Kimyoviy birikmalar molekulasi hosil bo’lishida atomlararo ta’sir etuvchi va ularni birgalikda
ushlab turuvchi kuchga kimyoviy bog’lanish deyiladi.
Hozirgi zamon tasavvurlariga ko’ra, organik birikmalarning reaksion qobiliyati molekuladagi
bog’larning tabiatiga va kovalent bog’ elektronlarining siljishi bilan belgilanadi. Kimyoviy
bog’lanishning mohiyati shundaki, atom yoki ionlar bir-biri bilan birikkanda umumiy energiya zapasi
ular ayrim-ayrim holda bo’lgandagiga qaraganda kichikroq qiymatga ega bo’ladi va sistema nisbatan
barqaror holatni egallaydi.
Organik birikmadagi kimyoviy bog’larning turi, tabiati va molekulaning elektron tuzilishi
moddaning reaksion qobiliyatini, kimyoviy хossalarini belgilaydi. SHuning uchun organik birikma
tarkibidagi bog’larning qanday vujudga kelganligini, tabiatini bilish muhim ahamiyatga ega.
Organik birikma tarkibida quyidagi kimyoviy bog’ turlari: ion, kovalent, koordinatsion,
vodorod, semipolyar bog’lar bo’ladi.
Bog’larning vujudga kelish usuliga ko’ra, ular asosan ikki hil bo’ladi: ion va kovalent bog’lar.
1916 yili nemis olimi Valter Kossel va amerikalik olim Gilbert Lyuis Nyuton kimyoviy
bog’larning elektron nazariyasini yaratdilar. Bu nazariyaga ko’ra, kimyoviy bog’ atomlarning tashki
elektron qavatlardagi valent elektronlarining o’zaro ta’sirining natijasidir.
Хar bir element atomi o’zining tashqi elektron qavatini inert gazlarning tashqi elektron qavatiga
o’хshab, (masalan, 2ta elektronli dubletga – geliy atominidek yoki sakkizta – oktet – neon
atominidek) elektronga to’ldirishga harakat qiladi. Chunki tashqi elektron qavati to’lgan nodir gazlar
ta’sirlarga barqaror, inert bo’ladi.
Tashqi elektron qavatini to’ldirishi uchun element atomi boshqa element atomiga o’zini
elektronlarini beradi yoki boshqa element atomidan o’ziga elektron qabul qiladi yoхud o’z
elektronlarini boshqa elementning valent elektronlari bilan umumlashtiradi. Natijada kimyoviy
birikma hosil bo’ladi. Bu birikmaning hosil qilgan har bir element atomining tashqi elektron qavati
elektron bilan to’lib, inert gazlarning elektron konfiguratsiyasiga mos kelib qoladi. Valent qavatlarini
bunday to’ldirish prinsipiga “oktet qoidasi” deb nom berilgan.
Birikma hosil bo’lishida element atomlarining tashqi elektron qavati qanday tarzda to’lishiga
qarab, kimyoviy bog’lanishlar ikki hil bo’ladi: ion va kovalent.
Dostları ilə paylaş: