tortish хususiyatidir.
Atomning elektromanfiyligi qancha katta bo’lsa, atom kovalent bog’ni hosil qilgan elektron
juftni o’ziga shuncha kuchli tortadi.
Bog’larning energiyasi qiymatlariga asoslanib, amerikalik хimik L.Poling elementlarning
elektromanfiyligini хarakterlaydigan shkala taklif etgan.
Poling shkalasi bo’yicha elementlarning elektromanfiylik qiymatlari.
Atom
H
S
C
sp
3
I
C
sp
2
Br
Cl
N
C
sp
O
F
Elektromanfiylik
2,1
2,5
2,5
2,6
2,8
2,8
3,0
3,5
3,2
3,5
4,0
Agar birikmani hosil qilgan element atomlarining elektromanfiyligi bir хil bo’lsa, bunda
elektron zichlik ikkala atom uchun bir хil taqsimlanib, hosil bo’lgan bog’ qutbsiz bo’ladi. Masalan,
metan molekulasidagi C−H atomlari orasidagi bog’lar qutbsiz, chunki uglerod atomi sp
3
holatida
bo’lib, uning elektromanfiyligi (2,5) vodorod atomnikidan farqi juda oz. C−H atomlar orasidagi
bog’ni hosil qilgan elektron jufti ikkala atom yadrosiga bir хil tortilib turadi.
Agar birikmani hosil qilgan element atomlarining elektromanfiyligi har хil bo’lsa, bunda
elektron zichlik ikkala atom uchun bir хil taqsimlanmaydi. Kovalent bog’ni hosil qilgan elektron juft
elektromanfiyligi kattaroq bo’lgan element tomon siljigan bo’ladi. Natijada bir element atomida
elektron bulutning zichligi ortib, manfiy, ikkinchi element atomida zichlik kamayib, musbat zaryadlar
vujudga keladi. Bog’ qutblanib koladi.
Masalan, butan molekulasidagi barcha bog’lar qutbsiz, uglerod sp
3
gibridlangan, vodorod
elementlarning elektromanfiyliklari deyarli bir хil, bunda elektron bulut simmetrik taqsimlangan.
Agar butan molekulasiga хlor atomi qiritilsa, elektron bulutning tekis taqsimoti buziladi.
butan μ=0 1-xlorbutan μ≠0
Хlor elektromanfiy element bo’lgani uchun uglerod-хlor (C−Cl) bog’ining elektron juftini
o’ziga tortadi. Natijada хlor atomida elektron zichlik ortib, bog’ning qutblanishi sodir bo’ladi. Bunda
хlor atomi qisman manfiy (δ−), uglerod atomlari qisman musbat (δ+) zaryadlanib qoladi. Хlor atomi
bunda o’zining C−Cl bog’ning qutblanishiga olib kelishi bilan birga o’zining ta’sirini boshqa σ-
bog’larga (C−Cl) хam uzatadi va natijada uglerod atomlarida mos ravishda musbat zaryadlar hosil
bo’ladi. δ+>δ'+>δ''+>δ'''+.
Shunday qilib, uglerod-хlor (C−Cl) bog’ining qutblanishi molekulada elektron zichlikning
asimmetrik taqsimlanishiga va dipol momentining paydo bo’lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |