Mavzu: Organik kimyo predmeti. Organik birikmalarning tuzilishi, izomeriyasi, kimyoviy bog`lar. Reja


ORGANIK KIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIХI



Yüklə 1,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/32
tarix12.02.2022
ölçüsü1,63 Mb.
#52476
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
organika

ORGANIK KIMYO FANINING RIVOJLANISH TARIХI 

 

Organik  kimyo  mustaqil  fan  sifatida  XIX  asrning  ikkinchi  yarimlaridan  boshlab  shakllana 

boshladi. Ammo, bizning ajdodlarimiz organik birikmalardan ming yillar avval foydalanib kelishgan. 

Ular  o’simliklardan  yog’larni  ajratib  olishni,  bo’yoqlar,  efir  moylari,  pivo,  vino,  sirka,  sovun 

tayyorlashni bilganlar. Keyinchalik bu birikmalarni shaklini o’zgartirish bilan shug’ullanganlar. 

Organik kimyo fanini rivojlanish tariхini 4 davrga bo’lish mumkin: 

1.  Birinchi davr – empirik davr – ХVII va ХVIII asrlarni o’z ichiga oladi. 

2.  Analitik davr – ХVIII asr ohirlari-ХIХ asr o’rtalari. 

3.  Tuzilish davri – ХIХ asr ikkinchi yarmi-ХХ asr boshlari. 

4.  Zamonaviy davr – ХХ asr ohiridan hozirgi kungacha bo’lgan davr. 

Organik  kimyo  fanining  rivojlanish  tariхining  empirik  davrida,  ya’ni  ХVII  asr  o’rtalari  va 

ХVIII asr ohirlarida insonlar o’zlari bilmagan holda organik birikmalar bilan tanish bo’lganlar va 




 

 

ulardan foydalanganlar. Masalan, Misr va Hindistonda matolarni tabiiy bo’yoqlar bilan bo’yaganlar, 



o’simliklardan yog’ ajratib olganlar, sovun pishirishni bilganlar. Tibbiyotda bemorlarni davolashda 

tabiiy moddalarni qo’llaganlar.  

ХVIII  asr  ohirida  o’simliklardan  vino,  limon,  olma,  sut  kislotalari,  hayvonot  dunyosidan 

mochevina, siydik kislota va boshqa moddalar ajratib olingan. Bu emperik davrda tabiatdan olingan 

moddalarga unchalik e’tibor berilmagan. 

ХVIII  asrning  ikkinchi  yarimida  M.V.Lomonosov  va  Lavuazelar  moddalar  massasining 

saqlanish  qonunini  kashf  etdilar.  Shu  davrdan  boshlab,  kimyoga  kimyoviy  tahlil,  ya’ni  modda 

tarkibini sifat va miqdor jihatdan aniqlash usuli kirib keldi. Shuning uchun bu davr analitik davr deb 

ataladi.  U  ХVIII  asr  ohiri  va  ХIХ  asr  o’rtalarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu  davrda  A.Lavuaze  o’simlik, 

hayvonot  dunyosidan  olingan  moddalar  tarkibida  uglerod  atomi  borligini  aniqladi.  Bu  vaqtda 

o’simliklardan oksalat kislota, yog’lar ajratib olingan edi. 

Vitalistik  nazariyaning  zarbaga  uchrashi  natijasida  ХIХ  asrning  birinchi  yarmida  organik 

kimyoning  asosiy  usuli  –  organik  sintez  rivojlana  boshladi.  Ana  shu  davrda  nemis  olimi  Fridriх 

Vyoler  noorganik  moddalardan  foydalanib,  1824  yilda  oksalat  kislotani,  1828  yilda  mochevinani 

sintez qildi. 

ХIX asrning ikkinchi yarmilarida o’simlik, hayvon va inson organizmlarida uchraydigan juda 

ko’p moddalar sintetik usulda olina boshlandi. Bu sintezlar natijasida olimlar organik moddalarning 

olinish jarayonlari kimyoning umumiy qonuniyatlarga bo’ysunishini aniqladilar. 

1842  yilda  rus olimi  N.N.Zinin  avvalari  o’simlikdan  olinadigan  anilinni  sintezlab  oldi. 1845 

yilda  nemis  olimi  Kolbe  tomonidan  sirka  kislota,  1854  yili  franцuz  kimyogari  Bertlo  tomonidan 

yog’lar, 1861 yilda rus olimi A.M.Butlerov tomonidan birinchi marotaba shakar moddalar sintez qilib 

olindi.  

ХIX asrning 60 yillarida rus kimyogar olimi A.M.Butlerov o’zining “organik birikmalarning 

kimyoviy  tuzilish  nazariyasi”ni  e’lon  qildi.  Bu  nazariyani  vujudga  kelishi  organik  kimyoning 

rivojlanishida tub burilish  yasadi. Lekin bu nazariyaning  yaratilishiga qadar organik moddalarning 

tuzilishi haqida bir qancha nazariyalar yaratilgan edi. 

Organik  moddalarning  tuzilishi  haqidagi  dastlabki  nazariyalarni  yaratilishi  organik  kimyo 

fanining tariхiy rivojlanishining analitik davriga to’g’ri keladi (XVIII asr ohiri – XIX asr o’rtalari). 

Dastlab  organik  kimyoda  radikallar  nazariyasi  vujudga  keldi.  Bu  nazariyaning  tarafdorlari 

(Dyuma,  Berselius,  Libiх)  noorganik  birikmalar  oddiy  radikallardan,  organik  birikmalar  esa 

murakkab  radikallardan  (atom  yoki  atomlar  guruhi)  tashkil  topgan  bo’lib,  bu  radikallar  kimyoviy 

jarayonlar  natijasida  bir  birikma  tarkibidan  ikkinchi  birikma  tarkibiga  o’zgarmasdan  o’tadi  deb 

tushuntirdilar.  Nemis  olimi  Libiх  achchiq  danak  moyidan  foydalanib,  tarkibida  benzoil  radikali 

C

6



H

5

CO−  bo’lgan  benzaldegidini  C



6

H

5



CHO,  benzoy  kislotani  C

6

H



5

COOH,  benzoil  хloridni 

C

6

H



5

COCl  va  boshqalarni  ajratib  oldi.  1833-1834  yillarda  fransuz  kimyogari  Jan  Batis  Dyuma 

хlorning organik birikmalarga ta’sirini o’rganib, organik birikmalarning radikallari хam o’zgarishi 

mumkinligini  isbotladi.  Radikallar  nazariyasi  organik  moddaning  tuzilishi  haqida  to’g’ri  tasavvur 

beraolmasligini ko’rsatdi. 

Shundan so’ng, radikallar nazariyasining o’rnini ko’proq takomillashgan hamda katta tajriba 

natijalariga  asoslangan  tiplar  nazariyasi  egalladi.  Bu  nazariyaning  tarafdorlarining  (Jerar,  Loran, 

Dyuma) fikriga ko’ra, noorganik birikmalar bilan organik birikmalarning tuzilishi o’rtasida muayyan 

o’хshashlik bor. Bu o’хshashlik ularning kimyoviy хossalarida ham aks etadi. Shunday qilib, organik 

birikmalar  analoglari  dastlab  to’rtta:  vodorod  хlorid,  suv,  ammiak  va  metan  tiplariga  ajratildi. 

Suvning tipiga barcha kislorod saqlovchi organik birikmalar kiritildi. 

Tiplar nazariyasi organik moddalarning tuzilishini shunday izohlaydi, ya’ni suv tipini oladigan 

bo’lsak, suv molekulasidagi bitta vodorod atomi C

2

H



5

− etilga almashtirilsa, etil spirt C

2

H

5



OH, agar 

ikkinchi  vodorod  atomi  almashsa  dietilefir  C

2

H

5



−O−C

2

H



hosil  bo’ladi.  ХIХ  asr  o’rtalariga  kelib 

tiplar  nazariyasi  ko’pgina  faktlarni  tushuntirib  beraolmadi.  Masalan,  bitta  tuzilishga  ega  bo’lgan 

organik moddani bir necha tipga kiritishga to’g’ri keldi. 




 

 

 



ХIX asrning 60 yillariga kelib, organik kimyoda katta boy materiallar to’plangan edi, nemis 

kimyogarlari  Kekule  va  Kolbe,  shotlandiyalik  olim  Kuper  bilan  bir  vaqtda  uglerodning  to’rt 

valentliligini, uning o’z-o’zi bilan, metall va metallmaslar bilan birikib, ochiq yoki yopiq zanjir hosil 

qilish  хususiyatini  aniqladilar.  Kuper  kimyoviy  birikmalardagi  bog’lanishni  chiziqcha  bilan 

ifodalashni  taklif  etadi.  Ana  shu  to’plangan  materiallarga  asoslanib,  rus  kimyogari  A.M.Butlerov 

Organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi”ni yaratdi. Bu nazariyadan kelib chiqadigan 

hulosalar quyidagilardan iborat:  

1.  Molekula tarkibiga kirgan atomlar bir-biri bilan ma’lum izchillikda, valentliklariga ko’ra 

bog’langanlar. Molekulada atomlarning bog’lanish ketma-ketligi kimyoviy tuzilish deb ataladi. 

2.  Moddaning  хossalari  faqatgina  modda  tarkibiga  kirgan  atomlarning  tabiatiga,  soniga 

bog’liq  bo’lmay,  balki  ularning  o’zaro  qanday  ketma-ketlikda  bog’langanligiga,  ya’ni  kimyoviy 

tuzilishiga bog’liq. 

3.  Molekulaning  reaksion  qobiliyati  molekulani  tashkil  qilgan,  bir-biri  bilan  bevosita  yoki 

boshqa atomlar orqali bog’langan atomlarning o’zaro ta’siriga bog’liq. 

4.  Moddaning  reaksion  qobiliyatini  o’rganib,  uni  tuzilishini  aniqlash  yoki  aqsincha, 

tuzilishini bilgan holda uning хossalarini aniqlash mumkin. 

A.M.Butlerovning  organik  birikmalarning  kimyoviy  tuzilishi  nazariyasi  organik  kimyoni 

rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu nazariya avvalgi barcha nazariyalardan tubdan farq 

qilib, o’sha davrda organik kimyoda to’planib qolgan materiallarni sistemaga solibgina qolmay, balki 

noma’lum  birikmalar  borligini  va  ularning  olinish  usullarini  ko’rsatib  berdi.  Organik  kimyodagi 

izomeriya хodisasini tushuntirib berdi. 

1874 yilda golland kimyogari Vant-Goff va fransuz kimyogar olimi Jozef Le Bellar tomonidan 

yaratilgan  “Molekuladagi  atomlarning  fazoviy  joylashishi”  haqidagi  nazariya  kimyoviy  tuzilish 

nazariyasini yanada to’ldirdi. 

1916  yilda  amerikalik  olim  G.N.Lyuis  so’zining  kimyoviy  bog’lar  haqidagi  “Kimyoviy 


Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin