtirish istiqboli to‘g‘risida tushunchalar; - o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilishning asosiy metodlarini bilish; texnik ijodkorlik to‘garaklari faoliyatining mazmuni, tashkiliy asoslari, texnik obyektlarni ilmiy asosda tanlay olish; - to‘garaklarni o‘quv moddiy-texnika bazasini tashkil qila olish; - sinfdan va maktabdan tashqari o‘quv mashg‘ulotlarida texnik ijodkorlikni metodik asoslarini bilish; -o‘quvchilarning ijodiy faoliyatiga tegishli bo‘lgan tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishning ilmiy asoslarini bilish kerak.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin